Mavzu: Yuzani nivelirlash Reja: Kirish I. Bob nivelirlash haqida 1 Nivelirlash nima
Download 0.6 Mb.
|
Yuzani nivelirlash kurs
- Bu sahifa navigatsiya:
- -rasm. Murakkab nivelirlash
Oddiy va murakkab nivelirlash, ikki nuqtaning bir-biriga nisbatan balandligi bu nuqtalar orasiga nivelirni bir marta o’rnatishda aniqlansa, bunga oddiy nivelirlash deyiladi Ikkita nuqtaning balandliklari orasidagi farq katta bo’lgan hollarda yoki bir- biridan uzoq joylashgan ikki nuqtaning nisbiy balandligini aniqlashda bu ikki nuqta oralig’i bo’laklarga bo’linib, har bir bo’lak alohida-alohida nivelirlanadi. Bunga murakkab nivelirlash deyiladi. Murakkab nivelirlashda yer sathining do’mboqligi va refraksiya nivelirlash natijasiga kamroq ta`sir etishi va reyka bo’laklari yaxshiroq ko’rinishi uchun nivelirdan reykagacha bo’lgan masofa odatda 50-75 m qilib olinadi 9.4-rasmda (A) va (B) nuqtalar oralig’i bir necha bo’lakka bo’linib nivelirlanganligi ko’rsatilgan. Shaklda reyka o’rnatilgan nuqtalar (piketlar) (A) va (B) hamda 1, 2, 3
-rasm. Murakkab nivelirlashva 4 raqamlar bilan, nivelir o’rnatilgan nuqtalar (stansiyalar), rim raqamlari – I, II, III, IV, va V bilan, reyka va nivelirning ko’chrilish tartibi esa strelkalar bilan ko’rsatilgan. Bu yerda shuni aytib o’tish zarurki, 1-piketga o’rnatilgan reyka I- stansiyada oldingi, II- stansiyada esa ketingi reyka bo’ladi. Piket ikki qo’shni stansiyani bir-biriga bog’laganligi uchun bog’lovchi nuqta deb ataladi. 9.5-rasmda 1,2,3 va 4 nuqtalar bog’lovchi nuqtalar hisoblanadi. Nivelirlanishi kerak bo’lgan nuqta bog’lovchi nuqtalar oralig’ida (9.5-rasmda C va D) joylashgan bo’lsa, ularga oraliq nuqtalar deyiladi. Oraliq nuqtalar balandlikni bir nuqtadan ikkinchisiga uzatib berishda qatnashmaydi. Shuning uchun ular har bir stansiyada bog’lovchi nuqtalar nivelirlanib bo’lgandan keyin nivelirlanadi. Orqadagi reykani oldinga ko’chirishda reyka bir yo’la oraliq nuqtalarga ham o’rnatilib, nivelir yordamida ulardan sanoqlar olinadi Bog’lovchi nuqtalardan olingan sanoqlardan foydalanib, har bir nuqtaning qo’shni nuqtaga nisbatan balandligi, so’ngra absolut balandligi hisoblab chiqariladi. 73-rasmda ko’rinishicha I, II, III, IV, va V stansiyalardagi bog’lovchi nuqtalarning nisbiy balandliklari quyidagicha: ℎ1 = 𝑎1 − 𝑏1 ℎ2 = 𝑎2 − 𝑏2 } (9.9) … … … … … … ℎ𝑛 = 𝑎𝑛 − 𝑏𝑛 Nivelirlangan barcha stansiyalardagi nuqtalarning nisbiy balandliklari yig’indisi oxirgi (B) nuqtaning boshlang’ich (A) nuqtaga nisbatan nisbiy balandligi bo’ladi: hAB=h1+h2+…+hn=(a1-b1)+(a2-b2)+…+(an-bn) yoki 𝐵 𝐵 𝐵 ℎ𝐴𝐵 = ∑ 𝑎 − ∑ 𝑏 = ∑ ℎ (9.10) 𝐴 𝐴 𝐴 Bog’lovchi nuqtalarning absolut balandliklari quyidagi formula yordamida ketmaket hisoblab chiqariladi: H1=HA+h1 H2=H1+h2 (9.11) …………………… HB=Hn+hn Agar 1,2,3 va 4 nuqtalarning absolut balandligini aniqlash talab qilinmasa, oxirgi B nuqtaning absolut balandligini quyidagi formula bo’yicha hisoblab chiqarish mumkin. HB=HA+∑hAB (9.12) Bog’lovchi nuqtalarning absolut balandligi hisoblab chiqarilgandan so’ng oraliq nuqtalarning absolut balandligi ketingi nuqtaning absolut balandligiga asoslanib asbob gorizonti yordamida aniqlanadi. Hi=H3 +a4 (9.13) ga eng. Oraliq nuqtalar (C va D) ning absolut balandligi quyidagi formula yordamida hisoblab chiqariladi: HC=Hi+c1 HD=Hi-c2 (9.14) Bir-biridan uzoq joylashgan nuqtalar oralig’ida bir nuqtadan ikkinchisiga absolut balandlikni uzatish maqsadida bajariladigan murakkab nivelirlash ishi bo’ylama nivelirlash deb ataladi. Bo’ylama nivelirlashda absolut balandlikning boshlang’ich nuqtadan oxirgi nuqtaga uzatilishida bog’lovchi nuqtalar ishtirok etmasa, bunga oddiy bo’ylama nivelirlash deyiladi. Nivelirlanayotgan chiziqning profilini tuzish uchun bu chiziqdagi barcha xarakterli nuqtalarning absolut balandligini aniqlash maqsadida amalga oshirilgan bo’ylama nivelirlash trassani nivelirlash deb yuritiladi. Trassani nivelirlashda barcha bog’lovchi nuqtalar hamda trassadagi oraliq nuqtalar o’rni qoziq qoqib belgilanadi. Ba`zi bir qidiruv va tekshiruv ishlarida nivelirlanishi kerak bo’lgan chiziq atrofdagi nuqtalarning absolut balandliklarini aniqlashga to’g’ri keladi. Bunday paytda trassa kerakli joylariga qoziqlar qoqilib, perpendikulyar chiziqlar bilan belgilanib nivelirlanadi. Bunga ko’ndalang nivelirlash deyiladi. Muhandislik inshootlari loyihasini tuzish hamda loyihani joyga ko’chirish va inshootlarni qurish maqsadida bajariladigan nivelirlash muhandislik nivelirlash debataladi. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling