Mavzular matni
Download 426.68 Kb.
|
lekciya uzbekcha
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tema: Buyrak va siydik yo‘llarining xirurgik kasalliklarida hamshiralik ishi Reja
- Mavzu bayoni Urologiya
Nazorat uchun savollar:
1.To‘g‘ri ichakni tekshirish usullarini gapirib bering. 2.Orqa chiqaruv yo‘lining yoriqlari, belgilari va parvarish xususiyatlari. 3.Bavosil belgilari va parvarish xususiyatlari. 4.To‘g‘ri ichak poliplari belgilari va parvarish xususiyatlari. 5.To‘g‘ri ichak raki belgilari va parvarish xususiyatlari. 6.Yo‘g‘on ichakdagi operatsiyalarda bemorlarni parvarish qilish. 7.To‘g‘ri ichаk operatsiyadаn kеyingi bemorlarni pаrvаrish xususiyatlari. Tema: Buyrak va siydik yo‘llarining xirurgik kasalliklarida hamshiralik ishi Reja: 1.Buyrak va siydik yo‘llarining anatomo-fiziologik xususiyatlari. 2.Siydik ajratish a’zolarini laborator va instrumental tekshirish usullari. 3.Buyrak shikastlari, buyrak-tosh, siydik-tosh kasalligi, gidronefroz, pionefroz, klinik belgilari, tashxislash, davosi, profilaktikasi. 4.Prostata bezi adenomasi. Prostatit. Klinik belgilari. Tashxislash. Davosi va profilaktikasi. 5.O‘tkir siydik tutilishida birinchi tibbiy yordam. Bemorlarni parvarish qilish xususiyatlari. 6.Fimoz. Parafimoz. Balanopostit. Orxit. 7.Sistit. Moyak istisqosi. (Gidroseli) Sabablari, klinik belgilari, davosi. 8.Bemorlarni parvarish qilish xususiyatlari, kasallikni oldini olish. Mavzu bayoni Urologiya xirurgiyaning siydik-tanosil a’zolari (buyraklar, siydik yo‘llari, qovuq, siydik chiqarish kanali, prostata bezi, moyaklar, jinsiy olat) kasalliklari bor bemorlarda davolash bilan shug‘ullanadigan bo‘limidir. Urologiyaga oid maxsus terminlar:Sistoskopiya – sistoskop yordamida qovuqni tekshirish. Qovuq shilliq qavatini siydik chiqarish kanalining tashqi teshigi orqali kirgazilgan sistoskop yordamida tekshirish. Siydik yo‘llarini kateterlash yordamida ko‘tariluvchi piyelografiya qilinadi. Xromotristoskopiya. Buyraklar faoliyatini aniqlash imkonini beradi. Shu maqsadda venaga 4 ml 4% li indigokarmin eritmasi yuboriladi. Qovuqqa sistoskop kiritiladi. Normada 3–4 daqiqa o‘tgach, siydik yo‘llaridan ko‘k rangga bo‘yalgan siydik ajraydi. Indigokarmin ajralib chiqishi ushlanib qolganda buyrak yoki siydik yo‘llari faoliyati buzilganligi to‘g‘risida fikr yuritish mumkin. Siydik yo‘llarini kateterlash. Tekshirish uchun maxsus kateterlovchi sistoskop qo‘llaniladi. Uning yordamida siydik yo‘liga maxsus kateter kiritiladi. Siydik yo‘li chandiqli torayganda kateter to‘siq oldida turib qoladi. Siydik yo‘li kateteri orqali siydikni bevosita buyrak jomidan olish mumkin. Ko‘tariluvchi piyelografiya. Siydik yo‘li kateteri orqali buyrak jomiga kontrast modda – 20%li sergozin eritmasi, kardiotrast, diodon kiritiladi va rentgenogramma qilinadi. Toshlar va o‘sma yaxshi ko‘rinadi. Venaga kontrast modda yuborib, urografiya qilish. Venaga 40% li sergozin eritmasidan 50 ml yuboriladi va 10, 20, 30 daqiqadan keyin siydik yo‘llari rentgenografiya qilinadi. Bu usul buyraklarning siydik ajratish faoliyatini va to‘siqlar borligini aniqlash imkonini beradi. Sistografiya. 10–20% li sergozin, diodon yoki kardiotrast eritmasidan 100–150 ml quyib, to‘ldirilgan qovuqni rentgeno- grafiya qilish. Qovuqdagi o‘smalar, shikastlarni tashxislash imko nini beradi. Download 426.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling