Maxsus fanlarni o’qitish metodikasining predmeti, maqsadi va vazifalari


Download 257.98 Kb.
bet1/8
Sana18.06.2023
Hajmi257.98 Kb.
#1598230
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
MAXSUS FANLARNI O’QITISH METODIKASINING PREDMETI, MAQSADI VA

MAXSUS FANLARNI O’QITISH METODIKASINING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI

Reja:

1. Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi fanining pedagogik fanlar

tizimidagi o‘rni

2. Maxsus fanlar va ularning o‘ziga xos xususiyatlari

3. Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi fanining tadqiqot metodlari

Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi fanining pedagogik fanlar tizimidagi o‘rni

O’zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligiga erishib, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning o’ziga xos yo’lini tanlashi kadrlar tayyorlash tuzilmasi va mazmunini qayta tashkil etishni zarur qilib qo’ydi. “Ta’lim to’g’risida”gi Qonunning joriy etilishi yangi o’quv rejalari, dasturlari, darsliklarni hamda zamonaviy didaktik ta’minotni ishlab chiqishni va tadbik etishni takozo qildi.


Shu nuqtai nazardan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da ta’lim jarayoni, mazmunini isloh qilish asosan, me’yoriy xujjatlar majmuasi (davlat ta’lim standarti, o’quv rejalari va dasturlari) asosida, kadrlarga ta’lim va tarbiya berish milliy istiqlol g’oyalariga muvofiq amalga oshirilishi alohida ta’kidlab o’tilgan.
Uzluksiz ta’lim kadrlar tayyorlash tizimining asosi hamda O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy taraqqiyotini ta’minlovchi, shaxs, jamiyat va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi ustivor sohadir.
Ta’limning uzluksizligi shunday ma’no beradiki, inson tug’ilgandan boshlab to umrining oxirigacha ta’lim olish imkoniyatiga ega bo’lsin.
Oliy ta’lim – uzluksiz ta’lim tizimining yuqori malakali mutaxassislar tayyorlovchi mustaqil turi. U oliy ta’lim muassasalarida amalga oshiriladi. Oliy ta’lim yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni ta’minlaydi. Bakalavriat – o’rta-maxsus kasb-hanvr ta’limi negizida oliy ta’lim yo’nalishlaridan biri bo’yicha fundamental bilimlar beradigan, o’qish muddati to’rt yildan kam bo’lmagan tayanch oliy ta’lim; Magistratura - aniq mutaxassislik bo’yicha bakalavriat negizida kamida ikki yil davom etadigan oliy ta’limdir.

Download 257.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling