“Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi” fani o’z mazmun mohiyatini boyitishda, yangilashda mavjud hodisa va jarayonlarni uning maqsadi va vazifalariga muvofiq keladigan metodlari bilan o’rganadi.
Ushbu fanning ilmiy tadqiqot metodlari deganda yosh avlodni tarbiyalash, bilim berish va o’qitishning real jarayonlariga xos bo’lgan ichki aloqa va munosabatlarni tekshirish, bilish va bildirish yo’llari, metodlari va vositalari majmui tushuniladi. Bu fanning ilmiy tadqiqot metodlari qanchalik rivojlansa hamda takomillashtirilsa, ta’lim-tarbiya mazmunini yangilash va takomillashtirish shu darajada yuksaladi
Ob’ektiv dunyoni bilish nazariyasida “nimani o’rganish va o’rgatish kerak, kimni va qanday tarbiyalash lozim” degan masalalar mavjud bo’lib, ular o’zaro uzviy bog‘liqdir. Maxsus fanlarni o’qitish metodikasida ilmiy izlanishlarning umumiy va maxsus usullari qo’llaniladi. Umumilmiy usullarga nazariy izlanish, kuzatish, suhbat, pedagogik so’rov, test, so’rovnomalari,statistik ma’lumotlarni tahlil qilish va boshqalar kiradi.
Nazariy izlanish usuli –adabiyot, ilmiy manbaallardan o’rganish va tahlil qilish hamda pedagogic tajribalar asosida olib borilgan izlanishlardir. Nazariy izlanish usulida ishlashda ilmiy adabiyot va jurnallar, ilmiy maqolalar, patentlar, ilmiy ishlar, ilmiy to’plamlar va kataloglar, internet tizimidan olingan ma’lumotlardan foydalaniladi.
Kuzatish usuli- odatda, tabiiy kuzatish orqali ta’lim oluvchilarning fanlarni o’zlashtirishlari, ularning xulq-atvori muomalasidagi o’zgarishlarni hisobga olish va tegishli ta’lim-tarbiya ta’siri ko’rsatish yo’llarini belgilash uchun qo’llaniladi. Bu usul tadqiqotchining pedagogic tajribani muayyan bir tomoni va hodisalarni biror maqsadni ko’zda tutib idrok etishi tashkil etadi. Bunda kuzatishlar tezligi va soni, kuzatish obyekti, vaqti, pedagogik vaziyatlarni kuzatish uchun ajratilgan tavsif va boshqalar hisobga olinadi.
Qayd qilish usuliga qarab kuzatishlar turlarga bo’linadi. Bevosita qayd qilish usuli tadqiqotchiga real pedagogik jarayonda kuzatuvchining xatti-xarakatlari tadqiqotchining bevosta o‘zi yozib qo’yish imkoini beradi. Bilvosita qayd qilish usulida esa biror-bir hodisalarning oqibati haqidagi daliliy materialnin boshqa shaxslar orqali yoki qandaydir asbobni qo’llash vositasida olishga imkon beradi. Ilmiy-texnika taraqqiyoti asrida kuzatishning visual usullari xilma-hil texnika vositalari (kinofilm, videotasvir, teleko’rsatuv)dan foydalanish oprqali tobora ko’p qo’llanilmoqda.
Suhbat usuli-so’rashning bir turi hisoblanib, tadqiqotchining jiddiy tayyorgarlik ko’rastishni talab etadi. Chunki u tekshirayotgan shaxs bilan bevosita aloqada bo’lish vaqtida og’zaki suhbat tarzida, suhbatdoshning javoblarini yozmasdan, erkin muomala shaklida olib boriladi.
Suhbat usuli-o’qituvchilar va talabalar jamoasi bilan, ota-onalar va keng jamoatchilik bilan, yakka va guruh tarzida ish olib borilganda qo’llaniladi. Suhbat usulidan farqli ravishda intervvu olish usuli oldindan belgilangan savollarni izchillik bilan bayon qilishni nazarda tutadi.Bunda javoblar videoyozuviga yoki disklarga yozib olinadi. Hozirgi kunda ommaviy so’rash nazariyasi va amaliyotida intervyu olishning guruhlar tarzida, jadal, sinov va boshqa usullari mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |