Mavzular matni
Download 426.68 Kb.
|
lekciya uzbekcha
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tema: Mezenterial tomirlar trombozi. To‘g‘ri ichak kasalliklari Reja
- Mavzu bayoni Orqa chiqaruv yo‘lining yoriqlari.
Nazorat uchun savollar:
1.Ovqat hazm qilish a’zolarining anatomo-fiziologik xususiyatlarini ayting? 2.”O‘tkir qorin og‘rig‘i” xaqida tushuncha, sabablari qanday? 3.Qorin bo‘shlig‘i a’zolarining ochiq va yopiq shikastlari haqida nima bilasiz? 4.Qorin bo‘shlig‘i a’zolarining yalliglanish kasalliklari, appendisit, xolesistit, peritonit, me’da va 12- barmoq ichak yarasining asoratlarini ayting? 5.Qorin churralari,o‘tkir ichak tutilishi belgilari qanday? Tema: Mezenterial tomirlar trombozi. To‘g‘ri ichak kasalliklari Reja: 1.To‘g‘ri ichak kasalliklari. Bavosil(gemorroy) Etiologiyasi, klinik belgilari, differensial diagnostikasi, asoratlari, davosi. 2.Paraproktit. Etiologiyasi, klinik belgilari, differensial diagnostikasi, asoratlari, davosi. 3.Tugri ichak polipi. Etiologiyasi, klinik belgilari,asoratlari, davosi. 4.Anal teshigi yoriqlari. Etiologiyasi, klinik belgilari, differensial diagnostikasi, asoratlari, davosi, parvarish qilish xususiyatlari. Mavzu bayoni Orqa chiqaruv yo‘lining yoriqlari. Bunga to‘g‘ri ichak shilliq pardasining anal teshik sohasida zich najas massalari, yot jismlar va shu kabilardan oz-moz shikastlanishi sabab bo‘ladi. Avvaliga shilliq pardaning chiziqli shikasti aniqlanadi. Keyinchalik yoriq chuqurlashadi, shilliq parda osti qavatigacha yetadi, uning chetlari zichlashadi. Klinikasi. Defekatsiya vaqtida qattiq og‘riq bo‘ladi, ba’zan ozroq qon yoki seroz-qon aralash suyuqlik paydo bo‘ladi. Yoriq ko‘pincha ich qotishi bilan o‘tadi. Ko‘zdan kechirishda terining o‘tuvchi burmasi sohasida «chegaradosh do‘mboqcha» ko‘rinishida qalin tortib tugaydigan uzunasiga ketgan oval shakldagi yoriq aniqlanadi. Sfinkter tonusi oshganligi, yoriqning chetlari va tubi zichlashganligi qayd qilinadi. Davosi. Yoriq yangi bo‘lganda konservativ davo qilinadi. Birinchi navbatda qabziyatni bartaraf etish zarur. Buning uchun parhez ovqatlar tanlash kerak. Bu ichning muntazam, yumshoq kelishini ta’minlaydi. Bemorga kanakunjut yoki parafin moyi, makkai sano va krushina qaynatmasi ichiriladi. To‘g‘ri ichakka 50–100 ml dan iliq zaytun moyi yuboriladi, belladonnali shamchalar buyuriladi, kaliy permanganat yoki ichimlik soda solingan vannaga o‘tirish, mikrohuqnalar tayinlanadi. Konservativ davo kor qilmaydigan surunkali yoriqlarda to‘g‘ri ichak sfinkterini mahalliy anesteziya ostida qayta cho‘ziladi. Bunda yoriq yanada kattalashadi va bitishi tezlashadi. Davolashda qiyin bo‘lgan hollarda yoriq kesiladi va choklar solinadi. Bavosil deganda to‘g‘ri ichak venoz chegaralarining varikoz kengayishi tushuniladi va qon ketish, og‘riq bilan kechadi. Joylashishiga ko‘ra ichki va tashqi bavosil farq qilinadi. Ichki bavosilni ko‘rib bo‘lmaydi va uni barmoq bilan yoki rektoskopik tekshiruvda aniqlanadi. Tashqi bavosil tugunlari anal teshik yaqinida ko‘rinadi. Qator hollarda bu tugunlarning yallig‘lanishi kuzatiladi. Bavosilga ich qotishi, homiladorlik, uzoq vaqt o‘tirish natijasida kichik chanoqdagi qon dimlanishi holatlari sabab bo‘ladi. Klinikasi. Bavosil tugunlarining shunchaki kattalashuvi og‘riqqa sabab bo‘lmasligi va bemorni bezovta qilmasligi mumkin. Biroq qator hollarda ichki bavosil tugunlari katta bo‘lib, sfinkterning berkitish faoliyati yetarli bo‘lmaganda tashqariga chiqib qoladi. Bu sfinkter faoliyatini yanada pasaytiradi. Bunday holat to‘g‘ri ichakdagi najasning chiqishiga olib keladi, bu esa, o‘z navbatida, anal teshik sohasini kichraytiradi, terisi bichiladi va og‘riydi. Qator hollarda defekatsiya paytida oz-moz qon ketishi kamqonlikka olib kelishi mumkin. Bavosil tugunlari tromboflebitida orqa chiqaruv yo‘li sohasida kuchli og‘riq paydo bo‘ladi, bu og‘riq defekatsiya vaqtida kuchayadi. Bavosil tugunlari ko‘kimtir tusga kirgan, taranglashgan, ustini fibrinoz parda qoplagan, shilliq pardasining ayrim joylarida yaralar paydo bo‘ladi. Davosi. Asoratlanmagan bavosilda ich qotishining oldini olish uchun parhez tartibga solinadi. Ich qotganda kanakunjut moyi va parafin moyi buyuriladi. Teri bichilganda kaliy permanganat solingan vannalarga o‘tiriladi. Qon ketishi ko‘p bo‘lganda gemostatik vositalar: vikasol, kalsiy xlorid, gemofobin va boshqalar qo‘llaniladi. Bavosil tugunlari trombozida 5% li kaliy permanganat eritmasi solingan iliq vannaga o‘tiriladi. Antikoagulantlar qo‘llaniladi. Presakral novokain blokadalari yaxshi natija beradi. Agar bavosilda qonashga va yallig‘lanishga moyillik bo‘lsa, operatsiya qilib davolanadi. Yallig‘lanishning o‘tkir davrida operatsiya qilish mumkin emas. Bavosil tugunlari bog‘lab qo‘yiladi. Bir necha kun o‘tgach, bavosil tugunlari ko‘chib tushadi. Operatsiyadan keyingi davrda ich kelishini bir necha kunga to‘xtatib qo‘yiladi. Buning uchun bemor kletchatkasi kam ovqatlar yeydi va unga kuniga 3 marta 8–10 tomchidan opiy nastoykasi beriladi. Defekatsiya aktidan keyingi bemor kaliy permanganat (pushti rang eritma) yoki soda eritmasi (30–40 g) solingan vannaga o‘tirad Download 426.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling