Mavzu: Yuzani nivelirlash Reja: Kirish I. Bob nivelirlash haqida 1 Nivelirlash nima
Download 0.6 Mb.
|
Yuzani nivelirlash kurs
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yuzani nivelirlash
- 9.1-rasm.N-3 nivelirining qismlari
Mavzuning maqsadi va vazifalari: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 31 maydagi “Yerlarni muhofaza qilish va ulardan samarali foydalanish borasidagi nazoratni kuchaytirish, geodeziya va kartografiya foliyatini
takomillashtirish, davlat kadastrlarini yuritishni tartibga solish chora – tadbirlari to‘g‘risidagi” PF-5065 sonli farmoni1 va “O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi foliyatini tokomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-3024 sonli qarorini 23amalda tadbiq etish uchun “Geodeziya va Kartografiya” sohasidagi mutaxassislar tomonidan katta hajmdagi ishlarni bajarish talab qilinadi. Hozirgi davr injener-geodezik ishlari amaliy va nazariy bilimlarni chuqur biladigan, inshootlarni loyihalash va qurish bo`yicha umumiy bilimga ega bo`lgan keng sohadagi mutaxassisni talab etadi. Mutaxassis berilgan turdagi inshoot uchun o`lchash aniqliklarini to`g`ri hisoblay olishi, asoslangan geodezik ishlar loyihasini tuzishi va bu ishlarni amalda bevosita qo`llay olishi kerak. Endi men Yuzani nivelirlash mavzusi bo‘yicha kurs loyihasini tayyorlashda shu kungacha olgan bilimlarimdan foydalanib mazvuni chuqurroq ochib berishga harakat qilmoqchiman. I-bob NIVELIRLASH haqida. 1.1 Nivelirlash nima Nivelirlash- geodezik o`lchash ishlarning bir turi bo‘lib, o`lchahs natijasida yerning tabiiy ya`ni fizik yuzasida joylashgan nuqtalarning bir-biriga nisbatan balandligi (nisbiy balandligi h) o‘lchanadi hamda bu nuqtalarning boshlang‘ich deb qabul qilingan sathiy yuzadan balandligi aniqlanadi.Nivelirlash ishlari nivelir asbobi va reyka yordamida bajariladi. N-3 nivelirining tuzilishi:Okulyar Qarash trubasi Vizir Obyektiv Kremalera Yo`naltiruvshi vint Dumaloq adilak Elevatsion vint Ko`taruvchi vint 9.1-rasm.N-3 nivelirining qismlari Korpus Nivelirlash - umumiy atama bo‘lib, nuqtalar balanligi yoki ular balandliklari farqini aniqlashni turli jarayonlarida qo‘llanadi. Nivelirlash plan, profillarni tuzish, injenerlik loyihalash va qurishida zarur ma'lumotlarni olish uchun bajariladi. Nivelirlash natijalari: (1) avtomobil va temir yo‘llar, kanallar, suv ta'minoti tizimi va boshqa joylarni loyihalashda, joyda biron- bir yo‘nalish bo‘yicha aniq topografik ma'lumotolishda; - bino va inshootlar qurilish loyihalarni balandlik bo‘yicha joyga ko‘chirishda; - qurilishda yer ishlari hajmini aniqlashda; -hudud yer osti suvlari sathini aniqlashda - yerning umumiy relyefini tasvirlovchi kartalarniishlab chiqishda; - yer qatlamini vertikal va gorizontal surilishini aniqlashda keng qo‘llanadi. Qo’llaniladigan usul va asboblarga qarab nivelirlash quyidagi turlarga bo’linadi: geometrik nivelirlash, trigonometrik nivelirlash, barometrik nivelirlash, mexaniknivelirlash, gidrostatik nivelirlash, radionivelirlash va stereoforogrammetrik nivelirlash. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling