Mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasi


Tadqiqotning o‘rganganlik darajasi


Download 92.76 Kb.
bet2/8
Sana20.08.2023
Hajmi92.76 Kb.
#1668726
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Лексикографик манбалар 1 ва 2 боблар

Tadqiqotning o‘rganganlik darajasi: Mazkur mavzuning aynan o‘ziga bag‘ishlangan ilmiy maqola, doktorlik dissertatsiya va magistrlik dissertatsiyalari kamchilikni tashkil etayotgani shu mavzuda tadqiqot ishini olib borishimizga turtki bo‘ldi. Sh.Shoabdurahmonov, M.Asqarova, A.Hojiyev, I. Rasulov, X.Doniyorov6 va A.Baxranov, B.Shamsiyev7, shuningdek, R.Sayfullayeva, B.Mengliyev, G.Boqiyeva, M.Qurbonova, Z.Yunusova, M.Abuzalova8 hamda Nargiza Erkaboyeva9 asarlari bilan tanishib chiqildi. Bularni tahlil qilish jarayonida qisqartmalar xususidagi yangiliklardan voqif bo‘lindi va ularning yutuqlaridan foydalangan holda o‘zimizning shaxsiy fikr-mulohazalarimizni bildirishga harakat qilamiz.
Tadqiqotning maqsadi:
– ilmiy ishga doir muammolarni yoritgan tadqiqotlarni oʻrganib chiqish hamda ularga asoslangan holda ilmiy muammolarni aniqlash;
– milliy tilimizdagi qisqartma so‘zlar (abbreviatura)ning son va sifati (kvantitativ va kvalitativ) bilan qiziqish, jonli tilimiz va lug‘atlarda izlab topish va qayd qilish;
– oʻzbek tilidagi qisqartma so‘zlar (abbreviatura)ning leksik-semantik xususiyatlarini qiyosiy-chogʻishtirma va statistik metodlaridan foydalanib oʻrganish va asoslash;
– yig‘ilgan qisqartma so‘zlar (abbreviatura) lug‘atini tuzish, magistrlik dissertatsiyasi va lug‘at asosida ilmiy-uslubiy qo‘llanma yaratish.
Magistrlik dissertatsiyasining oldiga qo‘yilgan vazifalar bo‘yicha quyidagi ishlar qilindi:
o‘z- o‘zidan ma’lum bo‘ladiki, yuqorida qayd etilgan maqsadlarga erishish va bu borada muvaffaqiyat qozonish uchun muayyan o‘y hamda fikr-mulohazalar zarur. Buning uchun avvalo, konkret vazifalarni belgilash va aniq reja tuzish kerak. Bular bo‘yicha quyidagi ishlar amalga oshirildi:
– qisqartma so‘zlar (abbreviatura) leksikologik vositasi borasida ilmiy-amaliy ma’lumot yig‘ish, o‘zbek va bu boradagi xorij tilshunoslari fikrlarini o‘rganish;
milliy tilimizda, asosan, “O‘zbek tili izohli lug‘ati”da qayd qilingan qisqartma so‘zlar (abbreviatura) bilan tanishish, ularning kartotekasini tuzish, ish davomida jonli so‘zlashuv tilimizga ham e’tibor berish, unda uchragan qisqartma so‘zlar (abbreviatura)dan ishda foydalanish;
– milliy tilimizdagi qisqartma so‘zlar (abbreviatura) va so‘z birikmalarini farqlab o‘rganish, ular haqidagi fikr-mulohazalarga ijodiy-tanqidiy yondashish.

Download 92.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling