Mavzu: Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz reja


Download 436 Kb.
bet33/42
Sana05.05.2023
Hajmi436 Kb.
#1427246
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   42
Bog'liq
Ma\'naviyat soatlari ma\'ruza matnlari 2022 2023 o\'quv yili

MAVZU: TEMUR TUZUKLARI.


Reja:
1. Amir Temur buyuk davlat arbobi.
2. Temuriylar iqtisodiy tafakkuri.
3. "Temur tuzuklari" Temuriylar davlatining qomusidir.

Mustaqillik davri ulug' bobokolonimiz, buyuk davlat arbobi va yengilmas sarkarda, Amir Temurning tug'ilish davri bo'ldi. U bobokolonimiz vasiyatlarining ro'yobga chiiqarayotgani bilan alohida qimmatlidir. Amir Temurga munosabat, uning tarixiy xizmatini munosib baholash va izzatini o'rniga quyishda shaxsan Prezident I.Karimovning o'zi tashabbuskor bo'ldi. Barcha tadbirlarning borishini kuzatib madad berib turdi. Sohibqiron kunlarini dunyoviy voiqeaga aylantirishga butun imkoniyatini ishga soldi. 1995 yil dekabrda Prezident I.Karimovning "1996 yilni Amir Temur yili" deb atash to'g'risida farmon qabul qildi."Temur tuziklari"bir necha tillarda chop etildi. O'sha davr tarixiy madaniy yodgorliklarini tiklab, yozma adabiyotlar muomilaga kiritildi.


Muqaddas qadamjo Amir Temur maqbarasi ta'mirlandi. Juda qisqa fursatda, bobokalonimiz dunyoviy sha'ni va shavkatiga mos keladigan Temuriylar muzeyi qurildi. 1996 yilning 22-24 aprel kunlari YUNESKO doirasida Parijda o'tkaziladigan xalqaro tadbirlar jahon madaniy hayotida muhim va yorqin voqea sifatida baholandi. Turkiya, Eron va Qirg`izistonda Konrad Adenaer va Xalqaro Amir Temur jamg'armasi hamkorligida ilmiy anjumanlar o'tkazildi.
1996 yil Amir Temurning 660 yillik to'yini Fransiya poytaxti Jahon madaniyati sarvari bo'lgan Parij shahrida YUNESKO tashabbusi va rahbarligida nishonlanishi unda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning ishtirok yetishi va katta nutq so'zlashi ulkan voqeaga aylandi.
O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, xalqaro Amir Temur jamg'armasiga va Temuriylar tarixi davlat muzeyi sohibqiron Amir Temur tavalludiga bag'ishlangan she'rlar tanlovini e'lon qilgan yedilar, qisqa vaqt ichida tanlov xay'atiga ko'plab she'riy asarlar keldi. Ularda sohibqiron Amir Temur bobomiz hayoti va olamshumil tarixiy faoliyati bilan bog'liq mavzularda yurtdoshimizning buyuk ajdodlarimiz ruhiga bo'lgan mehr-ehtiromi, vatanparvarlik tuyg'ulari qalamga olingan.
Ulug' bobomiz Amir Temur butun umrini xalqimiz, Vatanimiz ozodligi uchun bag'ishladi. Yurtimizning har bir qarich yeri uning uchun muqaddas edi. Buni Sohibqironning mamlakatni bosqinchilardan ozod bo'ilish yo'lida olib borgan xaloskorlik kurashlari misolida ham ko'rishimiz mumkin.
Buyuk Sohibqiron Amir Temur qudratli o’zbek davlatini vujudga keltirdi va shu bilan birga o’zining puxta ishlangan iqtisodiy siyosati orqali milliy iqtisodiyotni yaratdi. U yurgizgan iqtisodiy siyosat tamoyillari, eng avvalo, uning qalamiga mansub "Temur tuzuklari" nomli asar, shuningdek, uning haqidagi tarixiy va badiiy asarlarda o’z ifodasini topdi. Amir Temur iqtisodiyotni tashkil etish, uni barqarorlashtirish, tartibga solish, uzluksiz rivojlantirish haqida, kuchli milliy iqtisodiyotni yaratish to`g`risida doimo qayg`urdi. Eng muhimi shuki, Sohibqiron iqtisodiy siyosati zaminida inson, mamlakat fuqarolari turmushini yaxshilash, yurt obodonligi masalalari turdi. U ayniqsa, tadbirkorlar va tadbirkorlikni rivojlantirish togrisida gamhorlik qildi. "Temur tuzuklari"da quyidagi fikrlarni oqiymiz: "Sarmoyasi qolidan ketib qolgan savdogarga oz sarmoyasini qaytarib tiklab olishi uchun xazinadan yetarli miqdorda oltin berilsin; kuchi yetmaydigan dehqonlarga ekin-tekin uchun uruglik va asbob-uskunalar tayyorlab berilsin" deyilgan. Amir Temur iqtisodiy siyosatida soliq masalasi alohida o‘rin tutadi. U soliqlarni ishlab topilgan daromadlarga qarab, yer unumdorligi va uning suv bilan ta’minlanganligiga qarab, aholining ijtimoiy ahvoliga qarab tabaqalashtirish haqida koursatma bergan. "Amr qildimki - deyiladi "Temur tuzuklari" kitobida, - aholidan mol-xiroj yig`ishda ularni og`ir ahvolga solishdan yoki mamlakatni qashshoqlikka tushirib qo‘yishdan saqlanish kerak. Negaki, aholini xonavayron qilish davlat xazinasining kambag`allashuviga olib keladi".
Amir Temur ishlab chiqqan iqtisodiy tamoyillar uzoq yillar butun temuriylar davrida qo‘ llanildi va rivojlantirildi. Uning nabirasi Mirzo Ulug‘bek saltanatida ham iqtisodiyotga alohida e'tibor berildi. U iqtisodiyotni barqarorlashtirish maqsadida iqtisodiy islohotlar o‘tkazdi. Bunda pul muomilasini tartibga solish, pulning qadrsizlanmasligi uchun doimiy choralar qo‘llash, mutadil xalqparvar soliq siyosatini yurgizish masalalariga e'tibor qaratdi. Bu tadbirlarning natijasi oqibatida Mirzo Ulugbekning podsholigi davomida mamlakat tinch, farovon, obod bo'ldi. Buyuk Sohibqiron iqtisodiy tafakkuri temuriy sulton Xusayn Bayqaro davrida ham davom etdi. Ulug‘ shoirimiz, so‘z mulkining sultoni, Xusayn Bayqaroning do‘sti ham vaziri Alisher Navoiy hazratlarining "Maxbub ul-qulub" nomli asaridagi iqtisodiy g`oyalar Amir Temur iqtisodiy dunyo qarashi bilan hamohangligini tasdiqlaydi. Alisher Navoiy savdo va savdogarlar haqida, dehqonlar va hunarmandlar to`g`risida, soliq, mulk va undan foydalanish, xo‘jalik yuritish kabi masalalarda o‘z iqtisodiy fikrlarini bildirgan. Masalan, foyda olish va uning ahamiyati haqida shunday deydi: "Har bir ishdan foyda ko`rganingda bajar, uni bajarishda qiyinchiliklar va ikkilanishlar paydo bo‘lsa, mashaqqati ozroq tomonga kuch sarfla, qiyinchiliklardan erinmaslik chorasini ko‘r". Ko‘rinib turibdiki, bu fikr bozor iqtisodiyotining "foyda - bosh maqsad" tamoyiliga mos tushmoqda.
Temuriy shahzodalardan biri, yirik sarkarda, shoir va mutafakkir, ulug vatandoshimiz Z.M.Bobur faoliyatida ham iqtisodiyotga, iqtisodiy siyosatga katta ahamiyat berilganligi ham tabiiy xoldir. Zero, u doimo buyuk ajdodi Amir Temurga asoslandi va uning yo`lidan bordi. Bobur iqtisodiy dunyoqarashi uning mashhur ensiklopedik asari "Boburnoma"da va "Zakot to‘gurisida kitob" asarlarida bayon etilgan va o‘zining davlatini boshqargan. "Boburnoma"da hikoya qilinadiki, Bobur Kobulda hukmronlik qilgan davrda dunyoning turli mamlakatlaridan bu yerga savdo karvonlarining bemalol kelib-ketishi, savdo-sotiq ishlari bilan shug`ullanishlari uchun qulay shart-sharoitlar bo‘lgan, har kuni birgina Hindistondan o‘n, o‘n besh, yigirma ming uylik karvon Qobulga kelgan. "Boburnoma"ni o‘qir ekanmiz, undagi iqtisodiy g‘oyalar ustidan fikrlar ekanmiz shunday xulosalarga kelamiz: birinchidan, Boburning yaratuvchilik, iqtisodiyot ishlari bilan qiziquvchanlik fazilatlarini ilguaymiz; Ikkinchidan, uning iqtisodiyotni rivojlantirishga, savdoning xalqaro ahamiyatini kuchayishiga ehtibori kuchli ekanini tushunib yetamiz; uchinchidan, ouz Vatani, xalqini qalbdan sevishi, uning hayoti bilan bir umr qiziqib, unga kuyib yashaganini ko`ramiz. Boburning iqtisodiy tafakkuri "Zakot tougurisidagi kitob"ida yana ham oydinroq, chuqurroq. namoyon bouladi. Bu asarda soliq, solish va undirish tamoyillari berilgan. U g`oyat adolatli shoh, insonparvar buyuk zot ekanligi soliq haqidagi qarashida ouz ifodasini topgan. U soliqlarni hisoblash uchun soliq obhektini, yahni mol-mulkning, daromadning soliq solishga layoqatli miqdorini aniqlash zarur deb hisoblaydi. Soliq hosilga, uni chughiga, topilayotgan daromadga qarab belgilanishi zarurligini koursatadi. Masalan yer soliguini 2 toifaga bo‘ladi:
1) olingan hosilning miqdoriga qarab,
2) ekilao‘tgan yer maydoniga qarab belgilanishini buyuradi.
Har qanday jamiyatda kishilar o'rtasidagi o'zaro munosabatlar murakkab va turli -tuman bo'ladi. Barcha insonparvarlikka intiladi, lekin uni har bir kishi osongina buzishi ham mumkin. Jamiyatining uyg'un amal qilishi uchun har bir shaxs xatti-harakatlarining umumi etilgan ideal va qadriyatlarga mos kelishi katta ahamiyatga ega. Jamiyat inson oldiga, uning har qanday shu jumladan, tinchlik va mojoroli, xususan harbiy mojoro vaziyatlardagi o'rniga ko'plab talablar qo'yib kelmoqda. Ular yo'l yo'riqlar ko'rsatmalar, huquqiy qoidalarda, ahloqiy,diniy, madaniy qadryatlarda, shuningdek, xalqning urf-odatlarida mustahkamlanadilar. Shu tariqa kishilarning muayyan vaziyat va sharoitlardagi aniq xatti harakatlariga oid me'yor, qoida va qonunlarning to'plana borishi insoniyat taraqqiyotiga xos xodisadir. Tarixiy jarayonda bu qoidalar o'zgarib turadi.
Biz muayyan voqealar misolida kishilarning o'zaro munosabatlarining boshqarib turuvchi qonun va qoidalarining ahamiyatini tahlil qilishga harakat qilamiz. Hamda umum e'tirof etilgan xatti-harakat me'yorlari buzilishining sabablari va mexanizmi o'ylab ko'ramiz. Dastlab, insoniyatning o'tmishiga nazar solib, odamni urush davri mashaqqatlari va jabr zulmlaridan himoya qilishga oid misollarni eslaymiz.
Jamiyat taraqqiyotining eng dastlabki davrlarida "changalzorlar qonuni" tushunchasida ifodalovchi mazmun ustun bo'lgan. Ammo o'sha davrlarda ham ayniqsa o'troq xalqlar orasida urush dahshatlarini bir qadar yumshatishga intilish hollarini uchratamiz.
Arxeologlar neolit davrida jangda yarador bo'lganlar tibbiy muolaja qilinganini ko'rsatadigan ashyoviy dalillarni topdilar. Ba‘zi skletlar lat yegan bo'g'inlarni to'g'rilash va xatto trepanasiya amaliyoti mavjudligi haqida ma‘lumot beradi. Davrimizdagi ba'zi yovvoyi qabilalar hayotini o'rganish sivilizasiya arafasidagi ibtidoyi odamning tabiati haqidagi ayrim tasavvurlarni beradi. Papuadagi qabilalar o'zaro doimiy urushlarda dushmanga haddan ortiq ziyon yetmasin deya kertiksiz yoy o'qlarini ishlatar ekanlar. Miloddan avvalgi 3000- yildan to 1500- yilgacha bo‘lgan buyuk sivilizasiyalarda ahvol qanday bo'gan? Ba'zi xukumdor va xalqlarning insonparvarlik faoliyatlari, ular juda kamdan - kam uchraganligi uchun ham, ajoyibdir. Haqiqiy shafqatning yetti ishi degan qadimgi Misr pandnomasida asirni ozod qiling, deb da'vat qilinadi, dushmaningni to'ydir, deb o'rgatiladi. Bobil podshoxi Hammurapi shunday so'zlar bilan boshlanadigan mashxur qonunlar majmuasi-kodeksni e'lon qilgan: Men bu qonunlarni qudratlilar zaiflarni zabun etmasin, deya joriy qildim. Odatda, garovga olganlarni tovon to'langandan so'ng ozod qilganlar. Eramizgacha bo'lgan birinchi ming yillikda Osiyoda yangi sivilizasiyalar ravnaq topgan. Fors davlati shoxi Kir raqiblari bo'lgan yarador xaldeylarni o'z jangchilari kabi tibbiy muolaja qildirgani uchun shuhrat qozongan. Qadimgi hind yozma manbalarning ham bu boradagi ahamiyati kam emas. "Mahabhorat"dagi birinchi inson Moniy haqidagi afsona jangchilarga qonun bo'lgan: ularga safdan chiqqan dushmanlarni va taslim bo'lganlarni o'ldirish man qilingan. O'rta asrlar... O'ziga xos qonun joriy qilinganlar orasida Amir Temur ham bor. Yaqin o'tmishda tarixchilar uning timsoli va faoliyatiga bir yoqlama yondashar edilar. Temurning qattiqqo'lligi, faoliyatidagi shafqatsizlikka urg'u berilib, uning hukmronligidagi bunyodkorlik yo'nalishi borasida sukut saqlanar edi. XXIV - XXV asrlarda buyuk davlatga asos sogach, u "Tuzuklar" deb atalgan va avlodlariga qaratilgan qonunlar majmuasini yaratdi. Ular orasida zabt etilgan mamlakatlarda asir olinganlar bilan muomala qilish qoidalari alohida o'rinni egallaydi. "Tuzuklar"da Amir Temur o'zining davlatini boshqarishdagi ko'p yillik tajribalarini umumlashtirdi. Bu hujjatda o'z aksini topgan eng asosiy fikrlaridan biri davlatning ravnaq topishi adolatli qonunlar mavjudligi bilan bevosita ekanligini tahkidlashdir. Ko'ramizki asirga tushganligi yoki asirga olganligi bois quroli bo'lmagan inson askarni himoya qilish masalalari yangi emas. Ayniqsa, XXV asrda butun xalqlar o'rtasidagi to'qnashuvlarning, shuningdek, shafqatsiz qirg'in qurollaridan foydalanish bilan olib boriluvchi ommaviy urushlarning keng qamrov kasb etishi va armiyada xizmat qilish umumiy majbururiyatning joriy qilinishi maqsadsiz qurbonlar berilishi hamda shunga bog'liq azob uqubatlar muammosini yanada keskinlashtiradi. Xuddi ana shu davrda barcha mamlakatlar vakillari qatnashadigan kongress chaqirilib, urush shartida qurolsiz bo'lgan kishilarni azob- uqubatlardan himoya qiladigan mustahkam xalqaro qoidalar qabul qilinishi zarurligi g'oyasi amalga osha boshladi. Bu g'oya Jeneva Konvensiyalari, deb ataluvchi xujjatlarning yaratilishiga zamin bo'ldi.



Download 436 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling