Mavzuning maqsadi


MIKROORGANIZMLARNING AZOT BILAN OZIQLANIShI


Download 228.46 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/8
Sana17.02.2023
Hajmi228.46 Kb.
#1208294
1   2   3   4   5   6   7   8
MIKROORGANIZMLARNING AZOT BILAN OZIQLANIShI 
Azot elementiga munosabatiga ko‘ra, mikroorganizmlar turli gruppalarga 
bo‘linadi. Ba’zilari oqsil va peptonlarni o‘zlashtirsa, boshqalari nitratlarni, 
uchinchilari ammiakni, to‘rtinchilari atmosfsra azotini o‘zlashtiradi. 
4 jadvalda mikroorganizmlarnipg azot manbalariga nisbatan talabi 
ko‘rsatilgan. 
Oqsil va peptonlar proteoliz (parchalanish) va dezaminlanishdan so‘ng 
o‘zlashtirilsa, aminokislotalarning to‘liq aralashmasi bevosita parchalanadi, ba’zi 
vakillari nntratlarni, ko‘pchiligi ammiakni o‘zlashtiradi. 
Mikroorganizmlar uchun turli azot manbalari 
(N. D. Ierusalimskiy ma’lumoti) 
Azot manbalari 
Azot manbalari o‘zlashtiradigan turli fiziologik xususiyatlari 
proteoliz 
dezaminlanish 
nitratlarning 
qaytarilishi 
azotfikasatsiya 
Oqsilar




Peptonlar




Aminokislotalarning
to‘liq aralashmasi 




Ba’zi bir aminokislotalar 




Ammiak 




Nitratlar 




Atmosfera azoti




Patogen mikroorganizmlarni ham aminokislotalarda o‘stirish mumkin. 
Hayvonlar singari bakteriyalar .ham o‘zi sintez qila olmaydigav amipokislotalarni 
talab qiladi, lekin hayvonlarning ko‘pchiligi 8—10 ta^ aminokislota talab qilsa, 
bakteriyalarning ayrimlari 2—3 ta, ba’zilari esa 17 taga yaqin aminokislotani talab 
qiladi. Ayniqsa patogen, sut kislota hosil qiluvchi va chirituvchi bakteriyalar uchun 
aminokislotalar nihoyatda zarur. Zamburug‘lar, turushlar va aktinoiitsetlar ozig‘ida 
aminokislotalar bo‘lsa, ular tez o‘sadi, mabodo, aminokislotalar bo‘lmasa, ularni 
o‘zi sintezlay oladi (Zgjadval). 


Bu jadvaldagi « + » albatta zarurligini, «—» zarur emasligini, «( + )» o‘sishni 
tezlashtiruvchi stimulyator ekanligini ko‘rsatadi. 
N.D.Ierusalimskiy (1963) aminokislota sintezlovchilarni aminoavtotroflar, 
sintezlay olmaydiganlarni aminogeterotroflar deb atagan. Mikroorganizmlar uchun 
zarur bo‘lgan amyushkislotalar ro‘yxatini aminogramma deb ta’riflagan. 
Mikroorganizmlarning normal o‘sishi uchun V vitamnnlar gruppasiga 
kiradigan va suvda eriydigan moddalar zarur. Ba’zilari nuklein kislotalar yoki 
fermentlar tarkibiga kiradigan komponentlardir. Ba’zi mikroorganizmlar o‘zi 
vitamin 
sintezlaydi, 
ularni 
Shopfer 
(1938) 
auksotroflar 
deb 
atagan. 
Geteroauksotroflar vitamin sintezlay olmaydi. 
Bakteriyalarning uglevodorodlarni o‘zlashtirishi. V. O. Tauson 1925 yildan 
boshlab to 1935 yilgacha uglevodorodlarni oksidlovchi bakteriyalar va 
zamburug‘lar ustida ish olib boradi va ularni ikki gruppaga: aeroblar va 
anaeroblarga ajratadi. U parafinlarning Azr. Iauiz tomonidan parchalanishini va 
oraliq mahsulot — murakkab efirlar hosil bo‘lishini kuzatgan. Keyinchalik u ochiq 
zanjirli uglevodorodlarni oksidlovchi formalarni ham topgan. Toluol, benzol, 
ksilolni parchalovchi turlarni aniqlagan. Ba’zilari faqat toluolni parchalasa
boshkalari 2 halqali (definil, naftalinni), uchinchilari uch halqali (fenantren va 
antrasen) uglevodorodlarni parchalaydi. Tauson neft, terpinlar va smolalarning 
oksidlanishini ham aniqlagan. Uning bu ishlari geterotrof mikroorganizmlarda 
moddalar almashinuvi protsessi nihoyatda xilmaxil ekanligini ko‘rsatadi. 
Yashil va qirmizi rang bakteriyalarda fotosintez. Barcha yashil 
o‘simliklarning eng muhim xususiyatlaridan biri quyosh nurlari yordamida SS va 
N20 dan organik modda hrsil qilish, ya’ni fotosintez protsessidir. Uni tubandagi 
tenglama bilan ifodalash mumkin: 
6SO
2
+ 6N
2
O → S
6
N
12
O
6
+ O
2


Fotosintez protsessida yorug‘lik energiyasi yutiladi va organik moddada 
to‘planadi, atrofga esa kislorod ajralib chiqadi. 
Tuban organnzmlardan ko‘kyashil va bnr hujayrali yashil suv o‘tlarda x.am 
fotosintez protsessi boradi, ayniqsa xlorella muhim ahamiyatga ega. Yuksak 
o‘simliklardan farq qilib, yashil bakteriyalar ko‘kyashil suvo‘tlar xlorofillni 
qorong‘ida hosil qiladi. Rus olimi Lrtari (1899, 1913) aniqlashicha, ko‘pchilik 
yashil suvo‘tlar va lishayniklar tanasidan ajratib olingan suvo‘tlar agaragarda 
yaxshi o‘sadi (ya’ni oziqda glyukoza, pepton, mineral tuzlar bo‘lganda). Bu esa V. 
N. Lyubimenko va A. I. Oparinnnng fikrini tasdiklaydi, ya’ni ular geterotrof 
oziqlanish avtotrofdan oldin kelib chiqqan deganlar. Yashil bakteriyalar va yuksak 
o‘simliklardagi xlorofill turli nurni yutadi. Yuksak o‘simliklardagi xlorofill qizil va 
ko‘kbinafsha nurni yutsa, bakteriyalardagi xlorofill olti xil rangli nurni yutadi. 
Bundan tashqari, bakternoxlorofill molekulasida ikki atom vodorod ortiqcha, 
nurlarning yutilish maksimumi yashil va qirmizi rang bakteriyalarda 800—890 nm 
oralig‘ida. Qirmizi bakteriyalarning karotinoidlari 400—600 nm orasidagi nurni 
yutib, uni bakterioxlorofillga o‘tkazadi. Ulardagi xlorofill granalarda joylanadi va 
faqat elektroi mikroskopda ko‘rinadi. Ularda fotosintez quyidagicha boradi: 
Yashil bakteriyalarda: SO
2
+ 2N
2
S → 1/6S
6
N
12
O
6
+ H
2
O + S 
Qirmizi bakteriyalarda: SO
2
+ 2N
2
S + 2H
2
O → 1/6S
6
N
12
O
6
+ H
2
SO


Download 228.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling