Mavzu: Yuzani nivelirlash Reja: Kirish I. Bob nivelirlash haqida 1 Nivelirlash nima
Download 0.6 Mb.
|
Yuzani nivelirlash kurs
Mavzu: Yuzani nivelirlash Reja: Kirish I.BOB Nivelirlash haqida 1.1 Nivelirlash nima 1.2 Oddiy va murakkab nivelirlash 1.3 Yuzani nivelirlash II.BOB Nivelirlash vositalari va uni tekshirish 2.1 Nivelirlashda ishlatiladigan reykalar 2.2 Nivelirlarni tekshirish 2.3 Nivelir reykalari va ularni tekshirish Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxari Ilovalar KIRISH Mavzuning dolbzarbligi: Hozirgi paytda geodeziyaning ilmiy tadqiqot ishlari va qurilish jarayonidagi roli keskin ortib bormoqda. Ko`p qavatli bino va inshootlar qurilishlarini mexanizatsiyalash va texnologik ishlab chiqarishni avtomatlashtirish, geodezik o`lchashlar aniqligini sezilarli darajada oshirishni talab etadi. Injener-geodezik ishlarning keyingi taraqqiyotidagi asosiy vazifalari yuqori aniqlikdagi o`lchash ishlarini avtomatlashtirish, qurilish konstruksiya va texnologik ashyolarni o`rnatish va tekshirishda lazer elektron texnikalarining yangi yutuqlarini qo`llashdan iborat. Ta‘kidlash joizki, geodeziya o`z rivojlanishi mobaynida yangi taraqqiyot bos-qichiga kirdi: a) zamonaviy lazerli va elektron geodezik asboblarga, b) zamonaviy texnologiyalarga, c) geodezik o`lchash va suratga olish usullariga, d) o`lchash, suratga olish natijalarini qayta hisoblash usullariga ega bo`ldi. Ma‘lumki, mamlakatimizning iqtisodiy rivojlanishi topografik-geodezik ishlarning rivojlanishi bilan uzviy bog`liq. Shu sababdan ham ushbu sohada ilmiy tadqiqot ishlari va amaliyot jarayonini yuksak talab darajasida olib borish zarur. Hozirgi vaqtda geodezik asboblar bozorida elektron taxeometrlar keng miqiyosda taqdim etilmoqda. Eng mashxur ishlab chiqaruvchi firmalar: Ural optiko-mexanika zavodi (FGUP PO UOMZ), Leica Geosystems AG, Sokkia, Topcen, Nikon Trimble (Trimble 2001 yil fevralda Carl Zeiss va Spectra Precission firma-larini birlashtirdi) – texnik va ekspluatatsion xarakteristikalari bilan bir-biridan farq qiluvchi turli turdagi geodezik asboblarni taklif qilishmoqda. Vaqt o`tgan sari elektron taxeometrlarning funksional imkoniyatlari o`zgarishi va takomillashib borish tarixini ko`rishimiz mumkin. Hozirgi kunda 3Ta5 taxeometrlari ishlab chiqarilmoqda, unda oldingilaridan farqli RSMSIA xotira kartasi mavjudligi va ma‘lumotlarni IBM RS tipidagi komp-yuterlarga bevosita uzatish imkoniyati borligidadir. U dala o`lchashlarni qayta ishlash uchun dasturlar paketi bilan ta‘minlangan, uni uchinchi-avlod asboblari qatoriga qo`shish mumkin. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling