Mavzu: Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz reja


MAVZU: ULUG‘BEK YULDUZLARI


Download 436 Kb.
bet23/42
Sana05.05.2023
Hajmi436 Kb.
#1427246
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   42
Bog'liq
Ma\'naviyat soatlari ma\'ruza matnlari 2022 2023 o\'quv yili

MAVZU: ULUG‘BEK YULDUZLARI


REJA:
1. Ulug‘bek rasadxonasi.
2. Ulug‘bek Ulug‘bekning Samarqand akademiyasi.
3. Ulug‘bek kutubxonasi.

Ulug‘bek (asl nomi Muhammad Tarag‘ay) – buyuk olim, astronom va matematik, davlat arbobi. Temurning nabirasi. Ulug‘bek O‘rta Osiyo xalqlari ilm-fani va madaniyatiga katta hissa qo‘shgan. Har sohadan keng bilim olgan Ulug‘bek davlat ishlaridan tashqari tarix, she’riyat, matematika mashg‘ulotlariga katta e’tibor bergan. Astronom sifatida olamga tanilgan.


Ulug‘bek 1420-29 yillari Samarqand yaqinidagi Obi-Rahmat tepaligida rasadxona qurdirdi. Bino uch qavatli to‘garak shaklida bo‘lib, diametri 46-40 metr, balandligi 30 metr edi. Bu haqda Zahiriddin Muhammad Bobur ham guvohlik beradi.
Rasadxona haqida tarixchi Abdurazzoq Samarqandiy quyidagicha yozadi: ”Samarqandning shimoliy tomonida sal Sharqqa og‘ishgan joy tanladi, mashhur munajjimlar bu ishni boshlab yuborish uchun yulduz ko‘rsatgan xayrli kunni aniqlab berdilar. Bino qudrat asosi, ulug‘vorlik negizidek pishiq qurildi. Poydevor va ustunlar tog‘ asosidek shunday mustahkam qilindiki, ular to mashhar kunigacha na joyidan jilar va na qular edi Baland qurilgan bu muhtasham imorat xonalarining ichiga solingan rasm va beqiyos suratlarda to‘qqiz falakning daraja, daqiqa, soniya va soniyaning undan bir ulushlari ko‘rsatilgan yetti qavat osmon gumbazi, iqlimlar, tog‘lar, daryolar, sahrolar, xullas olamga tegishli hamma narsalar tasvirlangan edi. Shundan keyin Quyosh va sayyoralarning harakatini kuzatish, ko‘rganlarni yozish va qayd qilishni boshlab yuborishga farmon berildi”
Rasadxonaning asosiy quroli – burchak o‘lchaydigan juda ulkan asbob (vertikal doira)dan iborat bolib, uning radiusi 40, 212 metr, yoyining uzunligi 63 metrga teng edi. Bu V.L.Vyatkinni inshoot qoldig‘i “katta kvadratning bir qismidan boshqa narsa emas, uning yarmi ufq satxidan past bo‘lib, ikkinchi yarimi esa ufqdan yuqoriga chiqib turar edi” – degan fikrga olib keldi.
Akademik Qori Niyoziy va astronom Giyos Jalolovlarning fikricha, bu asbob kvadrat emas, balki sekstantdir.U janubda shimolga qaratib, meridian chizig‘i bo‘yicha anchagina aniq o‘rnatilgan. Ularning fikrini V.N.Kastelgskiy va V.P.Shcheglovlarning tekshirishlari ham tasdiqlaydi.
Ulug`bek qalamiga mansub ilmiy asarlardan biri uning ziji. Bu asar “Ulug‘bek ziji” yoki “Ziji Ko‘ragoniy” nomlari bilan mashhur. forscha sozidan olingan va u “jadval degan ma’noni bildiradi. “Ulug‘bek ziji” avval fors tilida yozilgan, keyin esa uni G‘iyosiddin Jamshid al-Koshiy arab tiliga tarjima qilgan.
Ba’zi astronomiya tarixchilar “Ulug‘bek ziji”ni Ulug‘bek yozmagan, uni boshqa olimlar bitib Ulug‘bekka atashgan, degan da’voni qilishadi. Bu da’voni “Ulug‘bek ziji”ni bevosita tadqiq etayotgan olim Ashraf Ahmedov o‘zining nomli risolasida rad etadi.“Zij”ning birinchi kitobi eralar va turli taqvimlarga bag‘ishlangan. Yil hisobida kabisa yilini topish masalasi qaraladi. Ulug‘bekning aytishicha, har 30 yilga 11ta kabisa yili keladi.“Zij”ning ikkinchi kitobi matematika va sferik astronomiyaga bag‘ishlangan. Uchinchi kitob trigonometrik jadvallarga qaratilgan. Bu kitoblarda sinuslar va tangenslar jadvali berilgan. Ular o‘nta o‘nli xona aniqligida hisoblangan, bu XV asr uchun juda katta aniqliklik hisoblanadi.
uchinchi kitobining amaliy astronomiyaga tegishli qismida ekliptikaning ekvatorga og‘maligi, osmon yoritgichlarining koordinatlarini aniqlash, yulduzlar va sayyoralar orasidagi masofalarni aniqlash kabi masalalar qaraladi.
“Ulug‘bek ziji”ning yulduzlar katalogiga doir qismi ham diqqatga sazovor. Bu bo‘limda u 1018 yulduzning har birini yulduz turkumlari bo‘yicha joylashtirib chiqqan: ularning raqami, qisqacha ta’rifi, 1437 yilning teng kunlik nuqtasiga keltirilgan uzunligi va kengligi berilgan.
“Zij”ning to‘rtinchi kitobi ilmi nujum, ya’ni astrologiyaga bag‘ishlangan. Ilmi nujumda sayyoralarning turlicha mos turishlariga qarab kishilarning tolenomasini tuzish, sayyoralarning turli-tuman joylashuvining kishilar taqdiriga ta’siri masalalari ko‘rilgan.
“Ulug‘bek ziji” dunyo kitobxonlari va shaxsiy kitob yig‘uvchilar orasida eng ko‘p tarqalgan asar, desak xato qilmagan bo‘lamiz, chunki hozirgi kunda bu asarning 150 dan ortiq nusxasi ma’lum.Shuni alohida ta’kidlash lozimki, “Ulug‘bek ziji” VIII-IX asrlarda boshlangan zij tuzish an’anasini davom ettirgan bo‘lsada, o‘zining ilmiyligi va aniqligi nuqtaiy nazaridan o‘zidan oldin tuzilgan zijlardan bir pog‘ona yuqori turadi.
“Akademiya” atamasi yangi atama emas. Akademiya – ba’zi ilmiy va o‘quv tashkilotlarining nomi.Bu atama afsonaviy qahramon Akadema nomidan olingan. Uning nomi bilan Afina yaqinidagi bir shaha ham Akademiya deb atalgan.
Keyingi akademiya arab halifaligi davrida tashkil topgan, uni halifa al-Ma’mun (813-833) Bag‘dodda tashkil etgan. U arabchada “Baytul hikma” ya’ni “Hikmatlar uyi” deb atalgan.XV asrda Samarqandda Ulug‘bek o‘zining akademiyasini tashkil etdi. Fan tarixiga bu ilmiy markaz “Ulug‘bekning Samarqand akademiyasi” va “Ulug‘bekning Samarqand maktabi” nomlari bilan kirdi. Bu ilmiy dargohda yaxshi jihozlangan rasadxona, boy kutubxona va davrining eng oily o‘quv yurti – madrasa bor edi. Rasadxona yerli ziyolilar bilan bir qatorda turli yurt va elatlardan taklif etilgan mashhur astronomlar hamda matemaniklar xizmat qilishar edi. Astronomlar sayyoralar va yulduzlarning Osmon Qurrasidagi holatini kuzatishar, olingan ma’lumotlarga esa ilmiy dargoh qoshidagi matematiklardan iborat hisobdorlar matematik ishlov berishar edi. Ana shu tariqa astronomik va trigonometrik jadvallar vujudga kelar edi.
Rasadxona xodimlari, jumladan Ulug‘bekning o‘zi ham madrasada dars berishar edi. Diniy (Qur’oni karim, hadis va tafsir) kitoblardan tashqari, tabiiy fanlar (riyoziyot, xandasda, ilmi hay’at ya’ni astronomiya, tibbiyot, geografiya) ham oqitilar edi.Ulug‘bek akademiyasida mashhur olimlar Qozizoda Rumiy, G‘iyosoddin Jamshid al Koshiy va Ali Qushchilar xizmat qilishgan.
Yozma manbaalarning guvohlik berishicha, Ulug‘bekning bobosi – Temur va uning otasi Shoxruh kamyob kitoblar ishqibozi bo‘lishgan. Temur kichik Osiyoni bosib olganida Bursa shahrida juda qadimgi va boy kutubxonaga duch kelgan va undagi kitoblarni Samarqandga–o‘z kutubxonasiga yuborgan. Ma’lumki, Bursa va Pergan shaharlari qadimgi madaniyat markazlaridan hisoblanadi. Masalan, Pergandan Appolonoy singari buyuk matematiklar va Antigan singari faylasuflar yetishib chiqqan.Appoloniynig “Konus kesimlari” va “Berilgan nisbatda bo‘lish” nobli asarlari o‘rta maktab o‘quvchilari orasida ham mashhur. Bursa ham Pergam singari madaniyat markazi bo‘lgan. Bursadan keltirilgan kitoblar ham keyinchalik, Temur vafotidan so‘ng Ulug‘bek ixtiyoriga o‘tgan. Ulug‘bek kutubxonani boyitib borgan.
Bu yerda shuni ta’kidlash lozimki, Orta Osiyo xalqlarining kitobsevarligi , kutubxonachilik bilan shug‘ullanishi Temur va Ulug‘bek zamonida yengilik emas edi. Ma’lumki, Abu Ali Ibn Sino (980-1037) o‘sha davrda Buxoroda ajoyib kitob bozori bo‘lgani, undan Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn ibn Tarxan al-Farobiyning Aristotel “Metofizika” siga yozgan sharhini sotib olgani va qanday qilib Buxoro Amiri saroyidagi kutubxona kitoblaridan foydalanishga ruxsat olgani haqida yozadi.
Kutubxonaning Ulug‘bek vafotidan keyingi taqdiri noma’lum. Ba’zi rivoyatlarga qaraganda kitoblar saqlanib qolgan. Ularni Ulug‘bekning sodiq shogirdi Ali Qushchi saqlab qolgan.Oldin eslatganimizdek, Ali Qushchi Samarqanddan Ulug‘bek vafotidan keyinoq ketmagan, ancha muddat Samarqand yaqinidagi Hazrat Bashr qishlog‘ida berkinib yotgan. Qulay fursat topib, Samarqanddan Ulug‘bek kutubxonasini o‘sha qishloqqa ko‘chirgan.Lekin kutubxonadagi kitoblarning hammasini olib kela olganmi, yo‘qmi u haqda ma’lumot yo‘q.,chunki, ba’zi manbalarda ko‘rsatilishicha, Ulug‘bek kutubxonasidagi kitoblar soni 15 ming jilddan ziyodroq bo‘lgan.



Download 436 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling