Mavzu: Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz reja


MAVZU: ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR – VATANPARVAR


Download 436 Kb.
bet25/42
Sana05.05.2023
Hajmi436 Kb.
#1427246
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   42
Bog'liq
Ma\'naviyat soatlari ma\'ruza matnlari 2022 2023 o\'quv yili

MAVZU: ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR – VATANPARVAR
SHAXS.


Reja:
1. Bobur Mirzo siyosiy kurash maydonida.
2.Taxt uchun kurashlar.
3. Boburiylar davlatining tashkil etilishi

Bobur Mirzo Amir Temurning uchinchi Mironshoxning chevarasi edi. U 1483-yilning 14-fevralida Andijon shaxrida tug’ilgan. Bolalik va yoshlik yillari Andijon va Axsi shaxarlarida o’tgan. U otasi Umarshayx Mirzo (1456–1494) saroyida davriga yarasha barcha zarur bilimlarni egallagan.


Umarshayx Mirzoni otasi Abu Said Mirzo xukmronligi davrida, dastlab, Kobul viloyatiga, so’ng Farg’ona viloyatiga xukmdor etib tayinlagan. Keyinchalik akasi Sulton Axmad xukmronligi davrida Toshkent va Sayram xam Umarshayx Mirzoga berilgan. Biroq o’zaro ichki kurashlar natijasida Umarshayx Mirzo qokl ostida faqat Farg’ona, Xo’jand va o’ratepagina qolgan.
Umarshayx Mirzo 1494-yilda baxtsiz xodisa tufayli xalok bo’lgach, Farg’ona taxtiga 12 yoshli Bobur Mirzo o’tqazildi.
. Bobur yosh bo’lganligi uchun davlat ishlarini ishonchli beklardan Xojiqozi va o’qimishli, oqila onasi Qutlug’ Nigorxonim yordamida boshqarardi.
Bobur Mirzoning siyosat maydoniga chiqishi Temuriylar saltanatida xarbiy-siyosiy vaziyat nixoyatda og’irlashgan sharoitga keldi. Bu xolat Faig’onadagi siyosiy vaziyatda xam ifodasini topdi.
CHunonchi, 1494-yili Bobur Mirzoning amakisi Sulton Axmad Mirzo Farg’ona ustiga yurish boshladi. Samarqand qo’shini Quvasoy ko’prigidan o’tayotganda falokat yuz beradi. Ko’prik sinib, natijada ko’p kishi suvga g’arq bo’ladi. Buning ustiga otlarga o’lat tegadi, qo’shin orasida vaxima va sarosimalik xam boshlanadi. Ayni paytda maxalliy xalq g’animlaiga qaqshatqich zarba bera boshlaydi. CHorasiz qolgan Sulton Axmad Mirzo Samarqandga qaytib ketadi.
Oradan ko’p vaqt o’tmay Bobur Mirzoning tog’asi – Toshkent xukmdori Sulton Maxmudxon Farg’ona ustiga yurish boshlaydi va Axsi qo’rg’onini qamal qiladi. Biroq Sulton Maxmudxon qanchalik urinmasin, Axsini olishga qurbi yetmadi. Axsi ximoyachilarining mardonavor kurashayotganini ko’rgan Sulton Maxmudxon xam Toshkentga qaytishga majbur bo’ldi.
Sulton Axmad Mirzo Samarqandga yetmasdan yo’lda to’satdan vafot etadi. 1495-yilning yanvarida Samarqand taxtiga Sulton Maxmud Mirzoning ikkinchi Boysung’ur Mirzo (1495 – 1497) o’tqazildi.
SHunday qilib, Andijonda Bobur Mirzo, Samarqandda Boysung’ur Mirzo, Toshkentda Sulton Maxmudxon, Xirotda esa Sulton Xusayn Boyqaro xukmron edilar.
Bobur Mirzo xam barcha taxt da’vogarlariga xos xususiyatlardan xoli emasdi. U xam saltanat tuzish, buning uchun, avvalo, ulug’ bobosi Amir Temur saltanatining markazi – Samarqand taxtini egallash ishtiyoqi bilan yonar edi.
Tez orada Boysung’ur Mirzo bilan ukasi Sulton Ali Mirzo o’rtasida toj-u taxt uchun kurash boshlandi. Bundan xabar topgan Bobur Mirzo 1496-yilning 17-iyunida qo’shini bilan Samarqand qamaliga tutinadi. Qamalda Boysung’urga qarshi uning akasi – Buxoro xukmdori Sulton Ma’sud Mirzo va ukasi Sulton Ali Mirzolar xam qo’l ko’tardilar. Ayni paytda, Bobur Mirzo tog’asi – Toshkent xukmdori Sulton Maxmudxondan yordam oladi. Biroq qish yaqinlashib qolganligi tufayli ittifoqchi shaxzodalar Samarqand qamalini to’xtatib, yurtlariga qaytishga majbur bo’ldilar.
1497-yilning may oyida Bobur Mirzo ikkinchi marta Samarqandga yurish boshlaydi va ikkinchi marta Samarqand qamali boshlanadi. 7 oylik qamaldan so’ng Bobur Mirzo 1497-yilning noyabr oyi oxirida Samarqand taxtini egallashga muvaffaq bo’ldi. Biroq bu xol uzoqqa bormadi. Boburning Andijonga yuboigan ishonchli begi Uzun Xasan Boburning dushmani Axmad Tanbal bilan til biriktirib, Boburning ukasi Jaxongir Mirzoni Andijon taxtiga o’tqazish xarakatiga tushgan edilar. Ular maqsadlariga erishdilar xam. Vujudga kelgan xarbiy-siyosiy tanglikni tushungan Bobur Mirzo qanday bo’lmasin Andijonni saqlab qolishga qaror qildi va Samarqandni yuz kun idora etgandan song uni tark etishga majbur bo’ldi. Samarqand taxtini Sulton Ali Mirzo egalladi.
Ayni paytda, Bobur Mirzoning kichik ukasi Nosir Mirzo Andijonga xujum qildi va Uzun Xasan xukmronligiga barxam berib, xokimiyatni Bobur Mirzoga topshirdi. Biroq vaziyat xamon og’irligicha qolaverdi. CHunonchi, Jaxongir Mirzo xali taxt daVosi-dan voz kechmagan edi. Qolaversa, Axmad Tanbal xam xamon uni qo’llab-quvvatlayotgan edi. Nixoyat, 1500-yilda Bobur Mirzobilan Jaxongir Mirzo o’rtasida sulx tuzildi. Unga ko’ra, Sirdaryoning shitnoliy tarafi Axsi shaxri bilan Jaxongir Mirzoga, daryoning janubiy tomoni Andijon shaxri bilan Bobur Mirzoga berildi.
Bobur Mirzoning SHayboniyxonga qarshi kurashi Samarqand axolisi shayxulislom Abulmakarim boshchiligida temuriylar xukmdorligini tiklash chorasini izladilar. Samarqand raxnamolari Farg’ona xokimi Bobur Mirzoga maktub yo’llab, Samarqand taxtini egallashga da’vat etdilar. Sulolasi manfaatlariga sadoqatli bo’lgan Bobur Mirzo 1500-yilning kuzida Samarqandga yurish boshladi. Bu paytda SHayboniyxon Samarqanddan tashqarida – Konigil (shaxardan tashqaridagi xukmdorlar xordiq chiqaradigan joy)da turar edi. Axoli tomonidan Samarqandning darvozasi Bobur Mirzoga ochib berildi va uning qo’shini shiddat bilan xujum qilib, SHayboniyxonning bu yerda qoldirib ketgan 600 kishilik askarini qirib tashladi. SHunday qilib, Bobur Mirzo Samarqand taxtini ikkinchi marta egalladi.
SHayboniyxon Buxoroga chekinadi va bo’lajak xal qiluvchi jangga tayyorgarlik ko’ra boshladi. Bobur Mirzo xam qish bo’yi urushga jiddiy tayyorgarlik ko’rdi. 1501-yil aprelida Zaralshon bolyidagi Saripul qishlog’i yaqinida yuzbergan ogir uruslida Bobur Mirzo yengildi. Bobur Mirzo Samarqandga chekinadi. G’olib SHayboniyxon Samarqandni qamal qilib, Bobur Mirzoga sulx taklif qildi. Sulx shartlari Bobur Mirzo uchun juda xaqoratli bo’lsa-da, unga rozi boimaslikdan boshqa chorasi yo’q edi.
Og’ir va nochor axvolga tushib qolgan Bobur sulxga binoan Samarqandni tark ctib, ko’p mashaqqatlarni boshdan kechirib, o’zga yurtlaiga ketishga majburbo’ldi.
1510-yili, SHayboniyxon xalok bo’lgach, Bobur Mirzo qalbida shox lsmoil yordamida Movarounnaxrni shayboniylardan qaytarib olish umidi paydo bo’ldi. Ana shu niyatda u shox Ismoil elchisini Kobulda juda ochiq chexra bilan kutib oldi. elchilar shox Ismoil Bobur Mirzoga birgalikda Samarqandga qo’shin tortishni taklif qilganligini aytadilar. Bobur Mirzo bu taklifni qabul qildi.
Bobur 1511-yil kuzida shox Ismoil yordamida Samarqandni uchinchi marta qo’lga kiritdi. Bobur Samarqandni egallagach, shox Ismoilni oliy xukmdor deb elon qildi. SHox Ismoil islomning shia oqimiga etiqod qilardi. SHuning uchun xam Samarqand xalqi uni qo’llab-quvvatlamadi. Bu orada Bobur Erondan kelgan qolshinlarga javob berib yuborgan xam edi. Bunday qulay fursatdan foydalangan SHayboniyxon avlodi Ubaydulla Sulton bilan Muxammad Temur Sulton boshqamaxalliysultonlarningyordamigatayanib, Boburga qarshiyurishboshladilar. 1512-yil 28-aprelda Ko’li Malikda bo’lgan jangda Bobur yengilib, Xisorga chekindi. SHayboniyxon avlodlari Samarqandni uzil-kesil egalladilar. SHox Ismoil Boburga yordam berish maqsadida o’zining nomdor sarkardalaridan amir Axmad (laqabi «Najmi Soniy», ya’ni ikkinchi yulduz) boshchiligida qo’shin yubordi. Ular birlashib, Amudaryodan o’tib g’uzor va Qarshini egallaydi. Biroq 1512-yil 24-noyabrda g’ijduvonda bo’lgan jangda Ubaydulla Sulton g’olib chiqadi. Bu jangda Najmi Soniy o’ldirildi. Eron qo’shinining ozgina qismi qochib ulgurdi.
Bobur endi Movarounnaxrdan tamoman umidini uzib, yana Kobulga qaytdi va 1526-yilga qadar Kobulni idora qildi. So’ngra Kobulni ikkinchi Komron Mirzoga qoldirib, o’zi Xindiston sari yurish boshladi.
Bobur 1526-yilning 21-aprelida Dexli xukmdori Ibroxim Lo’diy qo’shinlarini tor-mor keltirdi. Bu g’alaba natijasida Bobur SHimoliy Xindistonni egalladi. 1526-yilning 27-aprelida Dexli shaxrida Bobur podshox nomiga xutba o’qildi. SHu tariqa Xindistonda – boburiylar sulolasiga asos solindi.
Bobur podshox Xindistonda bir-biri bilan dushmanlik kayfiyatida boMgan mayda mustaqil rojalarni xam qilich, xam siyosat yoli bilan birlashtirdi va markazlashgan yirik saltanatni barpo etdi. Bu saltanat 332 yil (1526 – 1858-yillar), ya’ni Xindistonni Buyuk Britaniya to’liq bosib olguniga qadar xukm surdi.
Bobur podshox 1530-yilning 26-dekabrida 47 yoshida vafot etdi. Uni Agra shaxrida, Jamna daryosi yonidagi «Bog’i Orom»ga dafn etadilar. Uning vasiyatiga kolra, bir necha yildan solng Bobur podshoxjasadi Kobuldagi «Bog’i Kalon»ga kochiriladi. Bu bog’ni Bobur podshoxning o’zi katta mexr bilan obod qilgan edi. Keyinchalik bu bog’ «Bog’i Bobur» deb atala boshlangan.
Bobur bilimga chanqoq buyuk davlat arbobi bo’lganligi uchun xam bilim olishga intilganlarga xamisha otalarcha g’amxo’rlik qilgan. Uning o’zi xam ajoyib olim, turkiy nazmda asarlar bitgan Alisher Navoiydan keyin turadigan tengi yo’q shoir, yirik bastakor edi. Bobur podshox o’zining «Boburnoma» xamda «Mubayyin», «Turkiy devon» kabi asarlari bilan mashxur ijodkor xamdir. «Boburnoma» asari O’rta Osiyo va Xindiston tarixini aks ettirgan asardir.

Download 436 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling