Mavzular matni


Download 426.68 Kb.
bet67/103
Sana19.06.2023
Hajmi426.68 Kb.
#1600594
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   103
Bog'liq
lekciya uzbekcha

To’g’ri ichak poliplari Bular xavfsiz o‘smalardir. Ular yakka va ko‘p sonli, tariq donidan to yong‘oqdek kattalikda bo‘ladi. Ingichka oyoqchada turgan past joylashgan poliplar orqa chiqaruv yo‘li orqali chiqib

qolishi mumkin. Tashxis barmoq bilan tekshirish, rektoskopiya va rektoromanoskopiya asosida qo‘yiladi, yuqori joylashgan poliplarda tashxis kolonoskopiyada aniqlanadi.
Davosi. Past joylashgan yakka poliplarda ichakning tegishli bo‘lagi kesib olib tashlanadi.
To’g’ri ichak raki Anchagina ko‘p uchraydi va boshqa joylardagi raklar o‘rtasida beshinchi o‘rinni egallaydi. Bemorlar o‘rtasida erkaklar bilan ayollarning nisbati 3/2. Orqa chiqaruv yo‘li raki kamroq uchraydi, biroq xatarli o‘tadi. To‘g‘ri ichak ampulasi va proksimal bo‘limining raki adenokarsinoma yoki skiir bo‘lib, ba’zan to‘g‘ri ichakning sirkular torayishiga olib keladi. Metastazlanish limfogen yo‘l bilan ham, gematogen yo‘l bilan ham ro‘y berishi mumkin.
Klinikasi kasallikning bosqichiga bog‘liq. Avvaliga kasallik belgilarsiz o‘tishi mumkin. Keyinchalik ich ketishi bilan almashinib turadigan qabziyat, tenezmlar, to‘g‘ri ichakdan shilimshiq, qon va yiring ajralishi kuzatiladi. O‘sma o‘sib, qalinlashganda to‘g‘ri ichak bo‘shlig‘i berkilib qolishi va quyi ichak tutilishi kuzatilishi mumkin.
Barmoq bilan tekshirishda, rektoskopiya va rektoromonosko- piya usulida tashxis qo‘yiladi. Tekshirishning bu turlarida o‘smani topish, uning kattalashishini, tarqalganligini, joylashishini, yaralar hosil qilganini va shu kabilarni aniqlash, gistologik tekshirish uchun to‘qima bo‘lakchasini olish mumkin. O‘sma to‘g‘ri ichak yonidan kletchatkaga o‘sib kirganda oraliq sohasida ro‘y-rost og‘riq paydo bo‘ladi, qovuqqa o‘sib kirganda siydik ajratish buziladi.
Davosi. Kasallikning dastlabki bosqichlarida radikal operatsion davo qilinadi – to‘g‘ri ichakni o‘sma bilan birga sog‘lom to‘qimalar chegarasigacha olib tashlanadi. Ichakning qolgan qismi oraliq orqali o‘tkaziladi yoki qorin devoriga chiqariladi. Kasallikka radikal xirurgik davo qilishning iloji bo‘lmagan, zo‘raygan hollarda sigmasimon ichak bo‘lagini chap yonbosh sohasidan tashqariga chiqarib qo‘yish yo‘li bilan sun’iy orqa chiqaruv yo‘li (anis pretenaturavis) yasaladi.

Rentgenoterapiya ba’zan qoniqarli natija beradi. Rentge- noterapiya radikal davo qilishga imkon bermasada, rak o‘sma- sining o‘sishini birmuncha sekinlashtiradi. Palliativ davolashda bemor 2–3 yil yashaydi. Palliativ operatsiya qilinmaganda bemorlar ichak tutilishidan vafot etadilar.
Paraproktit To‘g‘ri ichak atrof to‘qimalarining yiringli yallig‘lanishi shu nom bilan yuritiladi. Kasallikni aksari aralash infeksiya (stafilo­kokk, streptokokk, enterokokk, ichak tayoqchasi va boshqalar) keltirib chiqaradi. Infeksiyaning kirish yo‘li — yoriqlar, lat yeyish, jarohatlar, qabziyat va bichilish (matseratsiya) hisoblanadi.
Paraproktit o‘tkir va surunkali turlarga bo‘linadi. Shundan o‘tkir paraproktitning quyidagi turlari farq qilinadi:
1) teriosti;
2)(shilliq parda osti;
3) quymuch-rektal;
4) chanoq-to‘g‘ri ichak;
5)retrorektal.
Klinikasi. O‘tkir paraproktitning klinikasi uning shakliga bog‘liq bo‘ladi. Teriosti shaklidagi yallig‘lanish chegarasida teri sohasining qizarishi, shishib og‘rishi, defekatsiya vaqtida og‘- riqning kuchayishi kuzatiladi. Bu soha palpatsiya qilinganda unchalik qattiq bo‘lmagan infiltrat aniqlanadi. Organizmning umumiy reaksiyasi paraproktitning bu turida unchalik kuchli bo‘lmaydi.
Shilliq parda osti shaklida defekatsiya vaqtida og‘riq qayd qi­linadi. Rektal tekshiruvda to‘g‘ri ichak shilliq pardasida infiltra- tsiya sohasi aniqlanadi.
Quymuch-rektal shaklida yallig‘lanish jarayoni to‘g‘ri ichak atrofidagi chanoq to‘qimasini egallaydi. Bu shakli lo‘qillovchi og‘riq, yuqori harorat, et uvushishi bilan o‘tadi; rektal tekshirishda to‘g‘ri ichak atrofida ro‘y-rost infiltratsiya aniqlanadi va dumba- ning pastki sohasida sezilarli asimmetriya kuzatiladi.
Chanoq-to‘g‘ri ichak shaklida jarayon chanoq tubidan yuqo­riga tarqaladi va orqa chiqaruv yo‘li sohasida yallig‘lanishning tashqi belgilari bo‘lmagan holda og‘ir septik holat bilan kechadi.
Retrorektal shaklida jarayon limfadenitdan boshlanib, to‘g‘ri ichakning orqa tomonida joylashadi, keyin tevarak-atrofidagi to‘qima yiringlab iriydi. Kasallik oraliqning ro‘y-rost og‘rishi, yuqori harorat, et uvushishi, leykotsitoz va shu kabilar bilan kechadi.

Download 426.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling