Mavzu: Yuzani nivelirlash Reja: Kirish I. Bob nivelirlash haqida 1 Nivelirlash nima


Download 0,6 Mb.
bet7/10
Sana24.12.2022
Hajmi0,6 Mb.
#1059113
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Yuzani nivelirlash kurs

Reykalarni tekshirish. Nivelirlash ishini boshlashdan oldin va ish tamom bo’lgandan keyin reykalarning bo’laklar qiymati tekshirib ko’rilishi kerak. Reykalar maxsus nazorat (kontrol) metr bilan tekshiriladi. Kontrol metr bo’lmagan taqdirda millimetrlarga bo’lingan po’lat ruletkadan foydalanish mumkin. Lekin po’lat ruletkaning o’zi avvalo tekshirilgan bo’lishi kerak. Tekshirish vaqtida reykaning dastlab metrli bo’laklarining uzunligi, detsimetrli bo’laklari, so’ngra har bir detsimetrdagi santimetrli bo’laklar po’lat ruletka bilan o’lchanadi. Detsimetrli bo’laklardagi xato 1 mm dan, yaxlit reyka uzunligi bo’yicha jami xato 2 mm dan oshmasligi lozim. Xato bundan katta bo’lsa, reyka qaytadan oq rangga bo’yalib, yangidan santimetrlarga bo’linadi va belgilab chiqiladi.
Reykani nuqtaga o’rnatish va undan sanoq olish. Nivelirlashda reyka qoqilgan qoziqqa yoki metalldan yasalgan boshmoq (9.7-rasm a), temir qoziq-kostil (9.7-rasm b) ga tik o’rnatiladi. Nivelirning qarash trubasi orqali reykaga qaraladi, shunda reykaning bir qismi va iplar to’ri ko’rinishi lozim. Katta aniqlik talab qilinmaydigan hollarda sanoq iplar to’rining o’rta gorizontal ipidan, aniq nivelirlashda esa iplar to’rining uchalasidan ham
sanoq olinadi. Bunda sanoq dastlab iplar torining gorizontal chiziqlarigacha yuqoridan pastga tomon detsimetr va santimetrlarda, so’ngra ko’z bilan chamalab millimetrlarda olinishi lozim.

2.2 Nivelirlarni tekshirish
Odatda, nivelirlar zavodda ma`lum mexanik-texnologik, optik va geometrik talablarga javob beradigan qilib ishlab chiqariladi. Lekin eskirish, mexanik shikastlanish va boshqa sabablar natijasida asbob ba`zi talablarga mos bo’lmay qolishi mumkin. Shuning uchun ish boshlashdan oldin va ish davomida vaqt-vaqti bilan nivelirni tekshirish kerak. Texnikaviy nivelirlarni tekshirish tartibi bilan qisqacha tanishib chiqaylik.Quyma texnikaviy nivelirlar quyidagi shartlarga mos bo’lishi kerak:

  1. Nivelir qarash trubasining vizir o’qi silindrik adilak o’qiga parallel bo’lishi lozim (9.9-rasm). Bu shartni tekshirib ko’rish uchun bir-biridan taxminan 50 m masofada joylashgan ikkita nuqta tanlanadi va

bu nuqtalarning nisbiy balandliklaridagi farq oldinga nivelirlash va o’rtadan turib nivelirlash usullarida aniqlanadi. Agar ikki marta o’lchangan nisbiy balandliklar bir-biriga teng bo’lsa, shart bajarilgan hisoblanadi. Nisbiy balandliklar farqi 4 mm dan ortiq
bo’lsa, nivelir tuzatilishi kerak.

Buning uchun ikkinchi nuqtaga

Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling