Maxsus, kasb-hunar ta’limi
Download 1.22 Mb.
|
@kimyo malumot bazasi Masharipov Tirkashev - kimyo (KHK)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Moddalarda kristall va amorf holat.
- 2.5- rasm.
- Ionli kristall panjara tugunchalarida ionlar joy- lashgan bo‘ladi.
2.4- rasm. Valent orbitallarining sp2- gibridlanishi.
bo‘ladi (2.4- rasm). BCl3 molekulasi markazida B atomi joylashgan yassi teng tomonli uchburchak shaklida bo‘ladi. Gibrid orbitallarning o‘qlari orasidagi burchak 120° ni tashkil etadi, to‘rtta atomning hammasi bitta tekislikda yotadi. Metan molekulasi hosil bo‘lishida uglerod atomida bitta s- va uchta p- elektronlarning orbitallari gibridlanadi hamda to‘rtta bir xil gibrid orbitallar hosil bo‘ladi. Bunday gibridlanish sp3- gibridlanish deyiladi (es - pe — uch gibridlanish, deb o‘qiladi) (2.5- rasm). Gibrid orbitallarining o‘qlari orasidagi valent burchak 109° 28 (minut) ga teng. Uglerod atomining to‘rtta gibrid sp3- orbitallari bilan to‘rtta vodorod atomi s- orbitallarini bir-birini qoplashi natijasida to‘rtta bir xil bog‘- lanishli mustahkam metan molekulasi hosil bo‘ladi. Moddalarda kristall va amorf holat. Ma’lumki, moddalar uch xil: gaz, suyuq va qattiq agregat holatda bo‘lishi mumkin. Moddaning gaz va suyuq holatida zarrachalar tartibsiz (s +p + p+ p)- orbitallar to‘rtta sp3- orbitallar 2.5- rasm. Valent orbitallarining sp3- gibridlanishi. joylashgan bo‘ladi, bu zarrachalar orasidagi o‘zaro tortishish kuchi zarrachalarni bir joyda tutib turish uchun yetarli emas, shuning uchun bunday agregat holatdagi moddalarning muayyan shakli bo‘lmaydi. Qattiq jismlar, suyuq hamda gazsimon jismlarning aksicha, ma’lum mustaqil shaklga ega bo‘lib, bu shaklni qanday vaziyatda turishidan qat’i nazar saqlab qoladi. Qattiq moddalar ichki tuzilishiga, ya’ni zarrachalarining bir-biriga nisbatan qanday tartibda joylashganligiga qarab kristall va amorf moddalarga bo‘linadi. Bir moddaning o‘zi ham kristall, ham amorf holatda bo‘lishi mumkin (masalan, kristall holdagi kvars amorf holdagi qumtuproq), lekin kristall holat doimo amorf holatga qaraganda barqaror bo‘ladi. Tabiatda amorf holatdagi moddalar kristall moddalarga qaraganda kamroq uchraydi. Tabiiy va sun’iy smolalar doimo amorf holatda bo‘ladi. Amorf jismlarning eng tipik vakili odatdagi silikat shishadir, shu sababli amorf holatni shisha- simon holat ham deb yuritiladi. Amorf moddalar tuzilishi jihatidan suyuqliklarga o‘xshaydi va ulardan zarrachalarining harakatchanligi juda kamligi bilan farq qiladi. Shu sababli amorf moddalar o‘ta sovitilgan suyuqliklarga o‘xshatiladi. Kristall holatning asosiy tashqi belgilari — moddaning aniq muayyan temperaturada suyuq holatga o‘tishi va tashqi muayyan geometrik shaklga ega bo‘lishidir. Kristall moddalarda zarrachalar ma’lum tartib bilan joylashgan bo‘ladi va fazoviy kristall panjarani hosil qiladi. Fazoviy kristall panjaraning ko‘p marta takrorlanib, jismning butun hajmini hosil qiladigan qismi elementar yacheyka deyiladi. Kristall panjaralar zarrachalarining fazoda joylashishi va zarrachalar orasidagi o‘zaro ta’sir turiga qarab molekular, atomli, ionli va metall panjaralarga bo‘linadi. Bu panjaralarning har biriga kristall holatdagi qattiq jismlarning ma’lum xili mos keladi. Molekular kristall panjarali moddalarda kristall panjara tugunlarida neytral molekulalar bo‘ladi. Shu sababli mole- kular panjara ancha bo‘sh va unda molekulalar o‘z xossa- larini saqlab qolgan bo‘ladi. Azot, vodorod, kislorod kabi gazlar past temperaturadan qattiq holatga o‘tganida mole- kular kristall panjara hosil qiladi. Oson suyuqlanadigan ko‘p xil or- ganik moddalar kristallari ham mo- lekular panjarali bo‘ladi. Kristall panjaraning ikkinchi xili ionli kristall panjaradir. Ionli kristall panjara tugunchalarida ionlar joy- lashgan bo‘ladi. Masalan, natriy xlorid (osh tuzi) kristall panjarasini olib ko‘raylik. Unda har qaysi natriy ioni oltita xlor ioni bilan, har bir xlor ioni esa oltita natriy ioni bilan Download 1.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling