Mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasi


Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi


Download 92.76 Kb.
bet4/8
Sana20.08.2023
Hajmi92.76 Kb.
#1668726
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Лексикографик манбалар 1 ва 2 боблар

Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi: Dissertatsiya tarkibi kirish, 3 bob, xulosa, adabiyotlar roʻyxatidan tashkil topgan boʻlib, umumiy hajmi …. sahifadan iborat.


1.1-§. Jahon tilshunosligida qisqartmalar.
Tilshunoslar biladiki, so‘zlar tilning eng asosiy hamda markaziy birligi hisoblanadi. Tilimizdagi har bir so‘zning yig‘indisi va ularning lug‘at tarkibi, ichki hamda tashqi imkoniyatlari har xil sohalarning obyekti vazifasi sifatida qaraladi. Xususan, fonetika bo‘limida so‘zning fonetik imkoniyatlari o‘rganiladigan bo‘lsa, so‘zlarning shakliy va ma’noviy tuzilishi leksikologiya bo‘limida aks etadi.
Leksikografiya bo‘limining vazifasi esa so‘zning lug‘at boyligini o‘rganishga xizmat qiladi. Lug‘at – so‘zlarning biror maqsadda to‘planib, tartibga solingan yig‘indisi hisoblanadi. Shu o‘rinda qayd etish lozimki, “lug‘at tuzish tamoyillari va metodikasini ishlab chiqish, leksikograflar ishini tashkil qilish, lug‘at tuzish uchun asos bo‘ladigan kartotekalar tuzish, ularni sistemalashtirish va saqlash leksikografiyaning vazifasidir10.
Leksikografik manbalarda qisqartmalar juda muhim va ulkan amaliy ahamiyatga ega ekanligini ham qayd etish joizdir. Barcha turdagi lug‘atlarda uchraydigan turli qisqartmalar leksikografga so‘z va joy tejash masalasida katta yordam beradi. “Ilk bor ingliz tilida yozuvda tejamlilikka erishish uchun XVI asrda yuzaga kelgan abbreviatsiya avvaliga og‘zaki nutqda paydo bo‘lgan, so‘ng yozma nutqqa asta-sekinlik bilan ko‘cha boshlagan”11.
Agar so‘z bir harfdan ko‘proq qisqartirilgan bo‘lsa hamda dastlab kichik harflar bilan yozilgan holatda uchraganida, unda katta harf bilan yozishga hojat yo‘q. Biroq har bir so‘zning faqat birinchi harfi olingan iborani qisqartirganda, barcha harflar katta shaklda yoziladi. Bir necha so‘zdan iborat idoralar, muassasalar, tashkilotlar yoki davlatlar nomlarida qo‘llaniladigan bosh harflar qisqartmasi “abbreviatura” hamda “qisqartma ko‘rinishidagi so‘z”(akronim)lardan qisqartma so‘zlar turi eng keng tarqalgan qisqartma usullaridan biridir.
“Современный русский язык” darsligida abbreviaturaga: “Qo‘shma so‘zlar orasida qisqartma qo‘shma so‘zlar, ya’ni abbreviaturalar asosiy o‘rin egallaydi. Qisqartma qo‘shma so‘zlarning yasalish usuli abbreviatsiya deb ataladi. Abbreviatsiya usulida so‘z yasalishi faqat ot so‘z turkumi doirasida amal qiladi12”– deya ta’rif berilgan. Bundan tashqari, V.Nemchenkoning “Современный русский язык” 1984-yildagi darsligida, N.Valgina, D.Rozental, M.I.Fominalarning “Современный русский язык” 2002-yilgi darsligida ham abbreviatsiyaga so‘z yasalish usuli sifatida ta’rif berilgan.
Demak, fikrimizni bayon etadigan bo‘lsak, abbreviatura ma’lum so‘z yoki so‘z qo‘shilmasining qisqartirilgan shakli hisoblanadi. Abbreviaturalar har bir tilda uchrashi yoki boshqa tillardan ma’nosi anglashilgan holda kirib kelib, nutqimizda o‘z o‘rniga ega bo‘lishi mumkin. Abbreviaturalarning yasama so‘z ekanligini ham e’tirof etishimiz joizdir. Tilimizga yangi so‘zlar kirib kelishi bilan, ya’ni boshqa tillardan o‘zlashtirilgan so‘zlar hisobiga tilning lug‘at tarkibi ham jamiyat taraqqiyoti bilan bog‘liq ravishda rivojlanib boraveradi.
Darhaqiqat, ayni ushbu mavzu doirasida o‘tkazilgan tadqiqotlar orqali ma’lum bo‘lishicha, qisqartmalar “shumer madaniyatiga oid ilk manbalardayoq bo‘lgan, qadimiy Sharq qo‘lyozmalarida ham xatlarni soddalashtirish maqsadida qisqartmalardan foydalanilgan. Yunoncha qisqartmalar esa eramizdan oldingi III asrlarga doir manbalarda uchraydi. Qadimgi Rimda lotin alifbosining joriy etilishi bilan lotincha qisqartmalar paydo bo‘lgan; ular hozir ham turli fan sohalariga doir terminlar tarkibida yasovchi component sifatida ishtirok etadi”13. Qisqartma birliklar ancha avval yuzaga kelgan bo‘lsa ham, uni lingvistik planda o‘rganish XX asrning 50-yillaridan keyin boshlangan14. Hozirga qadar bu lisoniy hodisa va uni namoyon etuvchi birliklarning lingvistik xususiyatlari turli tillarning vazifaviy uslublari misolida tadqiq etilgan15.
Mana shu o‘rinda aytish lozim bo‘ladiki, qisqartma so‘zlar (abbreviatura) va birikmalarning tarixi ilk bor yozuvning paydo bo‘lishi bilan birga shakllangan, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Bir qator yetuk olimlar so‘zni qisqartirish hamda uni tarkibli nom sifatida qo‘llash jarayoni eramizdan avvalgi IV asrda Qadimgi Shumerlar tilida boshlanganligini, shuningdek, eramizdan avvalgi III – II asrlarda esa Qadimgi Yunonistonda faol qo‘llanilganligi xususida qimmatli fikrlarini bayon etishgan.
Yuqorida keltirilgan manbalarga tayanib aytadigan bo‘lsak, ilk oʻrta asrlardan (V – XI) boshlab, mavjud bo‘lgan deyarli hamma tillarda qisqartmalarni keng ko‘lamda qo‘llanilishi boshlangan ekan. Ayniqsa, Yevropa mintaqasida lotin tilida so‘zlaydigan insonlar kamchilikni tashkil qilgan bo‘lsada, undagi qisqartmalar fransuz, ingliz va boshqa tillarda faol qo‘llanilavergan. Ayni ushbu jarayon Sharq davlatlarida, shu jumladan, o‘sha davrning ilm tili yuqori bosqichda bo‘lgan arab tilida, qolaversa, arab yozuviga asoslangan turkiy, eroniy tillarda ham ishlatilganligi ham kuzatilgan. Hozirgi davrimizgacha yetib kelgan asarlarning qo‘lyozmasida ko‘plab qisqartmalarning uchrayotgani ham fikrimizning yaqqol isboti bo‘lib xizmat qiladi.
Mazkur holatni izohlaydigan bo‘lsak, tarixga murojaat etgan holda ko‘plab asarlar bir nechta usta xattotlar tomonidan tezlikda hamda chiroyli tarzda bir necha nusxada ko‘chirish zaruriyati yuzaga kelganini, qolaversa, qisqartmalar bilan yaratilgan asarlar asosan, juda yetuk bilimga ega bo‘lgan shaxslar uchun qo‘llanilganini ta’kidlashimiz o‘rinli bo‘ladi. Yuqorida aytib o‘tilganidek, umumiy muomalada hamda xat-hujjatlarda ham ko‘p qo‘llanilgan.
Keyingi bir necha o‘n yillar davomida tilni inson omili asosida o‘rganishga intilishning kuchayishi qisqartma so‘zlarning muhim ma’lumotlarni bayon etish vazifasi bilan bir qatorda, so‘zlovchi shaxsi va nutqiy vaziyat bilan bog‘liq ifoda imkonlari, ekspressiv ta’sir etish imkoniyatlari ham aniqlanmoqda16. Boisi, matnlarda qisqartma so‘zlardan yuqoridagi imkoniyatlarni namoyon etadigan stilistik figura sifatida ham foydalanilmoqda.
Jumladan, O.Kosarev, D.Dunyova va M.Nechepurenkoning tadqiqotlari qisqartma so‘zlarning publitsistik matnlardagi ayni xususiyatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan bo‘lib17, ularning birida “abbreviaturalar vaqtni tejash hamda so‘zlovchi nutqiy jadalligini ta’minlash bilan birga, muayyan matnda axborot hajmining ko‘payishi, ekspressiv ta’sir etish vositasi bo‘lib xizmat qilayotgani aytiladi18. Yoki rus tilidagi so‘zlarga shaklan mos keladigan qisqartmalar hosil qilish orqali qo‘shimcha konnototivlik, so‘z o‘yinlari yuzaga keltirilayotganini ham qayd etib o‘tishimiz joiz bo‘ladi.
Demak, manbalarga tayanib aytadigan bo‘lsak, lotin tilidagi “abbrevio”–“qisqartiraman” fe’li orqali italyan tilida “abbreviature” – “qisqartma” ma’nosini beruvchi atama bo‘lib, shakllangan hamda italyan tili orqali “abbreviatura” so‘zi barcha tillarga qisqartma so‘zlar va birikmalarni anglatuvchi umumiy tushuncha sifatida kirib kelgan. Abbreviatura – “so‘zdan bir nechta harflarni olib tashlash” deb ham ta’riflanadi, ya’ni so‘zni tashkil etadigan bir qator asosiy harflarni olish orqali hosil bo‘lgan qisqartma, deya talqin qilinadi. Bu usul odatda so‘zning bir necha ketma-ket harflaridan hosil bo‘ladi. Ushbu qisqartmada nuqta qo‘llanilishi bilan ham ajralib turadi. Masalan, a. – arab tili, va g – gramm, nm – nanometr (metrning million bir ulashi), t/o – tomir orqali, AG – A gepatiti, VG – V gepatiti
sh.k. – va shu kabi(lar), mas. – masalan va b. Bu kabi qisqartma turlari asosan lug‘atlarda, ilmiy ishlarda va b. keng qo‘llanilib, yana o‘zbek tilida “shartli qisqartmalar” nomi bilan ham ataladi.
Shuningdek, yunon tilida “boshlang‘ich” ma’nosini beradigan va ushbu tilning eoliy hamda doriy lahjalarida esa “ism”, “nom” ma’nolarini anglatadigan – acronyme (akronim) qisqartmalari orqali so‘zlarning boshlang‘ich tovushlari yoki boshqa bo‘laklariga (segment) ko‘ra, shakllantiriladi. Jumladan, “International Criminal Police Organization”ning qisqartmasi – “Interpol” bo‘lib, o‘zbek tilida Xalqaro jinoiy politsiya tashkiloti deya tarjima qilingan. Yoki hammaga ma’lum bo‘lgan “radar” so‘zi “Radio detection and ranging”ning qisqartililgan shaklidir. Bizning tilimizda esa “radiopayqagich va masofani aniqlash” ma’nosini bildiradi. BMT, XDP, AQSH va shu kabi qisqartma so‘zlar esa analitik nomlash va so‘zlarni qisqartirish qoidalari asosida hosil bo‘lgan.
Mana shunday akronim (acronyme) qisqartmalar, aslida, qisqartma emasdek, tuyulishi va butun bir so‘z kabi ko‘rinishi mumkindir, ammo shu bilan birga, talaffuzdagi qulaylikni o‘zida mujassam etgani bilan ahamiyatlidir. Darvoqe, aytish lozimki, acronyme (akronim) atamasi birinchi marta 1922-yilda “Brokhaus” nashriyotining lug‘atida paydo bo‘lgan ekan. Ushbu qisqartma so‘zlar 1940-yillarda Amerika Qo‘shma shitatlarining ilmiy-texnik adabiyotlarida ishlatilgan va oddiy so‘zlarga o‘xshash qisqartmalar sifatida birgalikda talaffuz qilinishiga ko‘ra keng qo‘llanilishni boshlagan.
Ma’lumki, XV asrda G‘arb davlatlarida kitobni texnik usulda nashr qilish kashf qilinganidan keyin ilm-fan juda tezkorda rivojlanish bosqichiga chiqqan. Ayniqsa, ko‘pgina soha yo‘nalishidagi kitoblarni chop etish bilan bir qatorda, keng jamoatchilikni ilm-fandagi yangiliklar, yutuqlari hamda kashfiyotlar bilan yanada tez tanishishiga olib kelgan. Shu bilan birga, ilk qisqartma bo‘yicha lug‘at ham mazkur asr oxirlarida Buyuk Britaniyada “Modus Legendi Abbreviature” nomi bilan nasr etilgan. Unda 277 ta qisqartma bo‘lib, 38 varaqni tashkil etgan. Hozirgi kunga kelib ushbu yo‘nalishda barcha rivojlangan davlatlarda alohida tadqiqot ishlari amalga oshirilayotganligi, uning me’yoriy qoidalari ishlab chiqilganligi, shuningdek, turli sohalarga oid luga‘tlari ishlab chiqilganligini ko‘pgina ilmiy manbalar tasdiqlamoqda.
Ko‘pgina davlatlarda tilni himoya qilish va boyitish borasidagi qonun-qoidalar joriy qilingan. Masalan, Fransiyada 1970- hamda 1990-yillarda bu borada huquqiy tartibga solinganlikni ko‘rish mumkin. Ushbu qoidalar fransuz tilini qo‘llash va boyitishga qaratilgan maqsadlar bilan belgilangan. Shuningdek, xalqaro atama bo‘yicha kengash tomonidan o‘rnatilgan va tasdiqlangan fransuz tilidagi muqobiliga ega bo‘lsa, uning chet tilidagi muqobilidan foydalanish taqiqlanadi. 


Download 92.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling