Mavzu: Yuzani nivelirlash Reja: Kirish I. Bob nivelirlash haqida 1 Nivelirlash nima
-rasm.Nivelir ko`rish trubasi ko`rinishi
Download 0.6 Mb.
|
Yuzani nivelirlash kurs
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nivelir reykalari va ularni tekshirish
9.10-rasm.Nivelir ko`rish trubasi ko`rinishidavomida joylashgan a nuqtadan 10 m masofada biror nuqta belgilanadi. So’ngra nuqtadan boshlab po’lat lenta yoki ruletka yordamida 10, 20, 30 … 90 m uzunlikda vatarlar o’tkazib nuqtalar bilan belgilab chiqiladi. Belgilangan nuqtalarga qoziqchalar qoqiladi. Nivelir (C) nuqtaga o’rnatilib, dastlab A nuqtaga, so’ngra (P1, P2, P3) … nuqtalarga o’rnatilgan reykalarga birin-ketin qaralib sanoqlar olinadi. Keyin barcha nuqtalarning (A) nuqtaga nisbatan balandliklari hisoblab chiqariladi. So’ngra nivelir Onuqtaga o’rnatilib, huddi yuqoridagi kabi (A, P1, P2, P3)(B) nuqtalar nivelirlanadi. Nivelirlangan nuqtalarning (A) nuqtaga nisbatan balandliklari chiqariladi. Ikki marta hisoblab chiqarilgan nisbiy balandliklar farqi 2 mm dan oshmasligi kerak; farq bundan ortiq bo’lgan taqdirda nivelir ustaxonada tuzatiladi. 2.3 Nivelir reykalari va ularni tekshirish III sinf nivelirlashda sm li bo’laklarga bo’lingan, ikki tomonli uch metrli yaxlit yog’och reykalar RN3qo’llaniladi. Nivelirlashda N2 niveliri ishlatilsa 3 m li yaxlit bir tomonli invar reykalari ishlatiladi (9.20 – rasm .a va b ).
RN3 reykasi pishiq yog’ochdan uzunligi 3000 mm, eni 60-70 mm va qalinligi 30-40 mm qilib yasaladi va unga maxsus ishlov beriladi. Reykada bo’laklar santimetr li shashkalar bilan belgilanadi. Reykani bir tomoniga shashkalar qora rangda, ikkinchi tomoniga qizil rangda tushiriladi. Reyka qora tomoni no’li uni tovoni (pyatka) bilan ustma-ust keladi. Bir juft reykalar qizil tomonining no’li bita reykada 4683, ikkinchisida esa 4783 gasurib belgilangan bo’lib, reykadan sanoq olish to’g’riligini nazorat qilishni taminlaydi. Reykani ditsimetrli bo’laklari arabcha raqamlar bilan yoziladi. Bo’laklarni raqamlash to’g’ri va teskari beriladi. Qarash trubasi to’g’ri tasvir xosil qiluvchi nivelirlar uchun to’g’ri raqamlangan, teskari tasvir xosil qiluvchi nivelirlar uchun esa teskari raqamlangan reykalar olinadi. RN3 reykasi uni ikki yonida o’rnatilgan tutqichlar va doiraviy adilakka ega. Bu adilak yordamida reykadan sanoq olishda uni tik tutilishi taminlanadi. IV sinf nivelirlashda RN3 reykasidan tashqari RN4 ikki tomonli buklama reykalar xam qo’llaniladi. Bunday reykalar doiraviy adilakka ega emas. Xozirgi kunda IV sinf va texnik nivelirlash uchun korpusi alyumindan yasalgan uzunligi 5 m gacha uzaytiriladigan periskopik reykalar ishlab chiqiladi. Periskopik reykani bir tomoniga santimetrli shashka bo’laklar, orqa tomoniga esa 1mm li bo’laklar tushirilgan (88- rasm.d). Dala o’lchash ishlariga chiqishdan oldin reykalar sinchiklab ko’rib chiqilishi va sinashlardan o’tkazilishi kerak. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling