Mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasi
-§. О‘zbek tili izohli lug‘atlarida qisqartmalarning qо‘llanish masalalari
Download 92.76 Kb.
|
Лексикографик манбалар 1 ва 2 боблар
2.1-§. О‘zbek tili izohli lug‘atlarida qisqartmalarning qо‘llanish masalalari
Barchamizga ma’lumki, ona tilimizning izohli lug‘atlarini mukammal darajada takomillashtirish, yangi lug‘atlarni batafsil tarzda tartibga keltirish borasida mamlakatimizda juda ulkan hamda ko‘zga ko‘rinarli ishlar amalga oshirilgan. Xususan, 5 jildli “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” o‘zbek leksikografiyasida ancha yirik voqeliklardan biri bо‘lgan desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Chunki mazkur vazifaning bajarilishi natijasida o‘zbek milliy leksikografiyasi yanada yangi taraqqiyot bosqichiga qadam qo‘ygan va so‘zlarni izohlashning o‘ziga xos usullariga ega bo‘lgan. Ayni ana jihatlarni o‘zbek nazariy leksikologiyasining so‘zlar semantikasini tadqiq qilish bo‘yicha erishgan juda katta hamda keng qamrovli yutuqlar orqali izohlash mumkin. Qolaversa, o‘zbek leksikografiyasining nazariy hamda amaliy jihatdan yanada takomillashuvida jahon leksikografiyasining ilg‘or nazariy xulosalari, metod va metodikasini ijodiy o‘zlashtirishi ham muhim rol o‘ynaganini e’tirof etish о‘rinli bо‘ladi. О‘rni kelganida shuni ham qayd etish joizki, 60.000 sо‘zning izohiga bag‘ishlangan, 1981-yilda nashr qilingan 2 jildli izohli lug‘atda mavjud kamchiliklarning bо‘lgani ham hech birimizga sir emas. Jumladan. maxsus mutaxassislarga mо‘ljallangan, о‘zbek ongi-shuuri, tafakkuriga mos bо‘lmagan bu lug‘at xalqimiz uchun ma’lum qiyinchiliklarni, hatto tushunmovchiliklarni keltirib chiqargan. Lug‘atga kiritilgan sо‘zlarning ancha foizi rus tilidan kirib kelgani esa yanada achinarli edi. Ana shu kabi kо‘plab jihatlarni e’tiborga olgan О‘zRFA “Til va adabiyot instituti” ilmiy jamoasi kо‘p jildli “О‘zbek tilinining izohli lug‘ati”ni yaratishga kirishdilar va nihoyat 5 jildli 80.000dan ortiq sо‘z va sо‘z birikmasini о‘z ichiga olgan “О‘zbek tilining izohli lug‘ati”ni yaratishga muyassar bо‘lishgan. Natijada, shu vaqtga qadar davom etib kelayotgan baʼzi nuqson va xatoliklar tuzatildi. Lug‘aviy birlik, uning variantlari va sh.k. jihatdan adabiy meʼyor (norma) belgilandi va bu ishga alohida eʼtibor qaratildi. Ushbu izohli lug‘at yangi atamalar, qisqartmalar, grafik elementlari bilan boyitilgan tushuncha va izohlarni o‘z ichiga oladi. Bu o‘zgarishlarni quyidagicha tasniflash mumkin: – ayrim so‘zlarning isteʼmoldan chiqishi; – so‘z maʼnosining kengayishi; – so‘z maʼnosining torayishi; – so‘z maʼnosining ixtisoslashishi; – yangi so‘zlarning kirib kelishi; – erkin birikma va so‘zshakllarning leksemalashuvi. O‘zbek tilining yangi izohli lug‘atida tilimiz leksikasida yuz bergan bunday o‘zgarishlar o‘zining to‘laqonli ifodasini topgan, deyish mumkin. Yana ahamiyatli jihat xususida to‘xtaladigan bo‘lsak, o‘zbek tilining ikki jildli izohli lug‘atida maʼrifat leksemasi 2 sememali birlik sifatida izohlangan: Download 92.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling