Mavzu: Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz reja


MAVZU : ODAMIYLIKNING ODDIY BELGILARI


Download 436 Kb.
bet29/42
Sana05.05.2023
Hajmi436 Kb.
#1427246
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   42
Bog'liq
Ma\'naviyat soatlari ma\'ruza matnlari 2022 2023 o\'quv yili

MAVZU : ODAMIYLIKNING ODDIY BELGILARI


REJA:

  1. Odamiylikning oddiy belgilari haqida

  2. Insonlarga yaxshilik qilish

Yaxshilik ko‘zlovchi bo‘yniga zinhor
Qilich tortma bo‘lsa hamki gunohkor!
(Nizomiy Ganjaviy)
Hakimlar aytmishlar: "Yaxshilikning asosi 3 narsada: 1) barchaga nisbatan riyosiz kamtarlikda; 2) minnatsiz sahovatda; 3) haq talab qilinmaydigan xizmatda."
Odamlar 4 narsani qidirmaslikka ilojsizdirlar: 1) yaxshilik va yomonlikni ajratishga yordam beradigan ilmni; 2) tirikchilik o‘tkazishga kerak bo‘ladigan asbob-anjomlarni 3) kayfiyatni yaxshi tutadigan vositalarni 4) odamlar bilan murosani.
Yaxshi odam ushbu dunyoni tark etsada, biroq u tirik hisoblanadi, yomon odam tirik bo‘lsa-da, baribir o‘lik qatoridadir. Yaxshiga qo‘shilgan kishilar yaxshilik tomonga yuradilar, shuning uchun sen olim, fozil, dono va bilimdon kishilar bilan hamsuhbat bo‘l, ularning suhbati kishining dil oynasidan xirs, ta'na va baxillik g‘uborini supurib tashlaydi.
Qo‘lingdan yaxshilik kelmasa, yomonlik qilishdan ham qoch. Agar og‘zingda yaxshi gaping bo‘lmasa, tilingni bo‘xton va g‘iybat bilan bulg‘ashdan asra. Yaxshi ishlar dengizining g‘ovvoslari shunday kishilar bo‘ladilarki, yaxshi ishlar javohirini husni -xulq rishtasiga terib, shirinzabonlik shakarini katta-kichik oshnolaridan darig‘ tutmaydi va huddi obi-hayot kabi barcha mijozlariga tinchlik va halovat baxsh etadi.
Ey farzand, agar sen o‘zgalardan yaxshilik ko‘ray desang, faqatgina yaxshilik qil! Bu haqda shunday deyishgan:
Dunyoda topayin desang omonlik,
Birovga zarracha qilma yomonlik!

Demak, yaxshiliging xoh katta, xoh kichik bo‘lsin uni birovlardan darig‘ tutma. Arzimagan bir yaxshilikni ham birovga ravo ko‘ramanmi deb o‘ylanib o‘tirma. Dunyoda kim nimani eksa, o‘shani o‘radi. Birovga yaxshilik qilgan bo‘lsang, yaxshiligingni aytib uni kamsitma, birovga ichirgan va yedirganingni minnat qilib zaharga aylantirma.


Kundalik hayotimizda shunday zaruriy narsalar borki, ularni bajarmasdan hayot kechirishning o‘zi mumkin emas. Masalan: ovqatlanish, kiyinish va h.k. biroq ahamiyatsizdek tuyulgan, aslida zaruriyatdan ham zaruriyroq ba'zibir taomillar, urf-odatlarni ham yoddan chiqarmaslik kerak. Tasavvur eting, ertalab turganingizda derazadan mo‘l-ko‘l quyosh nuri tushib turibdi. U sizning ovqatlanishingizga ham, kiyinishingizga ham zarracha aloqasi yo‘q . Biroq, bu omil ruhingizni ko‘tarib yuboradi, beixtiyor shodlanasiz, hayot ne'matlarining nechog‘li qadr-qimmatli ekanligini anglaysiz. Tabiatning boshqacha manzaralari, olis-olis ufqlar, ekinzorlar, o‘tloqlar hamda dilingizdagi g‘alati anglab bo‘lmas his-tuyg‘ularni uyg‘otadi. Bu tuyg‘ular sirli tuyulsada, ruhingizni yuksaltiradi. Siz jamiki mavjudotga, yorug‘ olamga, tabiatga shukronalar aytgingiz, odamlarga yaxshiliklar qilgingiz keladi. Ana shunday insoniy tuyg‘ular-la bog‘liq, hamisha, har qanday vaziyatda go’zal yaxshilikka undovchi udumlarimizdan biri kattaga hurmat, kichikka shafqatdir.
Donishmand bobolarimiz, keksa kishilarga, ota-onaga, aka-uka, opa-singil, qarindosh-urug‘larga, mahalla-guzar ahliga nisbatan hurmat, mehr-oqibat yaxshilik, muhabbat tuyg‘ularini yurakdan eng asl gavhar donasiday asrash to‘g‘risida maxsus tarbiyaviy risolalar bitganlar. Ayrim tengdoshlaringiz o‘zlaridan kichik va nogironlar u yoqda tursin, kaltabinlik bilan kattalarni, hatto o‘z ota-onalarini ham mensimay, nazar-pisand qilmay qo‘yadilar, o‘zboshimchalik yo‘liga kiradilar, avvalo ularning o‘qishlari susayib yomonlashadi, ichish, chekish kabi yaramas odatlarni o‘rganadilar. Bezorilik, nashavandlik qiladilar. Oqibatda kelajak istiqboli, yuksak insoniy taqdir a'molidan mahrum bo‘ladilar,axloq tuzatish qamoqxonalariga tushadilar.
Udumlarimizning mohiyatiga e'tibor bersangiz, ularda hatto qora narsalardan ham yorug‘lik, yaxshilik qidirish, ularni ham to‘g‘ri yo‘lga solish istagi yotganligiga guvoh bo‘lasiz.
Yomondan oshno tutma zinhor yiroq tur,
Yomon do‘st seni yo‘ldan ozdiradi.
O‘zing ezgu otli bo‘layin desang,
Yomonga qo‘shilma faqat yaxshilik qil.
Dunyoda yaxshilik va yomonlikdan ko‘ra uzoqroq yashaydigan narsa yo‘q. Yaxshiligi ko‘p odamning do‘stlari serob bo‘ladi. Odamlarni davlating yetarli va ishing yurishib turganida emas, balki kambag‘allik va nochorlik paytingda sina, shunda ularning yaxshi yoki yomon ekanligini bilasan. Yaxshilikni qancha katta qilsang ham uni shuncha kichik deb bil. Birovga yaxshilik qilsang, qilgan yaxshiligingni yashir, birov senga yaxshilik qilsa, el orasiga yoy.
Yaxshilik qilishga bo‘lmasa imkon,
Yomonlik qilmagin, qaytar o‘zingga!
Qo‘pollikni tashla, lutfingni ko‘rsat,
Musibat boqmagay nurli yuzingga.
Izzat hurmat odatida erkak kishining ayol zotiga munosabati alohida o‘rin tutadi. Qadimdan ota-bobolarimiz yer yuzidagi barcha ezguliklarning manbai, inson hayotining sarchashmasi bo‘lgan ayol zotiga hamisha hurmat saqlab kelganlar. Xotin-qizlar ro‘zg‘or tashvishlari, kundalik turmush urinishlari uchun yugurib-yelishdan xalos qilingan. Nozik jins sifatida har qanday og‘ir yumushdan saqlangan. Buvi-yu onaga, opa-singilga, amma-xolalarga zo‘r hurmat bilan qaralgan.
Ota-bobolar, erkaklar, yosh yigitlaru o‘spirinlar ayol zotining xizmatida kamarbasta bo‘lishgan, albatta, bularning barchasi yaxshilikning alomati bo‘lgan. Ona-ku tabarruk zot sanalib, bosgan izlari ko‘zga surtilgan. Butun hayot davomida onani og‘rintirmaslikka harakat qilingan. Onani farzand tomonidan savatga solib, boshga ko‘tarib 7 marta Maka-yu Madinaga olib borib, tavof qildirish, onaizorning farzand beshigi ustida bedor o‘tkazgan bir tuniga teng tutilmagan. Onalardan keyingi opalarga hurmat ehtirom ko’rsatilgan. Amir Temur bobomiz Samarqandda yashagan opalarini jahon ayvonining qaysi joyida lashkar tortib yurishlariga qaramay oy sayin yo‘qlatib turganlar. Imkoni topildi deguncha, sovg‘a salomlar bilan ziyorat qilishni kanda qilmaganlar. Bobur Mirzo bobomiz-chi. Egachilari Xonzodabegimni yilning qaysi fasli bo‘lishi-yu, yog‘in sochindan qat'iy nazar haftada bir bor ziyorat qilishni tark qilmaganlar.
Asrlar davomida shaxslararo izzat-hurmat, millatlararo diqqat-e'tiborga aylana bordi. Insonning inson bo‘lib yetishuvi uning yuragini qanday tuyg‘ular band etganiga qarab belgilanadi. Hurmat, shafqat his-tuyg‘ulari, ayniqsa, muborak sanalib, hayotda kishiga juda ko‘p yaxshiliklarni baxshida etadi. Bizning yashashdan murodimiz, hayotdan maqsadimiz ham barcha insonlarga faqat va faqat yaxshilik qilmoqlikdir.

Download 436 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling