Mavzu: Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz reja


MAVZU: DO’ST BILAN OBOD UYING


Download 436 Kb.
bet26/42
Sana05.05.2023
Hajmi436 Kb.
#1427246
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   42
Bog'liq
Ma\'naviyat soatlari ma\'ruza matnlari 2022 2023 o\'quv yili

MAVZU: DO’ST BILAN OBOD UYING.


Reja:
1.Do‘stlik tuyg‘usi haqida.
2. Donishmandlar do‘stlik haqida.
3.Do‘st qanday bo‘lishi kerak.?

Do‘stlik – ijtimoiy-axloqiy va psixologik tushunsha. O‘zaro hurmat, yoqtirish, manfaatlarning umumiyligi, yaqinlik, bir-birini tushunishga asoslangan kishilar o‘rtasidagi munosabat shaklini ifodalaydi. Kishilarning muloqot shakli sifatidagi do‘stlik qon-qardoshlik, o‘rtoqlik, birodarlik tushunchalariga yaqin, lekin psixologik nuqtai nazardan esa ulardan o‘zining alohidaligi, tanlash xususiyati, his-tuyg‘u bilan farq qiladi. Axloqiy-psixologik hodisa va shaxsiy xislat sifatida do‘stlik odamning yoshi (bolalik, o‘smirlikdagi do‘stlik), shaxsning shakllanishi bilan (maktabdagi, talabalik yillaridagi, armiyadagi do‘stlik) o‘zgarib boradi. Ijtimoiy–axloqiy muhit, kishilarning turmush tarzi do‘stlikning mazmun-mohiyatini belgilaydi. O‘zaro manfaat (Epikur, utilitarizm namoyondalari), tabiiy “yoqtirish” hissi (A. Smit), baxtga erishishga ko‘maklashish (18-a. Fransuz ma’rifatparvarlari) va boshqalar do‘stlikning asosi sifatida qaralgan. Haqiqiy, mustahkam do‘stlik yuksak, ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan maqsad va ideallar mushtarakligini anglash asosida shakllanadi. Do‘stlik millat va xalqlar o‘rtasidagi ijobiy aloqalarda ifodasini topadi. Hozirgi davrda ko‘p millatli O‘zbekistonning rivojlanishi ushun xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik nihoyatda muhim. Xalqlar, millat va elatlar o‘rtasidagi do‘stlik O‘zbekistonda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashning muhim shartlaridan biridir.


Buyuk allomamiz A. Avloniy xalqimiz ma’naviyati rivojlanishida katta hissa qo‘shgan “Turkiy Guliston yohud axloq” asarida do‘stlikni munislik deb ta’riflaydi va shunday nasihat qiladi:”Munislik deb har kim tengi, maslakdoshini topib, ulfat bo‘lmakni aytilur. Dunyoning lazzati sodiq do‘stlar ila suhbat qilmakdan iboratdir.
Ilmi axloq yuzasidan chin do‘st va yori sodiq ila ulfat qilmak lozimdir. Chunki ba’zi kasallarning yuqishi bo‘lganga o‘xshash nodon va axmoq kishilarning urf-odatlari va yomon xulqlarning ta’siri, siroyati yuqishi muqarrardir. Ba’zi do‘st suratida ko‘rinmish ikki yuzlama, munofiq dushmanlar ham ko‘p bo‘lurlar. Shuning ushun ham har bir kishiga sinamasdan, bilmasdan do‘stlik qilmak, sir aytmak zo‘r aqlsizlikdir. Chin do‘st bo‘lgan kishi boshingga kulfat va qaug‘u kelgan paytlarda san ila barobar qayg‘urur. Xotirangdagi qayg‘uni bo‘lishib olur.
Siringni noahil va nodon kishilarga aytmas, aybingni orqangdan so‘ylamasdan yuzingga aytur. Shodlik vaqtingda san ila barobar shodlanur. Yolg‘on do‘stlar sandan bir foyda umidida yoki boshiga kelgan zararni qaytarmak ushun munofiqona do‘stlik qilur. Siringni noahil kishilarga so‘zlab, qadr va e’tiboringni poymol qilur. Bunday kishilarga do‘st bo‘lmakdan do‘stsizlik yaxshiroqdir.
Yaxshi do‘st aybi yor-u do‘stini
Ko‘zgudek ro‘baro‘sida so‘zlar
Yomon o‘rtoq tarog‘cha ming til ila,
Orqadan birmalab terib so‘zlar.”
Do‘stlik haqida shu kungacha ko‘plab dono fikrlar, she’r-u tashbehlar, katta-katta badiiy asarlar, go‘zal iboralar yartilgan. Ularni o‘qiganimiz sari fikrimiz tiniqlashadi, tafakkurimiz kengayadi.
Ingliz tabiatshunosi va moralisti Jon Lebbok:” Bizning to‘kis va baxtli hayot kechirishimiz ko‘p jihatdan o‘zimizga munosib do‘st va o‘rtoq tanlay bilishimizga bog‘liq. Agar ularni yomon tanlasak, bizni halokatga giriftor qilishi, aksincha, ular yaxshi bo‘lsa, bizni yuksaklikka ko‘tarishi mumkin,”-degan edi.
Qadimgi Rim siyosiy arbobi, notig‘i va faylasufi Sitseron:”Haqiqiy do‘st bizning ikkinchi «men»imiz bo‘lmog‘I kerak; haqiqiy do‘st hech qachon do‘stidan ma’naviy go‘zallikdan boshqa narsani talab etmaydi: do‘stlik bizga qusurlarimizga sherik sifatida emas, jasoratlarimizning hamdami bo‘lish ushun tabiat tomonidan hadya etilgan.”
Amerika davlat arbobi J. Vashington:” Agar siz obro‘ saqlayman desangiz, yaxshi fazilatli kishilar bilan yaqinlashing, yomon davraga tushib qolgandan ko‘ra yolg‘iz yurgan afzal.”
Gelvetsiy:”Inson fe’l-atvori va aqlini u qanday kitob o‘qishi va do‘st tanlashidan do‘st tanlashidan ham aniq bilsa bo‘ladi.”
Shekspir:”Ahmoqlik va donolik ham xuddi yuqumli kasallikday tez yuqadi. Shunday ekan, o‘zingga do‘st tanlay bil.”
Epikur:” Dono kishi o‘ziga quvnoq, ko‘ngli ochiq odamdan do‘st tanlamog‘i kerak.”
B. Franklin:”Do‘st tanlashda oshiqma, undan kechishda esa yana ham og‘irroq Do‘stlik bebahogina emas, go‘zallik hamdir: biz do‘stlarni ardoqlagan kishini sharaflaymiz, ko‘p do‘stga ega bo‘lish allaqanday ajib narsadek tuyuladi, ba’zilar esa hatto yaxshi odam bilan do‘stni mutlaqo bir-biridan ajratmaydilar. Do‘stlik – hayot zarurati, chunki umri garchand rohat-farog‘atda o‘tsa ham hech kimsa hayotini do‘ctsiz o‘tkazishni istamaydi. Ota bolasini sevadi, bola ham otacini sevadi. Hatto hayvon ham bolasini sevadi. Qondoshlik tufayligina emas, qalb orqali yaqin bo‘lish faqat insonga xosdir. Butun hayot davomida donishmandlik baxsh etadigan muhim baxtiyorlik do‘st qalbini topa bilishdir. Odamlarga donolikdan so‘ng berilgan eng qimmatbaho tortiq do‘stlikdir. Agar taqdir odamga saxovat ko‘rsatib, dunyodagi eng buyuk baxtni tortiq qilmoqchi bo‘lsa, unga sadoqatli do‘stlar in’om qiladi. Dunyodagi jami izzat-ikromlar birgina yaxshi do‘stning o‘rnini bosolmaydi.Do‘st deb ishonib yurgan kishingni yo‘qotishdan ham og‘irroq g‘am yo‘q. Do‘stik hayotdagi tengsiz quvonchlarning biridir; do‘stlikning tengsiz quvonchlaridan biri esa ishonib siringni aytishing mumkin bo‘lgan odamingning borligidir. Chinakam do‘stlikda sayoz odamlar tushunmaydigan joziba yashiringan bo‘ladi. Dunyoda do‘stlikdan afzalroq va yoqimliroq hech narsa yo‘q; umrdan do‘stlikni o‘chirib tashlash dunyoni quyosh nuridan mahrum etish bilan barobar. U quvonchni ikki hissa oshirib, g‘am-anduhni bo‘lishib oladi. Samimiy do‘stlari bo‘lmagan odam haqiqatdan ham yolg‘izdir. Ular diydoridan ortiqroq quvonch, firoqidan ortiqroq g‘am yo‘q. Bitta ham haqiqiy do‘sti bo‘lmagan odam haqiqatdan ham yolg‘izdir. Chinakam faol do‘stlikda do‘stlar bir-birini suyaydilar, ularning fikrlari garchand turlicha bo‘lsa-da, ular birgalashib olg‘a boradilar. Chinakam do‘stlik oshkora, riyokorlik va xushomadgo‘ylikdan holi bo‘lmog‘i kerak.
Do‘stlikka sadoqat va uni avaylashning eng yaxshi yo‘li biz nima ish bilan mashg‘ulligimizni bir-birimizga aytib turishimiz kerak. Odamlar faoliyatlari tufayli bir-birlari bilan yanada ahilroq bo‘lib ketadilar. Mustahkam do‘stlik – ayni bir xil istak va bir xil nafratga ega bo‘lmoqlikdir.Insonning ma’naviy burchi masalasiga bir xilda yondashganliklari tufayli ham do‘stlar o‘zaro hamkorlikdan zavq oladilar.Iroda, didva fikrlar uyg‘unligi do‘stlik zaminini tashkil etadi. Qayerdaki ochiq samimiyat, to‘la ishonch yoq ekan, qayerdaki hatto qittay bo‘lsa-da, nimadir pinhon tutilarkan, u yerda do‘stlik yo‘q va bo‘lishi mumkin emas. Bir-birlarining arzimas kamchiliklarini kechira olgan kishilargina chinakam do‘stlik iplari bilan bog‘lana oladilar. Hammada ham kamchilik bor – birovda ko‘proq, birovda kamroq. Shunday ekan, bir-birimizni kechirish xislatimiz bo‘lmaganda edi, unda do‘stlik ham, yordam ham, o‘zaro munosabat ham bo‘lmas edi. Nuqsonsiz do‘st axtargan do‘stsiz qoladi. Chinakam do‘stlari salda bezib ketaveradigan odam- badfe’l odam. Haqiqiy do‘st baxtsizlikda sinaladi. Mustahkam do‘stlik deyarli hamisha mushkul damlarda yuzaga keladi. Urush –botirni, jahl – dononi, yo‘qchilik do‘stlikni sinaydi. Baxtsizlikda do‘st sinalib, dushman fosh bo‘ladi.
Do‘stlar yaxshi kunlarda faqat taklif bilan, baxtsizlikda esa taklifsizoq,o‘zlaricha tashrif buyuraverishlari kerak.Do‘stga foydasi tegmagan odam uning uchun begonaga aylanadi.
Atoqli shoirimiz E. Vohidovning quyidagi satrlari fikrlarimizning dalilidir.
Do‘st bilan obod uying, gar bo‘lsa u vayrona ham,
Do‘st qadam qo‘ymas esa, vayronadir koshona ham.
Intizor har uy qadrdon dilkusholar bazmiga,
Gar oyoq qo‘ysa qabohat yig‘lagay ostona ham.
Yaxshi do‘stlar davrasida ochilursan har zamon,
Ko‘rkni shoda ichra topgay marvarid durdona ham.
Do‘st qidir, do‘st top jahonda, do‘st yuz ming bo‘lsa oz,
Ko‘p erur bisyor dushman, bo‘lsa u bir dona ham.
Kim sehga hamroz emasdir, bog‘araz deb o‘ylama,
Gohi dushmanlik qilurlar qo‘l siqib do‘stona ham.
Do‘sti sodiq yo‘q ekan deb o‘rtanib kuyma va lek,
Mehr uyin keng ochsang, Erkin, do‘st bo‘lur begona ham.



Download 436 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling