Ikki bosqichli oliy ta’lim tizimini tashkil etish va rivojlantirish uchun quyidagilarni amalga oshirish zarur: -bakalavriat va magistratura uchun davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish va joriy etish; -oliy ta’lim muassasalari uchun professor-o‘qituvchi kadrlar tayyorlash, shu jumladan xorijiy davlatlardagi etakchi o‘quv va ilmiy markazlarda tayyorlash; -oliy ta’lim muassasalarida tarkibiy o‘zgartishlar o‘tkazish; -oliy ta’lim muassasalari boshqaruvini takomillashtirish, bu muassasalarning mustaqilligini kuchaytirish, muassislar, vasiylar kengashlari, jamoat nazorat kengashlari shaklidagi jamoat boshqaruvini joriy etish; -ta’limning fan va ishlab chiqarish bilan integratsiyasi ta’sirchan mexanizmlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish; -o‘qishni, mustaqil bilim olishni individuallashtirish hamda masofaviy ta’lim tizimi texnologiyasi va vositalarini ishlab chiqish hamda o‘zlashtirish; -pedagogik va axborot texnologiyalari, tayyorgarlikning modul tizimidan foydalangan holda talabalarni o‘qitishni jadallashtirish; -xalqning boy ma’naviy va intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida ta’limning insonparvarlik yo‘nalishini ta’minlash. Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi fani pedagogikaning bir sohasi sifatida boshqa bir qator fanlarga uzviy bog‘langan. Ushbu fan o‘zining rivojlanishida psixologo-pedagogik, ijtimoiy-gumanitar va maxsus fanlar bilimlarining zamonaviy yutuqlariga tayanadi. Bugungi kunda magistratura mutaxassisliklaridagi “Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi” fani o’quv rejadagi majburiy fanlardan biri hisoblanadi. Fanning metodologik asosi va amal qiladigan negizi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining materiallari va boy ilmiy-ma’naviy meroslardir.
Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi fanining predmeti – ta’lim oluvchilar tomonidan kasb sohasi bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalarning egallanishi jarayonini boshqarish bo’yicha maxsus fan o’qituvchisining ta’limga oid faoliyati qonuniyatlaridir. Fanning tadqiqot ob’ekti - oliy ta’lim muassasalaridagi ixtisoslik fanlarini o’qitish jarayonidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |