Mavzular matni


O‘tkir paraproktitning hamma turida to‘g‘ri ichakni barmoq bilan tekshirish tashxis qo‘yishda muhim o‘rin tutadi


Download 426.68 Kb.
bet68/103
Sana19.06.2023
Hajmi426.68 Kb.
#1600594
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   103
Bog'liq
lekciya uzbekcha

O‘tkir paraproktitning hamma turida to‘g‘ri ichakni barmoq bilan tekshirish tashxis qo‘yishda muhim o‘rin tutadi.
Davosi. Kasallikning boshida, hali to‘qimalar yiringlab iriy boshlamagan paytda umumiy antibiotikoterapiya, UVCH va ma­halliy yarimo‘tkazgichli lazerlar va kaliy permanganat solingan iliq vannachalarga o‘tirish buyuriladi. Konservativ davo naf ber- magan hollarda paraproktitning hamma shaklida yiringlagan joyni kesib, kriptoektomiya va yiringli bo‘shliqni drenajlash talab etiladi. Bemorga operatsiyadan keyin 3—4 sutkagacha defekatsiyani to‘xtatib turish uchun yumshoq parhez ovqatlar buyuriladi. Umumiy antibakterial va dezintoksikatsion terapiya olib bori- ladi. Jarohatga yiringli jarohatlarni davolashning umumiy qoida- lariga binoan davo qilinadi. O‘tiriladigan vannachalar tayinlanadi. Har bir defekatsiyadan keyin albatta yara bog‘lanadi. Surunkali paraproktit o‘tkir paraproktitning asorati bo‘lib, unda oqma orqali doim yiring yoki suyuqlik ajralib turadi. Davosi rejali ravishda oqmani bartaraf qilish operatsiyasini o‘tkazishdir.


Yo‘g‘on ichakdagi operatsiyalarda bemorlarni parvarish qilish


Jarohatga infeksiya tushishi, choklar ochilib ketishining oldini olish uchun ichaklarni najas massalaridan qunt bilan tozalashning ahamiyati juda muhim. Bolalarni operatsiyaga 3–5 kun tayyorlanadi. Parhezga alohida ahamiyat beriladi. Ovqat tarkibida shlaklar kam, kaloriyaligi esa yetarli bo‘lishi kerak. Operatsiyadan 2–3 kun oldin surgi dorilar buyuriladi (15–30% li magniy sulfat eritmasini kuniga 6–8 marta bir osh qoshiqdan), ertalab va kechqurun tozalovchi huqna qilinadi. Infeksiyaning oldini olish uchun 3 kun oldin bemorga ichak florasiga ta’sir qiladigan antibiotiklar beriladi.
To‘g‘ri ichak operatsiyasidan bir kun avval ichaklar qunt bilan tozalanadi (tozalovchi huqnani toza suv chiqquniga qadar qilinadi). Ertalab ichaklarni chayindi suvlardan xoli qilish uchun rezina naycha kiritib, tozalovchi huqna qilinadi va oraliq yuviladi (bemorning osti kuchsiz kaliy permanganat eritmasi bilan yuviladi).
Yo‘g‘on ichakdagi operatsiyalardan keyin to‘g‘ri ovqatlanish tartibining ahamiyati katta. Ichaklarni to‘ldirib yuborish va peristaltikani erta vujudga keltirish xavfli (choklarning sitilish xavfi bor). Operatsiyadan keyin 1­kundan boshlab suyuqlik ichishga ruxsat etiladi. 2-kundan boshlab bemorga kletchatkasi kam, suyuq yoki suyuqroq ovqatlarni bera bosh- lash mumkin. Sut mahsulotlari, non, mevalar bermay turiladi. 5 kun mobaynida opiy nastoykasi buyuriladi, so‘ngra ichishga vazelin moyi beriladi va 7–8 kunga kelib tozalovchi huqna qilinadi.



Download 426.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling