Mavzu: Yuzani nivelirlash Reja: Kirish I. Bob nivelirlash haqida 1 Nivelirlash nima
Y erning lazer niveliri yordamida tekislanishining sxematik ko'rinishi
Download 0.6 Mb.
|
Yuzani nivelirlash kurs
- Bu sahifa navigatsiya:
- II.BOB Nivelirlash vositalari va uni tekshirish 2.1 Nivelirlashda ishlatiladigan reykalar. Reyka
Y erning lazer niveliri yordamida tekislanishining sxematik ko'rinishi.
Yerni lazer nurlari orqali tekislaydigan uskuna o'tkazilgan va yuqori samarali texnologiya xisoblanadi. Lazer niveliri yordamida tekislangan dala maydonining yuzasi tekis bo'lib, unda su‟orish suvining bir xil taqsimlanishi ta'minlanadi, ortiqcha suvlar chiqimi kamayadi va su‟orish suvidan foydalanish samaradorligi oshadi, chap tomon). Tuproqni lazer niveliri yordamida tekislashning boshlan‟ich harajatlari an'anaviy tekislashga nisbatan yuqori bo'lishiga qaramay, bu harajatlar hosildorlikning yil sayin oshishi va su‟orish suvning tejalishi hisobiga qoplanadi. Lazer niveliridan foydalanib o'tkazilgan tajribalar natijalariga ko'ra, oddiy usulda tekislangan dala maydoniga nisbatan 25 foizdan ortiq suv tejaladi, shu bilan birgalikda ekinlarning unib chiqishi, o'sishi va rivojlanishi yaxshilanadi. II.BOB Nivelirlash vositalari va uni tekshirish 2.1 Nivelirlashda ishlatiladigan reykalar. Reyka- uzunligi 3-4m, kengligi 8-10 smva qalinligi 2-2.5 sm keladigan taxtachadir. Taxtacha uchun qattiq yog’och tanlanadi. Reyka boshidan oxirigacha oq rang moyli bo’yoq bilan bo’yaladi, ikkala uchiga tunuka qoqiladi. Reyka maxsus mashina yoki shablon yordamida chiziqlar tortib santimetrlarga bo’linadi. Santimetrli bo’laklar bir santimetr oralatib qora yoki qizil rangga bo’yaladi. Reykadan sanoq olishni o’laklarga ajratiladi. Masalan, 9.6-rasmda har bir detsimetr 5 sm dan qilib ikkiga bo’lingan, har bir detsimetrning birinchi besh bo’laigi Eharfiga o’xshaydi. Reykadagi detsimetrlar teskari yo’nalishda, ya`ni 0 dan boshlab reyka uchiga tomon raqamlar bilan belgilanadi (01, 02, 03…).Nivelirlashda ishlatiladigan reykalar yaxlit, surilma va buklama bo’ladi. Yaxlit reykalarning (9.6-rasm, a,b,c) uzunligi 3 m bo’lib, santimetrli bo’limlar ikkala tomonida ham bor. Reykalarning santimetrli bo’limlari qora rangga bo’yalgan tomoni-reykaning qora tomoni, santimetrli bo’limlari qizil rangga bo’yalgan tomoni esa reykaning qizil tomoni deb ataladi. Qora tomonidagi raqamlar 0 dan, qizil tomonidagi raqamlar 4887 yoki 4787 sondan boshlab belgilanadi. Yaxlit reykalar uzun bo’lmaganligidan ularni olib yurish va saqlash bir muncha noqulaydir. Surilma reykalar (9.6-rasm, d) uzunligi 2.1-2.2. m keladigan ikkita taxtadan iborat bo’lib, taxtalar bir-biriga temir band bilan biriktirilgan. Reykadam 2 m dan katta sanoq olishda uning orqadagi taxtasi surilib balandga ko’tariladi va oldindagi taxta eng oxirgi bo’lagiga reykalar (9.6 - rasm, e) uzunligi 1.5-2.0 m keladigan ikkita taxtadan iborat bo’lib, taxtalar bir-biriga sharnir yordamida birlashtirilgan. Reykadan 2 m dan katta sanoq olishda orqa tomondagi reyka balandga ko’tarilib, vint bilan mahkamlab qo’yiladi. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling