Maxsus fanlarni o’qitish metodikasining predmeti, maqsadi va vazifalari
Download 257.98 Kb.
|
MAXSUS FANLARNI O’QITISH METODIKASINING PREDMETI, MAQSADI VA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi fanining asosiy tushunchalari quyidagilar hisoblanadi
Ba’zi tadqiqotlarda maxsus fan o‘qituvchisining tipik faoliyat turlari va ularga mos funksiyalari sifatida quyidagi: ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi, uslubiy (metodik), ishlab chiqarish-texnik, tashkiliy, diagnostik kabi tashkil etuvchilari, boshqalarida esa: ta’limiy, tarbiyaviy, tashkiliy-boshqaruv, ishlab chiqarish-texnologik, tadqiqotchilik kabi tashkil etuvchilari ajratib berilgan.Maxsus fan o‘qituvchilarining kasbiy fikrlash xususiyatlari orasida o‘ziga xos jihatlar kuzatiladi va hozirgi paytda sohaning va ijtimoiy-pedagogik fikrlashning samarodorligini oxirigacha o‘rganilmaganligi bilan belgilanadi. Maxsus fan o‘qituvchisi faoliyatining o‘ziga xosligini o‘rganishda qabul qilish jarayoni(rang,tovush, vaqt, hid va b.), diqqati (biologik,tabiiy va ijtimoiy, texnik -texnologik jarayonlar va boshqalarni kuzatish), nutqi-kasbiy yo‘nalganlilik terminologiyasi va boshqalar katta ahamiyat kasb etadi. Magistratura mutaxassisliklarini tugatgan magistrlar oliy ta’lim muassasalarida umumkasbiy va ixtisoslik fanlaridan dars olib boradilar. Oliy ta’lim muassasalari uchun maxsus fan o‘qituvchilarini tayyorlash jarayoni bilan biror predmet fan o‘qituvchilarini tayyorlash jarayoni o‘rtasida ayrim farqlar mavjud. Xususan, texnika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalari magistratura mutaxassisliklaridagi “Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi” fanini o‘rganishda magistrantlar tomonidan bakalavriaturaning o‘z turdosh yo‘nalishlari o‘quv rejasida ko‘zda tutilgan bir nechta umumkasbiy va ixtisoslik fanlar bo‘yicha maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi o‘rganilishi nazarda tutiladi. Ayni shu holat maxsus fanlar o‘qituvchisini kasbiy pedagogik faoliyatga tayyorlashda o‘ziga xos xususiyatlarni hisobga olishni taqozo etadi. Ko’nikma – ta’lim oluvchining mehnat harakatini (yoki mehnat harakatlari majmuini) ayni sharoitda ma’qul harakat usullarini tanlab va qo’llab bajarishga va buning oqibatida mehnatda ijobiy natijalarga erishishga tayyor ekanligi.Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi fanining asosiy tushunchalari quyidagilar hisoblanadi: Ta’lim- bilim berish malaka va ko’nikma hosil qilish jarayoni kishini xayotga, mehnatga tayyorlashning asosiy vositasidir. Ta’lim jarayonida bilim o’zlashtiriladi va tarbiya amalga oshiriladi. Bilim - kishilarning turmushdagi narsa va hodisalar to’g’risidagi, tabiat va jamiyatning rivojlanish qonunlari haqidagi tasavvur hamda tushunchalari tushuniladi. Download 257.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling