Mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasi


Download 92.76 Kb.
bet8/8
Sana20.08.2023
Hajmi92.76 Kb.
#1668726
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Лексикографик манбалар 1 ва 2 боблар

ayn. - aynan
ital. - italyancha
lot. - lotincha
mas. - masalan
nem. - nemischa
q. - qarang
qiyos. - qiyoslang
va b. - va boshqalar
yun. - yunoncha
zid. – ziddi37.
Qisqartmalar – so‘zning qismini yoki o‘zini to‘liqligicha qisqartirib berish shaklidir. Mualliflik qisqartmalari dastlab ishda to‘liq shaklda beriladi va qavs ichida keyingi o‘rinlarda qisqartirib berilish shakli qayd qilib o‘tilgandan so‘nggina qo‘llanilishi mumkin.
Ta’kidlash lozimki, abstrakt ot. ayn. Mavhum ot. q. belgisi shu terminga aloqasi bо‘lgan terminlar uchun tuzilgan lug‘at maqolasiga qarashga undaydi. Bu terminlar uchun tuzilgan lug‘at maqolasiga qarash bilan izohlanayotgan terminning mazmunini, u bildiradigan lingvistik tushunchaning mohiyatini oson, aniq hamda mukammal darajada tushunish imkoniyati yuzaga keladi. Mas., ajratilgan bо‘lak terminiga tuzilgan lug‘at maqolasi bilan shu maqolada q.belgisi bilan kо‘rsatilgan ajratilgan izohlovchi termini uchun tuzilgan lug‘at maqolasini qiyoslash jarayonida ham qisqartmalarning yanada ahamiyatli jihatlarini bilish, o‘rganish, tahlil qilish mumkinligi aks etadi.
Xulosa o‘rnida aytadigan bo‘lsak, insonning ma’naviy kamolotga erishuvida, jamiyatning madaniy-ma'rifiy rivojida ona tilining o’rni favqulodda muhimdir. Til milliy ma’naviyat, ma’rifat va madaniyatning eng xolis va xira tortmas ko‘zgusidir. O‘zbek tili izohli lug‘atlarida qо‘llaniladigan qisqartmalarning asosiy vazifasi hozirgi o‘zbek adabiy tilining so‘z boyligini ko‘rsatish bilan birga, uning meʼyorlarini belgilash hamda barqarorlashtirishdan iboratdir.


2.2-§. Qisqartmalarning turlari
Qisqartma (italyancha abbreviatura, lotincha brevis - qisqa) - eski qо‘lyozmalar va kitoblarda: sо‘z yoki sо‘zlar guruhining qisqartirilgan imlosi. Zamonaviy nashrlarda qisqartma har qanday qisqartirilgan sо‘z yoki iboradir. Qisqartirish odatda (lekin har doim ham emas!) Katta harflar bilan yoziladi. Tovushlar bilan о‘qiladigan (harf nomlari bilan emas) va umumiy otlarni bildiruvchi qisqartmalar kichik harflar bilan yoziladi. Qisqartmalarning:
– boshlang‘ich qisqartma – boshlang‘ich harflarning nomlaridan yoki asl iboraga kiritilgan sо‘zlarning boshlang‘ich tovushlaridan hosil bо‘lgan sо‘z;
– qisqartirishalifbo – asl iborani tashkil etuvchi sо‘zlarning bosh harflarining alifbo nomlaridan tuzilgan qisqartma;
– Qisqartma alfanumerik – qisman bosh harflarning nomlaridan, qisman asl ibora sо‘zlarining boshlang‘ich tovushlaridan hosil bо‘lgan qisqartma;
– Ovozning qisqartmasi (akronim) – asl iboradagi sо‘zlarning bosh harflaridan hosil bо‘lgan qisqartma kabi turlari mavjuddir. Qisqartmalarning asosiy vazifasi nutq va yozma matnning iqtisodidir. Talaffuz qilganda, qisqartma mos keladigan kontseptsiyaga qaraganda taxminan besh baravar qisqaroq bо‘ladi va yozishda tejamkorlik yanada sezilarli bо‘ladi.
“Tarkibli nomlarning bosh harfidan iborat qisqartmalar, atoqli ot bо‘lmagan ba’zi birikmalarning qisqartmalari bosh harf bilan yoziladi: AQSh (Amerika Qо‘shma Shtatlari), BMT (Birlashgan Millatlar Tashkiloti), AES (atom elektr stansiyasi) kabi. Qisqartma tarkibida bо‘g‘inga teng qism bо‘lsa, uning birinchi harfigina bosh harf bilan yoziladi: ToshDTU (Toshkent davlat texnika universiteti) kabi” 38.
Аmerikalik olim R.Uelz bir vaqtlar “Аkronimiya jarayoni tilshunos uchun haqiqiy jumboqdir...39” deya taʼkidlaganidek, chindan ham akronimlar qisqartmalarning boshqa turlari kabi lingvistik planda ko‘p jihatdan “jumboq” hisoblanadi. Chunki ularning tadqiqi jarayonida tilshunoslikdagi so‘zning struktural-semantik tahlili, morfema, so‘z yasash jarayonida hosil bo‘lgan birlik va boshqa fundamental muammolarni spetsifik nuqtai nazardan ko‘rib chiqishga to‘g‘ri keladi. Аkronimlar tadqiqoti muammosi o‘z obyektining murakkabligi, leksik birliklarga yondashuvdagi nomutanosibligi, baʼzan mutlaqo qarama-qarshi holatlarning mavjudligi bilan izohlanadi40. Bugungi kunga kelib ko‘plab tillarda muloqot ishtirokchilari tomonidan turli qisqartma leksik birliklardan keng foydalanishga bo‘lgan moyillikning ortishi va qisqartmalarning zamonaviy tillar leksik qatlamiga kirib, undan muqim o‘rin egallash holati isbot talab qilmaydigan haqiqatga aylandi.
Agar qisqartmaning bir qismi tovushlar, ikkinchisi esa harflar bilan о‘qilgan bо‘lsa, unda butun sо‘z bosh harflar bilan yoziladi. Agar tegishli nom qisqartirilsa va bir vaqtning о‘zida sо‘zlardan biri bir nechta harfga, qolganlari esa bitta harfga qisqartirilsa, u holda faqat birinchi harf bosh harf bilan yoziladi.
Barqaror so‘z birikmalari komponentlarining bosh harflarini yoki maʼlum qismlarini olib qoʻshish bilan hosil qilingan soʻzlar qisqartma soʻzlar hisoblanadi. Bularga IIV – Ichki ishlar vazirligi, XTB – Xalq taʼlimi boshqarmasini misol tariqasida keltirish mumkin. Qisqartma soʻzlar nutqda ixchamlikka erishish zarurati bilan dastlab yozma nutqda paydo boʻladi va faol qoʻllanishi natijasida keyinchalik ogʻzaki nutqqa ham oʻtadi.
Ilmiy nutq adabiy til leksikasini terminologik leksika hisobiga boyituvchi birdan bir manba hisoblanadi. Adabiy tilning ilmiy stilidan boshqa funktsional stillari ilmiy nutqchalik turli tillarga xos bo‘lgan leksik birliklarni o‘zlashtira olmaydi. Bu jihatdan ilmiy nutq o‘ziga xos alohida xususiyatga ega. Uning o‘ziga xoslik xususiyatishunda ko‘rinadiki, turli tilldarga oid ilmiy adabiyotlar tili bir fan doirasida bir-biriga yaqin turadi, ya’ni ularda qo‘llangan termin va simvolik belgilarda umumiylik, bir xillik mavjud bo‘ladi.
Аytish lozimki, hozirda ularning soni haddan tashqari ko‘p bo‘lib, lug‘at tarkibining ancha katta qismini tashkil qiladi. Bundan tashqari, ular amaliy jihatdan leksikaning deyarli barcha qatlamlariga kirib bormoqda hamda og‘zaki va yozma nutqda keng qo‘llanilmoqda. Qisqartma so‘zlar salmog‘ining ortishiva ularni tildan mustahkam joy olishiga ilmiy-texnik sohalarda erishilayotgan yutuqlarni asosiy sabab sifatida ko‘rsatish mumkin. Fan va texnikaning gurkirab rivojlanayotgan kosmonavtika, aviatsiya, radioelektronika, raketasozlik, yadro fizikasi, kompyuter texnologiyalari kabi sohalari terminologiyasida qisqartmalarning ulushi yuqoriligi eʼtirof etiladi.
Qisqartma so‘zlar asosan, ot turkumiga mansub boʻlib, quyidagi yoʻllar bilan hosil qilinadi:
– soʻz birikmasi komponentlarining birinchi harflarini olib qoʻshish bilan;
– soʻz birikmasi tarkibidagi 1-soʻzning 1-boʻgʻinini, qolgan soʻzlarning 1-harflarini olib qoʻshish bilan;
– soʻz birikmasi tarkibidagi soʻzlarning bosh qismlarini olib qoʻshish bilan;
– soʻz birikmasi tarkibidagi 1-soʻzning 1-boʻgʻinini, qolgan soʻzlarni qisqartirmay qoʻshish bilan.
Endi bularga XDP – Xalq demokratik partiyasi, DTM – Davlat test markazi, OAK – Oliy attestatsiya komissiyasi, jurfak – jurnalistika fakulteti, Oʻzdonmahsulot, Oʻzgazloyiha, Oʻzbektelekom, Oʻzteleradiokompaniya, Oʻzavtoyoʻl kabilarni misol sifatida qayd etishimiz lozim.
Ayni paytda asosan “bosh harflar qisqartmasi”, “abbreviatura” va “Qisqartma kо‘rinishidagi sо‘z”(akronim)lardan qisqartma sо‘zlar yasash keng ko‘lamda e’tibor qaratilmoqda. Bulardan “bosh harf qisqartmasi”, xususan, bir necha sо‘zdan iborat davlat, idora, muassasa, tashkilotlarning har bir nomining birinchi harfidan hosil bо‘lgan qisqartma turi hisoblanadi. Ushbu qisqartma eng keng tarqalgan qisqartma usullaridan biridir. Ushbu qisqartma turi idoralar, muassasalar, tashkilotlar yoki davlatlar nomlarida qо‘llaniladi. Shuningdek, umumiy muomalada va xat-hujjatlarda ham kо‘p ishlatiladi.
Keyingi qisqartma turi “abbreviatura” sо‘zi bо‘lib, lotinchadagi “abbrevio”–“qisqartiraman” fe’li orqali italyan tilida “abbreviature” – “qisqartma” ma’nosini beruvchi atama bо‘lib shakllanganligi va italyan tili orqali “abbreviatura” sо‘zi boshqa barcha tillarga qisqartma sо‘zlar va birikmalarni anglatuvchi umumiy tushuncha sifatida kirib kelgan. Qolaversa, abbreviatura – “sо‘zdan bir nechta harflarni olib tashlash” deya ta’riflanadi, ya’ni sо‘zni tashkil etuvchi bir nechta asosiy harflarini olish orqali hosil bо‘lgan qisqartma hisoblanadi. Bu usul odatda sо‘zning bir necha ketma-ket harflaridan hosil bо‘ladi. Ushbu qisqartmada nuqta qо‘llanilishi bilan ham ajralib turadi. Masalan, a. – arab tili, va sh.k. – va shu kabi(lar), mas. – masalan va b. Bunday qisqartma turlari, asosan, lug‘atlarda, ilmiy ishlarda keng qо‘llanilib, yana о‘zbek tilida “shartli qisqartmalar” nomi bilan ham qayd etiladi.
Yana bir qisqartma turi esa “qisqartma kо‘rinishidagi sо‘z”, ya’ni acronyme/ “akronim”  – yunon tilida “boshlang‘ich” ma’nosini beradi. U yunon tilining eoliy va doriy lahjalarida esa “ism”, “nom” ma’nolarini beradi) – boshlang‘ich tovushlar bilan boshqa qisqartmalardan farqli ravishda birgalikda talaffuz qilinishi mumkin bо‘lgan, sо‘z bо‘g‘inlaridan tashkil topgan qisqartmaga aytiladi. Mazkur qisqartmalar sо‘zlarning boshlang‘ich tovushlari yoki yana boshqa bir bо‘laklariga (segment) kо‘ra shakllantiriladi.
Shu o‘rinda qayd etish lozimki, o‘zbek tili evfemik maʼnoli leksemalarning leksikografik nazariyasi yaratilganligi, evfemik maʼnoli birliklarni leksikografik planda o‘rganuvchilar uchun muhim manba bo‘la olishi asoslangan. O‘zbek tilining umumiy izohli lug‘atlari hamda til egalari nutqida evfemik leksemalarning ko‘chma maʼnolarini ifodalashga doir muhim ilmiy-nazariy va amaliy maʼlumot berishi bilan birga, til va madaniyat masalalarini o‘rganuvchi lingvokulturologiya, semasiologiya, etnolingvistika, sotsiolingvistika, antropotsentrik tilshunoslik, nutq madaniyati, kabi sohalar bo‘yicha darslik va qo‘llanmalar yaratilishiga xizmat qilishi ham dalillangan. So‘z tilda yakka holda mavjud bo‘lmay, doimo boshqa so‘zlar bilan munosabatda bo‘ladi, ya’ni sistema ichida yashaydi. Uning bu xususiyatini so‘z yasalishi va leksik-semantik protsesslar misolida ham ko‘rish mumkin. Masalan, so‘zlar o‘z yasalish modellariga ega bo‘lib, polisemiya, omonimiya, sinonimiya, antonimiya oddiy so‘zlarga xos xususiyat, tariyxiylik jixatdan so‘zlar o‘z va o‘zlashgan qatlamlardan tarkib topadi.
Xulosa o‘rnida aytish lozimki, yuqorida qayd etilgan qisqartma ham qо‘shma sо‘zlarga о‘xshaydi, lekin ulardan farqli о‘laroq, faqat har bir tarkibiy elementning birinchi harflari bilan hosil bо‘ladi. Agar qо‘shma sо‘zlar ismni anglatsa, ular bosh harf bilan yoziladi. Harflar nomi bilan emas, balki tovushlar bilan о‘qiladigan qisqartmalar kichik harflar bilan yoziladi. Qisqartirilgan sо‘zlar har doim kichik harflar bilan yoziladi. Agar butun qisqartma harflarning nomlari bilan о‘qilgan bо‘lsa, u katta harflar bilan yoziladi.
Qisqartirishlar vaqtni tejash uchun ishlatiladi, uni yozishga va varaqdagi bo‘sh joyga sarflash kerak. Shuningdek, grafik qisqartirish bilan harflar yoki bo‘g‘inlar so‘z bilan o‘tkazib yuboriladi, ya’ni bo‘shliq nuqta, chiziq yoki qiyshiq chiziq bilan belgilanadi. Yana shuni ham aytish lozimki, ba’zi so‘zlar qisqa yozilgan bo‘lsada, lekin to‘liq talaffuz qilinadi. Bunday qisqartmalarni dunyodagi boshqa tillardagi mavjud qisqartmalarni о‘rgangan holda yaratilishini hisobga olish zarur. Globallashuv jarayoni so‘zlar qisqartmasini jadal rivojlanishga olib kelayotganligi o‘zbek tilida ham bu jarayondan chetda qolib ketmaslikni taqazo etmoqda.



1O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-feraldagi PF-4947-son “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha “Harakatlar strategiyasi” to‘g‘risida”gi farmoni.



2 Qissasi Rabg‘uziy.

3 Qutadg‘u bilig

4 Devonu lug‘otit-turk

5 Xazoyin ul-maoniy, Xamsa



6 Sh.Shoabdurahmonov, M.Asqarova, A.Hojiyev, I. Rasulov, X.Doniyorov. Hozirgi o‘zbek adabiy tili, I qism, Toshkent: “ O‘qituvchi”,1989-yil.

7 A. Baxranov, B. Shamsiyev, “Hozirgi o‘zbek adabiy tili: repetitor va abituriyentlar uchun uslubiy qo‘llanma”. – Toshkent: 2016-yil.

8 R.Sayfullayeva, B.Mengliyev, G.Boqiyeva, M.Qurbonova, Z.Yunusova, M. Abuzalova, “Hozirgi o’zbek adabiy tili”, Toshkent: 2009-yil.

9 Nargiza Erkaboyeva. “O‘zbek tilidan ma’ruzalar to‘plami”, Toshkent: “Akademnashr”- 2015-yil.

10 A. Abduazizov. Tilshunoslik nazariyasiga kirish. – Toshkent: 2010. – 78 b.

11S.O.Barinova, Jurnal “Известия Российского государственного педагогического университета им. А.И. Герцена”, “история английских сокращений”, 2008 г.

12O.M.Kim. Современный русский язык, часть I, Toshkent: “O‘qituvchi”, 1992, стр.103.

13Сергеева Т. Аббревиатура в системе лексических сокращений в филологических науках // Филологические науки. Вопросы теории и практики. – Тамбов, 2013. № 6 (24). Ч. II. – С. 177.

14Алексеев Д.И. Графические сокращения и слова-аббревиатуры // Развитие современного русского языка. – М.: 1963. – С. 49–145; Могилевский Р.И. Аббревиация как языковое явление. Автореф. дис. ... канд. филол. наук. – Тбилиси, 1966. – 32 с.; Подрезова К.Н. Лексические сокращения в современном французском языке. – Воронеж: Изд-во Воронежского гос. ун-та, 1968. – 201 с.; Редозубов К.Н. Аббревиация как новый способ словообразования в современном французском языке. Автореф. дис. … канд. филол. наук. – М.: 1973. – 17 с.; Мурычева A.C. Структурно-функциональные особенности конфронтируемых аббревиатур: Дис. ... канд. филол. наук. – М.: 1991. – 178 с. Дюжикова Е.А. Аббревиация сравнительно со словосложением: Дис. ...докт. филол. наук. – М.: 1997. – 340 с.



15Косарева О.Г. Аббревиация в языке современной прессы (на материале французского, английского и русского языков). Дис. … канд. филол. наук. – Тверь, 2003. 163 с.; Куткина А.Ю. Аббревиация в русской и немецкой политической терминологии как проблема перевода. Дис. ... канд. филол. наук.– М.: 2011. – 225 с.; Манерова К.В. Сокращения в языке современной немецкой прессы. Дис. … канд. филол. наук. – СПб., 2005. – 206 с.; Нургалеева Т.Г. Аббревиация как средство экспрессивного словообразования. Дис. ... канд. филол. наук. – М.: 2010. – 240 с.; Светличная Н.О. Аббревиация и дезаббревиация в современном русском языке (лингвопрагматический аспект). Автореф. дис. ... канд. филол. наук. – Ростов-на-Дону, 2009. – 24 с.

16Горшунов Ю.В. Прагматика аббревиатуры. Автореф. дис. ... дoкт. филол. наук. – М.: 2000. – 32 с.; Тибилова М.И. Аббревиатуры-инновации (системно-описательный и лингвопрагматический аспект). Автореф. дис. ... канд. филол. наук. – Владикавказ, 2011. – 22 с.; Kennedy A. Current English. – Boston, 1935. – 397 p.; Marchand H. The Categories and Types of Present-day English Word-Formation. A Synchronic-Diachronic Approach // Alabama Linguistic and Philological Series. – Alabama: University of Alabama Press, 1966. Vol. 13. – 379 p.; Sunden K. Contribution to the Study of Elliptical Words in Modern English. – Uppsala, 1904. – 233 p.

17Косарев О.Г. Аббревиатура как одно из средств экономии и экспрессии речи // ИЛШ, 2004. №1. – С. 56–63; Лунёва Д.В., Нечепуренко М.Ю. Аббревиатура как одно из выразительно-экспрессивных средств языка русской и английской прессы // Международный журнал экспериментального образования. Филологические науки. №5. 2016. – С. 321–323.

18D.Lunyova, M.Nechepurenko. Ko‘rsatilgan maqola. 323-bet.

19 Yangi Xart qoidalari: yozuvchilar va muharrirlar uchun uslubiy qo‘llanma. Oksford universiteti matbuoti, 2005. 2005-09-22. ISBN 0-19-861041-6. – 167 b.

20A.Nurmonov va boshqalar. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. – Toshkent: Navro‘z, 2015.

21Волошин Е.П. Аббревиатуры в лексической системе английского языка. Автореф. дис. ... канд. филол. наук. – М., 1967. – 26 с.; Редозубов К.Н. Аббревиация как новый способ словообразования в современном французском языке. Автореф. дис. … канд. филол. наук. – М.: 1973. 17 с.; Маслова Г.Д. K вопросу о неологизмах в современном французском языке. Автореф. дис. ... канд. филол. наук. – М.: 1962. – 22 с.; Елдышев А.Н. Проблемы аббревиатурного словообразования // Особенности словообразования в терминосистемах и литературной норме. – Владивосток, 1983; Нурмонов А. ва бошқалар. Ҳозирги ўзбек адабий тили. – Тошкент: Наврўз, 2015.

22Сегаль М.М. Аббревиации и аббревиатуры в современном английском языке. Дис. ... канд. филол. наук. – Л., 1964. – 334 с.; Смирницкий А.И. Лексикология английского языка. – М., 1956, – 340 с.; Kennedy A. Current English. – Boston, 1935. – 397 p.; Marchand H. The Categories and Types of Present-day English Word-Formation. A Synchronic-Diachronic Approach // Alabama Linguistic and Philological Series. – Alabama: University of Alabama Press, 1966. Vol. 13. – 379 p.

23O‘zbek tili grammatikasi. I tom. – Toshkent: Fan, 1975. 22–24-betlar.

24A.Aliyev, K.Nazarov, “O‘zbek tili ma’lumotnomasi”, Toshkent: “Fan” nashriyoti, 1992-yil. 39-40 bet.

25Sh.Shoabdurahmonov, M.Asqarova va b., “Hozirgi o‘zbek adabiy tili”, Toshkent: “O‘qituvchi”, 1980-yil, 170-bet.

26 “Hozirgi o’zbek adabiy tili” I qism, “Fan” nashriyoti, Toshkent: 1965-yil, 229-bet.

27 M.Hamroyev, D.Muhamedova, D.Shodmonqulova, X.G‘ulomova, Sh.Yo‘ldosheva, “Ona tili” darsligi, Toshkent: “Iqtisod-Moliya” nashriyoti, 2007-yil, 98-bet.

28 Baxtiyor Mengliyev va boshqalar. Ona tili. Qomus. – Toshkent, 2009.

29 A. ABDUAZIZOV. TILSHUNOSLIK NAZARIYASIGA KIRISH. – Toshkent, 2010. – 78 b.

30Sayfullayeva R.R., Abuzalova M.Q., Mamadaliyeva N.S., Yuldasheva D.N. “Tilshunoslikka kirish”. Toshkent: 2020.

31Keltirilgan manba.

32Qo‘ziyev U. O‘zbek tilidagi izohli lug‘atlarda o‘zlashma so‘zlar tahlili. Monografiya. – Namangan, 2016. – B. 168.



33Bahriddinova B. O‘zbekistonda o‘quv lug‘atchiligining nazariy va amaliy masalalari. Monografiya. – Qarshi: Fan va taʼlim. 2020. – B. 207.

34Nielsen, Sandro. "The Effect of Lexicographical Information Costs on Dictionary Naming and Use". Lexikos, 2008, pp.170–189

35Peter Bing (2003). "The unruly tongue: Philitas of Cos as scholar and poet". Classical Philology. 2003,330–348.p.p.

362 tomlik, 1- tom, 5- bet.

37Tilshunoslik terminlarining izohli lug‘ati: umumta’lim maktablari hamda akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun / N.Mahkamov, I.Ermatov; mas’ul muharrir N.Mahmudov; O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Respublika ta’lim markazi; O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti. Toshkent: Fan, 2013. -144 b.

38О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 24.08.1995 yildagi 339-son

39R.Walez. – NTC’s dictionary of American abbreviations. The USA., 2000, 111pp.

40 И.В.Арнольд – Лексикология современного английского языка. Москва: 1986, 240c.



Download 92.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling