Maxsus fanlarni o’qitish metodikasining predmeti, maqsadi va vazifalari


Download 257.98 Kb.
bet5/8
Sana18.06.2023
Hajmi257.98 Kb.
#1598230
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
MAXSUS FANLARNI O’QITISH METODIKASINING PREDMETI, MAQSADI VA

Malaka – ta’lim oluvchining harakat komponentlarini maksimal aniqlik, tezlik va maqsadga muvofilikda avtomatlashtirilgan usulda bajarishga qobilligi. Bu qobiliyat o’quvchining mashqlar o’tkazishi natijasida hosil bo’ladi. Kasbiy pedagogika- umumiy pedagogikaning bir sohasi bo’lib, u tarbiya, ta’lim, o’qitish haqida kator nazariy va amaliy ma’lumotlar beradi. Kasbiy pedagogika sanoat, ishlab chiqarish va mehnat pedagogikasining masalalari bilan shug’ullanadi.


Didaktika-grekcha «didaskiuen» so’zidan olingan bo’lib, o’qitaman, o’qishni o’rgataman ma’nolarini anglatadi. Didaktika o’qitish jarayonini shakllari, metodlari, tamoyillari, mazmuni, vazifasi va maqsadlarini ishlab chiqadi. Metod-iborasi (yunoncha-metodos-tadqiqot yoki bilish yo’li, nazariya ta’limot ma’nosini anglatib) voqelikni bilish, o’zlashtirish, o’zgartirish usullari majmuasidir. Metod-pedagogik jarayon elementi sifatida mazmun, maqsadlarga maksimal mos kelishi kerak, ana shunda-tarbiya, ta’lim rivojlanish amalga oshadi.
Metodika-pedagogikaning o’qitish qonuniyatlari, qoidalari, tashkil etish shakllari, amalga oshirishi va natijalarini nazorat qilib, baholash metod hamda vositalari o’zida mujassamlashtiruvchi fan tarmog’idir.

O’qitish metodikasi- bu turli usullar tizimi bo’lib, o’quv-didaktik materiallaridan foydalanish orqali belgilangan maqsadga erishish uchun nazariy va amaliy mashg’ulotlar paytida qo’llaniladigan usullar majmuasidir. Mahorat –o’zlashtirilgan bilimlar va hayotiy tajribalar asosida barcha amaliy ish xarakatlarni (shu jumladan, dars berishni) kam kuch va kam vaqt sarflab bajarishdir. Kasb-muayyan bilim va mahorat talab etadigan mehnat faoliyati turidir. Kasb –hunar sirlarini egallashga umumiy hamda maxsus ma’lumot, amaliy ish- xarakat usullarini o’zlashtirish orqali erishiladi

Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi fanining tadqiqot metodlari

Maxsus fanlarni o’qitish muammolariga qaratilgan ilmiy izlanishlar o’tkazishdan maqsad o’qitish va o’rgatishning, samaradorligin oshirishni ta’minlovchi metodlarni ishlab chiqish va ularni amalda qo’llash, o‘qitishda ta’lim va axborot texnologiyalarni qo’llashga doir masalalarni yechishni o’rganishdan iboratdir.


Download 257.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling