Maxsus fanlarni o’qitish metodikasining predmeti, maqsadi va vazifalari


Download 257.98 Kb.
bet8/8
Sana18.06.2023
Hajmi257.98 Kb.
#1598230
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
MAXSUS FANLARNI O’QITISH METODIKASINING PREDMETI, MAQSADI VA

Tadqiqotning maxsus usullarida hodisa va jarayonlarni ob’ektiv miqdoriy kattaliklarni olish maqsadida turli xildagi asbob-uskunalar va elektron jihozlar ham qo’llaniladi. Tadqiqotning maxsus usullari shartli ravishda uch guruhga bo’linadi: -Ish-harakatlarining natijaviy tafsilotini o’rganish (harakatlarni aniq bajarish, sarflanadigan vaqt, ish unumi) ga bog’liq bo’lgan usullar; -Biomexanik usullar;


Ish-harakatlarining natijaviy ko’rsatkichlari bilan bog’liq bo‘lgan usullarda xronometraj xarita muhim rol o’ynaydi. Ish me’yori, maqbul vaqt, shu jumladan, ishlab chiqarish ta’limining turli davrlarida talabalar vaqt me’yori, tartibotini aniqlash maqsadida, shuningdek, harakatlarning vaqtinchalik tuzilmasini o’rganish talablari yoki ishchilarning tayyorgarlik darajasini baholash uchun xrometrajdan foydalaniladi.
Biomexanik usullar - bu ish-harakatining fazoviy vaqt va kuch parametrlarini o’rganishdir. Bunda ularning mukammalik darajasi, ishchining asbob, dastgoh va hokazolar bilan o’zaro kuch ta’sirida, asbob va qo’l harakatining kinematikasi va boshqalar aniqlanadi.
Psixologik usullar o’quv va mehnat faoliyati jarayonida inson organizmining turli a’zolarining funksional holatini o’rganishda foydalaniladi. Bulardan elektromio-grafiya, elektrokardiografiya, elektrodermografiya usullari keng qo’llaniladi.
Ilmiy pedagogik izlanishlarni olib borish jarayonini shartli ravishda quyidagi bosqichlarga ajratish mumkin:

1. O’qituvchining ilmiy manbaalarni o’rganish va ta’lim - tarbiya berish ishlari asosida muammolarni aniqlashi. O’qituvchi ilmiy manbaalarni o’rganish jarayonida quyidagilarni aniqlashi kerak: – o’rganilayotgan muammo to’g’risida muallifining fikr-mulohazasi; – o’rganilayotgan muammo to’g’risida usullardan farqli ravishdagi o‘zining taklif etayotgan fikr-mulohazalari; – o‘rganilgan ilmiy manbaalarda qanday asosiy masalalar yoritilmagani; – muammoni yechish uchun olib boriladigan ilmiy izlanishlar. – o‘qituvchi o’qitish jarayonida quyidagi muammolarni aniqlashi kerak: – dars mashg‘ulotlari jarayonida o‘qituvchi duch keladigan muammoli vaziyatlar, qiyinchiliklar; – muammoli vaziyatlar, qiyinchiliklarning yuzaga kelish sabablari, ularni oldini olish va bartaraf etish chora-tadbirlari.


2. O’qitishni bosqichma-bosqich tashkil etish. – olingan dalillar, natijalarni taqqoslash orqali asoslangan takliflar beriladi. 3. Izlanish natijalarini rasmiylashtirish va o’quv jarayonida qo’llash. – ilmiy izlanish natijalarini o‘quv jarayonida qo‘llash va tegishli tavsiyalarni amaliyotga tavsiya etish.

Ilmiy izlanishlar olib borish uchun tadqiqotchida o‘z sohasi bo‘yicha dolzarb bo‘lgan masalalar mazmunini chuqur bilishi talab etiladi. Ko’pchilik bo’lajak pedagoglar talabalik vaqtlaridayoq pedagogik izlanishlar bilan shug’ullana boshlaydilar. Ular ilmiy rahbarlari bilan birgalikda ilmiy maqolalar tayyorlaydilar, ilmiy-amaliy anjumanlarda o‘z ma’ruzalari bilan qatnashadilar, fan o‘qituvchilari rahbarligida fanlar bo’yicha amaliy va tajriba mashg‘ulotlarini bajarish bo‘yicha metodik ko’rsatmalar, ko‘rgazmali vositalar tayyorlashda qatnashadilar, berilgan mavzular asosida mustaqil ishlarni bajaradilar.


Download 257.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling