Mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasi
Download 92.76 Kb.
|
Лексикографик манбалар 1 ва 2 боблар
Maʼrifat [a] 1 Kishilarning ong-bilimini, madaniyatini oshirishga qaratilgan taʼlim-tarbiya; maorif. Maʼrifat yaxshi narsa, Matqovul aka, u odamning ko‘zinigina ochib qolmay, baxtini ham ochadi. M.Ismoiliy, F.t.o. 2 Maʼrifat (xotin-qizlar ismi). O‘zbek tilining 5 jildli izohli lug‘atida esa u uch sememali leksema sifatida berilgan: Maʼrifat [a. معرفت – bilim, fan; maʼlumot; tanishish] Taʼlim-tarbiya, iqtisodiy, siyosiy, diniy, falsafiy g‘oyalar asosida kishilarning ongi va bilimini, madaniyatini oshirishga qaratilgan faoliyat. Maʼrifat ... bilim va madaniyatni yoyish va yuksaltirishning hamma turlari va sohalarini o‘ziga qamraydi.
Darvoqe, qadimgi zamonlardan boshlab Sharq xalqlari tili, adabiyoti va ma’lum darajada madaniyatiga yunon-grek madaniyati ancha sezilarli tarzda ta’sir kо‘rsatganligi tarixiy manbalarda bot-bot takrorlanadi. Yunon-grek tilining ta’siri Aleksandr Makedonskiyning Kichik va О‘rta Osiyo hududlarini bosib olgan davrdan boshlanib, keyinchalik yunon-grek madaniyati, adabiyotini о‘rganish natijasida ham davom etgan. Buning oqibatida X – XV asrlardan boshlab, о‘zbek adabiy tilining lug‘ati fondida yunoncha-grekcha sо‘zlar paydo bо‘lishni boshlagan. Lug‘at – muayyan tartibda (alifbo yoki tematik) joylashgan so‘zlar (yoki suz birikmasi, idiomalar va hokazo) to‘plami, ularning mazmuni, ishlatilishi, kelib chiqishi, boshqa tildagi tarjimasi to‘g‘risida ma’lumot beruvchi yoki so‘zning tushunchasi, u bilan belgilanuvchi predmetlar haqida axborot beruvchi ilmiy va ommabop qo‘llanmadir. Ushbu ma’lumotlar lug‘at tarkibida lug‘at maqolasi sifatida beriladi. Izohli lug‘atlar – so‘zlarning mazmunini izohlaydigan, har bir so‘zning grammatik, etimologik va stilistik tavsifi berilgan, ularni qo‘llashga oid misollar va boshqa ma’lumotlar keltirilgan, qo‘shimcha adabiyot sifatida foydalaniladigan qo‘llanma. Ma’lumki, bugungi kunda о‘quv lug‘atlariga, nazari bilan qaraganda, antropotsentrik lug‘at talqinida qarash odat tusini olgan. Aslida ham, lingvotsentrik lug‘atlardan farqli о‘laroq antropotsentrik lug‘atlar insonlar hayotiga tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri xizmat qilishi uchun yaratilganini mamnuniyat bilan e’tirof etishimiz o‘rinli bo‘ladi. Mohiyatan qaraganda, yangi paydo bо‘lgan о‘zlashmalarning muayyan qismi tildagi aktual leksika sifatida shakllangan. Lug‘at tuzish tamoyillari va metodikasini ishlab chiqish, leksikograflar ishini tashkil qilish, lug‘at tuzish uchun asos bo‘ladigan kartotekalar tuzish, ularni sistemalashtirish va saqlash leksikografiyaning vazifasidir29. Tilning lug‘at tarkibi jamiyat taraqqiyoti bilan bog‘liq ravishda doimo rivojlanib, boyib boradi. Bu rivojlanish har bir tilning ichki imkoniyatlari hamda boshqa tillardan o‘zlashtirilgan so‘zlar hisobiga bo‘ladi. Tilga yangi so‘zlar kirib kelar ekan ular ma’nosi eskirib borayotgan so‘zlar o‘rnini egallaydi. Tilimizga krib kelayotgan yangi so‘z va ma’nolar ma'lum bir qonun-qoidalar asosida vujudga keladi. Lekin, shu bilan birga, tilimizda biror qonuniyat bilan bog‘liq bo‘lmay, sun’iy hosil bo‘luvchi so‘zlar ham mavjud. Bunga badiiy asarlarda ko‘plab uchrayotgan liliput, neylon, gnom, kodik kabi so‘zlarni misol qilish mumkin. Darhaqiqat, tilshunoslikning lug‘at tuzish hamda lug‘atchilik faoliyati bilan shug‘ullanadigan sohasiga leksikografiya deyiladi. “Leksikografiya – tilning mana shunday dolzarb masalalari bilan shug‘ullanuvchi sohasi ekan, ishonch bilan ayta olamizki, о‘zbek madaniyatini, ilm-u fanini, ma’naviyatini yuksak rivojlangan mamlakatlar safiga olib chiqishdek mas’uliyatli vazifalarni bajarishga о‘zbek lug‘atchiligi munosib hissa qо‘sha oladi”30. Tildagi sо‘zlarning, iboralarning, maqol-matallarning, turli atamalarning ma’lum maqsadlarda tartibga olingan, kitob shaklidagi tо‘plamiga lug‘at deyiladi. “Lug‘atlardan olam-olam bilim, ma’lumot olamiz. U fan-texnika, san’at, adabiyot bо‘yicha yangiliklarni bayon etib, nutq madaniyatimiz va sо‘z boyligimizni oshiradi. Lug‘at bilan ishlash – maroqli, qiziqarli va zavqli. Lug‘atlar, ensiklopediya va ma’lumotnomalar bilan ishlashni tamoyil qilib olgan kishi esa savodli, ongli va madaniyatli insondir”31. Lug‘atlarning maqsadga kо‘ra, ensiklopedik hamda lingvistik turlari mavjud. Ensiklopedik lug‘atlarda sо‘zlarning lug‘aviy ma’nolari keltirilmaydi. Faqat ular nom, atama sifatida narsa-predmetlar, joylar, shaharlar, daryolar, tog‘lar, shaxslar va boshqa turli voqea-hodisalar haqida ma’lumot beradi. Shu bois, entsiklopedik lug‘atlarning sо‘zligi faqat ot sо‘z turkumiga doir bо‘ladi. Ensiklopedik lug‘atda so‘zlarning o‘zi emas, ular orqali bildirilgan predmet hamda tushunchalar xususida fikr yuritiladi. Lingvistik lug‘atlar til birligi hisoblangan so‘zning maʼnolari, turli lisoniy xususiyatlarini o‘zida namoyon etadi. Shuni ham aytish lozimki, har bir sohaning takomillashuvi hamda istiqboli unda qo‘llanilayotgan so‘zlarning izohiga ham bevosita bog‘liqdir. Yana aniq qilib aytganda, har jabhaning o‘zining izohli lug‘ati bo‘lgani joizdir. Izohli lug‘at-filologik lug‘at turlaridan biri bo‘lib, unda har bir so‘zning maʼnosi (agar ko‘p maʼnoli bo‘lsa barcha maʼnolari) belgilanadi, izohlanadi, tavsifiy yo‘l bilan tushuntiriladi. Buni “О‘zbekiston milliy ensiklopediyasi”dan olingan quyidagi misollarda kо‘rishimiz mumkin: Barxan (turkiycha) – Qumli chо‘l va chala chо‘llardagi relyefning kо‘chma qum shakllari. Shamol yо‘nalishiga kо‘ndalang bо‘ladi. B. yiliga о‘rta hisobda bir necha sm dan yuzlab m gacha kо‘chadi. Qizilqum va Qoraqum chо‘llarining ba’zi joylarida qattiq shamol vaqtida yangi B.lar paydo bо‘ladi yoki eskilari joyini о‘zgartiradi. B.lar tepadan qaraganda kо‘pincha yoy, yarim oy shaklida bо‘ladi. Shamolga rо‘para yon bag‘irlari qiya (5-14), shamolga teskari yonbag‘irlari tik (30gacha) bо‘lishi mumkin. B. uchlari shamol kuchiga, qumning namligi, tarkibiga qarab uzun yoki qisqa bо‘ladi. B. bal. 0,7 m dan 20 m gacha, hatto murakkab shakllari 200 – 300 m va undan ham baland bо‘ladi. Shamol harakatiga qarab B.ning tо‘planishi turli shakllar oladi: barxan tepalari, barxan zanjirlari, barxan piramidalari va h.k. Qum kam bо‘lgan qattiq yerlarda, kо‘pincha taqirlarda yakka-yakka B.lar uchraydi. Tutash qumlarda murakkab B. tizmalari vujudga keladi. B. tizmalari Amudaryo sohillarida, Sandiqli, Kanpirak, Qoraqum chо‘llarida, shuningdek Markaziy Farg‘onadagi Yozyovon chо‘lida uchraydi. B.lar nisbatan yaxshi nam tо‘playdi va ihota qilinadigan bо‘lsa, daraxtzor bо‘lib qolishi mumkin. Avvallari Buxoro, Qorakо‘l vohalarining shim. qismidagi bir qancha unumdor yerlar, qishloqlar kо‘chma qum ostida qolib ketar edi, endilikda saksovul va b. о‘simliklar ekilib, uz. 125 km, eni 3-4 km daraxtzorlar barpo qilindi va qum kо‘chishi tо‘xtatildi. Yana q. Eol relef shakllari. Mana shuning o‘ziyoq o‘zbek tilshunosligida qisqartmalarning qо‘llanishini ahamiyati naqadar beqiyos ekanligini aks ettirmoqda. Qisqartmalar o‘z o‘rnida juda mukammal darajada qo‘llangan. Qolaversa, lingvistik lug‘atlarda lug‘aviy birliklarning ma’nolari, grammatik, uslubiy belgilari haqida ma’lumot beriladi. Bunday lug‘atlarning sо‘zligi barcha mustaqil hamda yordamchi sо‘zlardan, modal, undov va taqlidiy sо‘zlardan tartib topadi. Buni esa o‘zbek tilining izohli lug‘atidan foydalangan holda namunalarni misol sifatida taqdim etamiz. 4. kо‘chma Qayg‘urmoq, kuymoq; achinmoq. Vali aka G‘ulomjonning yonib kuylaganiga, kо‘zlarining g‘о‘zalar ichida nigoron bо‘zlashiga hayron bо‘ladi. M.Ismoiliy, Farg‘ona t.o. /Muhabbat/ Sendan yashiradigan sirim yо‘q! Ilgarilari bunday emas edi... Kо‘rmasam yuragim yonadi, kо‘zi kо‘zimga tushsa, a’zoyi badanimga qaltiroq kiradi. N.Safarov, Hayot maktabi. Qiz nima о‘ylaydi, uning qalbi ham ishq alangasida yonadimi, yо‘qmi? Oybek, Qutlug‘ qon. Mana keltirilgan misoldan ko‘rishimiz mumkinki, sо‘zlarning va iboralarning semantik mazmunini tavsif qilish lingvistik lug‘atlarning asosiy maqsadi ekanligi namoyon bo‘lgan. Shuningdek, lingvistik lug‘atlar sо‘zlarning imlosi, talaffuzi, xalq maqollari, til birliklariga oid hodisalar borasida ham zarur ma’lumotlarni taqdim etadi. Tuzilishining maqsadiga binoan lingvistik lug‘atlar eng avvalo, umumiy hamda maxsus lug‘at turlariga bо‘linadi. Lug‘at maqolasining tarkibiy qismlaridan biri esa o‘z-o‘zidan terminga beriladigan izoh hisoblanadi. Har bitta termin ma’lum lingvistik tushunchani aks ettiradi va ma’lum bir ma’noga, hattoki, ularning ayrimlari birdan ortiq ma’noga ham egadir. Lug‘at maqolasida terminning ana shu ma’nosi, kо‘p ma’noli bо‘lsa, ularning barcha ma’nolari izohlanadi. Fikrimiz davomida o‘zbek tilining izohli lug‘ati II tomlik (1981) hamda V tomlik nashrlari (2006 – 2008, 2020)da so‘zliklarning ko‘chma maʼnolarda qo‘llanishini quyidagi shartli qisqartma belgilar orqali berilganligini ham e’tirof etishni lozim topdik. Ushbu lug‘atlarda leksemalarning ko‘chma maʼnolarini berishda quyidagi shartli qisqartmalar orqali ifodalash usulidan foydalanilgan. Masalan: – Ko‘chma maʼno anglatayotganligi (ko‘chma.); – so‘zlashuv tili (ko‘chma s.t)ga oidligi; – aynan qaysi so‘zga (ko‘chma ayn.) tengligi; – siyosiy mavzu (ko‘chma siyos.)ga oidligi; – kesatiq maʼnosi (ko‘chma kest.)ni anglatayotganligi; – poetika (ko‘chma poet.)ga oidligi; – maʼnoning (ko‘chma esk.) arxaikligi; – nutqda kam qo‘llanishligi (ko‘chma kam. qo‘l.); – salbiy maʼno (ko‘chma salb) berayotganligi; – maxsus maʼno (ko‘chma maxs.)da kelganligi; – nafrat tushunchasini anglatib kelayotganligi (ko‘chma nafr.); – qo‘pol maʼnoda kelishi (ko‘chma dag‘al); – dialektal qatlamga oidligi (ko‘chma dial.); – vulgarizm ekanligi (ko‘chma so‘k.); – so‘zlashuv tilida qo‘llanilishi va so‘nggi vaqtda arxaiklishganligi (ko‘chma s.t. esk.); – kitobiy til (ko‘chma kt.)ga oidligi; – qaysi so‘z turkumi (sifat ko‘chma), (ot ko‘chma)ga oid maʼnoni anglatayotganligi kabilardir. Demak, mazkur uslubiy va grammatik belgilar orqali berilishi so‘z ko‘chma maʼnolarining qo‘llanilish xususiyatlarini anglashda muhim ahamiyatga ega tushunchalar ekanligi ayon bo‘ladi. O‘zbek tilining izohli lug‘ati besh tomlik (2006 – 2008, 2020) nashrlarida ham yuqoridagi shartli qisqartmalar bilan birgalikda quyidagi qo‘shimcha yangi shartli qisqartma belgilar bilan taʼminlangan. Jumladan: – xalq og‘zaki ijodi (ko‘chma folk.)ga oidligi; – diniy tushuncha (ko‘chma din.) bilan bog‘liq maʼno anglatishiga oidligi; – laqab maʼnosi (ko‘chma laqab)ni ifodalashiga oid izohlar orqali berilishini kuzatish mumkin. Shu о‘rinda aytish lozimki, “О‘zbek tilidagi izohli lug‘atlarda о‘zlashma sо‘zlar tahlili” nomli monografiyada qayd etilishicha, lug‘atlarda keltirilgan о‘zlashma sо‘zlar xususida ham quyidagi fikrlar bayon etilgan: – jamiyatga sо‘zlarning о‘zlashish sohalari belgilab olindi: ijtimoiy sohaga oid sо‘zlar, diniy tushunchalarni ifodalovchi sо‘zlar, terminlar; – yuqoridagi turkumlar о‘z ichida yana guruh, guruhchalarga ajratildi; – ijtimoiy hayot bilan bog‘liq olinmalarni tasniflashda ularning lug‘aviy va grammatik ma’nolari hisobga olindi. Sо‘zlar turkumlarga bо‘linib, sо‘ng ma’no guruhlari bо‘yicha tasnif qilindi; – terminlarni tasniflashda ularning, albatta, istilohiy ma’nosi etakchilik qiladi. Shu tufayli ham fan va soha nomlarini tasniflashda fanlarning tadqiqot jabhalari ma’lum darajada farqlovchi belgi vazifasini о‘tadi; – ayrim sо‘zlarning о‘zlashish sohasini belgilashda ularning semantik tuzilishini hisobga olishga tо‘g‘ri keldi32. Olima B.Bahriddinova esa о‘zining “О‘zbekistonda о‘quv lug‘atchiligining nazariy va amaliy masalalari” nomli monografiyasida о‘quv lug‘atining tavsifiy belgilari sifatida ta’limiy maqsadga yо‘nalganlik, hajman chegaralanganlik, til (ona tili yoki boshqa til) о‘qitish uchun mо‘ljallanganlik xususiyatlarini ustuvor deb hisoblaydi. Shuningdek, ta’lim berish, ma’lumot berish, me’yorlashtirish, tizimlashtirish, muvofiqlashtirish, til о‘rgatish holatlarini esa о‘quv lug‘atining asosiy vazifalariga kiritadi. Albatta, kо‘rsatilganlar о‘zlashma sо‘zlar о‘quv izohli lug‘ati uchun ham muhimdir. О‘quvchilarda о‘zlashma sо‘z haqida ma’lumot olish uchun muntazam holatda ehtiyoj mavjud bо‘ladi. Lug‘at bu jarayonda dastlab ma’lumot berish vazifasi bilan о‘quvchini qanoatlantiradi. Me’yorlashtirishdan esa nutq jarayonida – og‘zaki va yozma nutq pragmatikasida ehtiyoj sezadi. Og‘zaki muloqotda kо‘proq о‘zlashmani tо‘g‘ri talaffuz qilish, urg‘u bilan bog‘liq muammolari yuzaga chiqsa, yozma jarayonda grafik shakli muhim rol о‘ynaydi. О‘zlashmalardan tо‘g‘ri foydalanish esa har ikki nutq shakli uchun ham birdek ahamiyatga ega. Bundan tashqari, muvofiqlashtirish vazifasi ham muhim sanalib, о‘zlashmalar orfografiyasining imlo hamda izohli lug‘atlarga muvofiqligi, shuningdek, leksikografik semantizatsiyasining о‘quv, umumiy, akademik izohli lug‘atlar uzluksizligiga asoslanishi kabilarda о‘z ta’siriga ega bо‘ladi. Olimaning yozishicha, XX asrning ikkinchi yarmida dunyo leksikografiyasida “о‘quv lug‘atchiligi” nomli amaliy fan shakllandi. U о‘quv lug‘atiga “sо‘zligi ma’lum bir mezon asosida tartiblangan, о‘quv-uslubiy talabga javob beradigan, ta’lim oluvchining kommunikativ kompetensiyasini shakllantirish uchun xizmat qiladigan, ma’lumotni tezkor va qulay taqdim etishga mо‘ljallangan antropotsentrik vosita”33deya ta’rif beradi. Umumiy lug‘atlar qanday maqsadni amalga oshirishidan qat’iy nazar tilning hamma qatlamiga oid leksikani o‘zida mujassamlashtiradi. Bunga “Ruscha-о‘zbekcha lug‘at”, “О‘zbek tilining izohli lug‘ati”, “Imlo lug‘ati” singari lug‘at turlari kiradi. Maxsus lug‘atlar tilning barcha qatlamiga oid leksikani qamrab olmaydi. Ma’lum bir qatlamga, sohaga oid leksikani chegaralagan holda aks ettiradi. Bunga biror sohaning terminlari berilgan terminologik lugatlar, dialektal qatlamga oid dialektologik lug‘at, maxsus leksik qatlamlarni aks ettiradigan sinonimlar lug‘ati, omonimlar lug‘ati, antonimlar lug‘ati, tildagi iboralarni qamrab oladigan frazeologik lug‘atlar kiradi. “Umumiy va maxsus lug‘atlar katta farq mavjud bo‘ladi. Maxsus lugʻatlar tildagi soʻzlarning toʻliq doirasidan koʻra, mutaxassislik sohalaridagi soʻzlarni oʻz ichiga qamrab oladi. Leksikologiya hamda terminologiya ikkita har xil fan sohasi umumiy boʻlmasa ham, muayyan sohalardagi tushunchalarni tasvirlaydigan leksik elementlar odatda soʻzning oʻrniga terminlar, deb ataladi. Nazariy jihatdan, umumiy lugʻatlar semasiologik, soʻzni mazmuniga solishtiradi, maxsus lugʻatlar esa onomasiologik, birinchi tushunchalarni aniqlash va keyin ularni belgilash uchun ishlatiladigan atamalarni tashkil qilish kerak. Amaliy jihatdan, ikkala yondashuv ikkala tur uchun ham qо‘llaniladi34.Terminlarning haqiqiy yuzaga kelishi va qo‘llaniish o‘rinlari ilmiy adabiyotlar tilidir. Har qanday yangi hosil qilingan termin birinchi marta ilmiy asar tilida ishlatiladi, ko‘pchilikka ma’lum bo‘lib, ommalashgandan keyin nutqning boshqa turlariga, jumladan, gazeta, jurnal, radio, televidenie, so‘zlashuv nutqlariga o‘tishi mumkin. Terminlarning ma’lum katta bir qismi o‘zining tor mutaxassislar nutqiga xoslik xusustyatini doimo saqlaydi. Termin bilan oddiy so‘zlarning o‘zaro munosabati ikki tomonlamadir. Bir tomondan, terminologik leksika adabiy til leksikasiga o‘tib ommalashib ketsa, ikkinchi tomondan, oddiy so‘z terminologik leksikaga o‘tib maxsuslanish belgisi ega bo‘ladi. terminlardagi omonim holat bilan oddiy so‘zlarning omonim belgilarini bir-biriga qiyoslasak, ular o‘rtasida o‘ziga xos farqlar borligi ko‘zga tashalandi. Ma’lumki, terminlarning bir qismi adabiy tilga xos bo‘lgan so‘zlarning ma’no ko‘chishidan hosil qilingan. Ya’ni oddiy so‘z terminologik ma’noga ega bo‘ladi. Terminnin ham, oddiy so‘zni ham umuman leksik birlik deb hisoblaydigan bo‘lsak, terminlarda uch xil omonim holatini aniqlash mumkin. Termin sanalgan maxsus leksik birlikning tub mohiyatida haqiqatan ham har qanday belgi, harakat, xolatni abstrakt predmetlik ma’nosi sifatida ko‘rsata olish xususiyati bor. Buni hech kim inkor etmaydi, ammo maxsus leksik birlik sanalgan termin doim perdmetlik ma’nosini saqlab, belgi, harakat, xolat ma’nosini anglatmaydi deyishga asosimiz yo‘q. Bizga ma’lum bо‘lgan eng qadimgi lug‘atlar Eblada (hozirgi Suriya) topilgan va miloddan avvalgi 2300 yilga, ya’ni Akkad imperiyasi davriga oid bо‘lib, ikki tilli shumer-akkad sо‘z rо‘yxatiga ega mixxat lavhalar edi. 8910 Miloddan avvalgi 2-ming yillik boshlari Urra-hubullu lug‘ati shumer tilidagi ikki tilli sо‘z rо‘yxatlarining kanonik bobilcha versiyasidir. Xitoy lug‘ati esa Miloddan avvalgi 3-asr Erya, eng qadimgi saqlanib qolgan bir tilli lug‘atdir, garchi ba’zi manbalarda Miloddan avvalgi 800-yil Shijoupian “lug‘at” sifatida, zamonaviy olimlar uni Chjou sulolasi bronzalaridagi xitoy belgilarning kalligrafik tо‘plami deb hisoblaydi. Koslik Filita (mil. avv. 4-asr) nodir gomer va boshqa adabiy soʻzlarning, mahalliy shevalardan olingan soʻzlarning va texnik soʻzlarning maʼnolarini tushuntirib beruvchi “Dorderly Words” (AtakTOL YAwooal, Átaktoi glossai) lugʻatini yaratdi. Sofist Apolloniy (milodiy 1-asr) bizgacha yetib kelgan eng qadimgi Gomer atamalarini yozgan35. Umumiy filologik lug‘at – barcha soha kishilari, keng foydalanuvchilar ommasiga mо‘ljallangan izohli, imlo, orfoepik, tarjima lug‘atlar. “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” (О‘TIL) “Ruscha-о‘zbekcha lug‘at” (RО‘L) ana shimday lug‘atlar sirasiga kiradi. Shu bois, О‘TILda shunday deyiladi: “Lug‘at keng о‘quvchilar ommasiga - tilshinoslar, о‘rta va oliy maktab о‘quvchilari va о‘qituvchilari, yozuvchilar, jumalistlar, gazeta va nashriyot xodimlari va о‘zbek tiliga qiziquvchi barcha kitobxonlarga mо‘ljallangan36”. Izohli lug‘at sо‘zning ma’nosini shu tilda sharhlaydi, izohlaydi va sо‘zni shu ma’nosi bilan nutq tarkibida beradi. Lug‘at maqolasida tarkibiy qismlaridan yana biri terminning berilgan izohni tasdiqlovchi misollardir. Ammo ana shu izohni isbotlaydigan misol barcha lug‘at maqolalarida ham bо‘lavermaydi, aksincha, ma’lum terminlar uchun tuziladigan lug‘at maqolalarigina misol talab etadi. Jumladan, tilshunoslik, lingvistika singari terminlarning izohi hech qanday misol talab etmaydi. Biroq, tushum kelishigi, ergash gapli qо‘shma gap terminlarining izohidan sо‘ng esa albatta, tasdiqlaydigan misol bayon etilishi lozim. Shunga kora, lug‘atda faqat zarur holatlardagina tasdiqlaydigan misollar beriladi. Lug‘at aksariyat hollarda til dalillari haqidagi nafaqat axborot manbasi sifatida, balki til dalillarining dastlabki tartibga solingan ulkan massivlarining saqlovchisi sifatida ham keng qo‘llaniladi. Lug‘atlarga majburiy murojaat etishning sabablarining eng asosiysi variantlar xarakterini aniqlash uchun norma haqida aniq tasavvurga ega bo‘lishdir. Bundan tashqari og‘zaki nutqda nafaqat og‘zaki, balki adabiy, kitobiy variantlar mavjud. Ikkinchi sabab me’yoriy lug‘atlarda ba’zi bir hollarda qarshi misol, ya’ni noto‘g‘ri taqiqlangan qo‘llashning misoli tariqasida adabiy me’yor nuqtai nazaridan taqiqlangan, biroq jonli nutqda tez-tez uchrab turadigan variantlar uchraydi. Ya’ni lug‘atda tadqiq etishning bevosita obyekti bo‘lgan og‘zaki variantlar lug‘atda taqdim etiladi. Bunday misollarning qiymati tadqiqot to‘plagan materiallarda mazkur variant qayd etilgan holda juda ham oshadi, chunki tadqiqotchi o‘z dalil isbotiga ega bo‘ladi va tadqiqotchi biron bir sabablarga ko‘ra, muvofiq variantni qayd etmasa, u bunday holatda qayd etish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Lug‘at aksariyat hollarda til dalillari haqidagi nafaqat axborot manbasi sifatida, balki til dalillarining dastlabki tartibga solingan ulkan massivlarining saqlovchisi sifatida ham keng qo‘llaniladi. Aynan shuning uchun u til materialining nafaqat qo‘shimcha, balki asosiy manbasi ham bo‘lishi mumkin. Masalan, harakat va makondagi holat fe’llari materialida leksik, semantik guruh tuzilmasi o‘rganilyapti. Bu materialni, ya’ni harakat va makondagi holat fe’llarni mavjud bo‘lgan zamonaviy izohli lug‘atlardan to‘liq tanlash yo‘li bilan to‘plashadi Ba’zi terminlarning ma’no hajmi keng bо‘lib, jins tushunchasini ifodalaydi; ayrimlarining ma’no hajmi esa tor bо‘lib, tur tushunchasini ifodalaydi. Jins tushunchasini ifodalaydigan terminlar uchun tuzilgan lug‘at maqolasi ichida tur tushunchasini ifodalovchi terminlar ham keltiriladi. Lekin ular bu lug‘at maqolasida izohlanmaydi. Bajaruvchining harakat hamda holat jarayonida qay darajada ishtirok etishini bildiradigan fe’l shakllari, nisbat shakllari fe’lning asos qismidan so‘ng qо‘shiladi. Fe’l 5 ta nisbat shakliga egadir: – aniq nisbat (q.); – о‘zlik nisbati (q.)i – orttirma nisbat (q.); – majhul nisbat (q.); – birgalik nisbat (q.). Darhaqiqat, ba’zi terminlarning mazmuni yoki qandaydir biror bir xususiyati bilan yana boshqa termin yoki terminlarga aloqador bо‘lishi mumkinligini ham qayd etish o‘rinlidir. Bunday aloqadorlikni namoyon etish shu terminlar bildirgan lingvistik tushunchalarning mohiyatini aniq hamda oson tushunishga katta ko‘mak ko‘rsatadi. Lug‘atda terminlarning ana shunday aloqadorligi maxsus belgilar orqali aks ettiriladi. Вular quyidagilar: Download 92.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling