Maxsus, kasb-hunar ta’limi
Download 1.22 Mb.
|
@kimyo malumot bazasi Masharipov Tirkashev - kimyo (KHK)
Dissotsilanish darajasi. Erigan moddaning eritmadagi holatini xarakterlash uchun dissotsilanish darajasi degan tushuncha kiritilgan.
Elektrolitik dissotsilanish darajasi eritmadagi moleku- lalarning qancha qism ion holida ekanligini ko‘rsatuvchi kattalikdir. Bu ta’rifga muvofiq: dissotsilangan molekulalar soni eritilgan molekulalarning umumiy soni O‘z-o‘zidan ko‘rinib turibdiki, ionlarga sira parchalanmay- digan noelektrolitlarning eritmalarida = 0 ga teng; lekin erigan moddaning hammasi ion shaklida mavjud bo‘lgan (to‘liq dissotsilangan) kuchli elektrolitlar eritmasida = 1 dir. Dissotsilanish darajasi erigan modda va erituvchi tabiatiga, eritmaning konsentratsiya va temperaturasiga bog‘liq bo‘ladi. Dissotsilanish darajasini aniqlash uchun turli usullardan foy- dalanish mumkin. Barcha elektrolitlar shartli ravishda uch gruppaga bo‘linadi. Amalda to‘liq (>30%) ionlarga dissotsilanadigan elektrolitlar kuchli elektrolitlar jumlasiga kiradi; masalan, HCl, HNO3, H3SO4, HClO4, HI, KOH, NaOH va deyarli barcha tuzlar — kuchli elektrolitlardir; kuchsiz elektrolitlar jumlasiga deyarli 3 3 kam darajada (<3%) dissotsilanadigan moddalar: H BO , CH3COOH, HCN, H2S, NH4OH va boshqa ba’zi moddalar kiradi. Kuchsiz elektrolitlarning ko‘pchilik qismi molekulalar holatida bo‘ladi. 3<<30 bo‘lgan oraliqni o‘rtacha kuchdagi elektrolitlar tashkil etadi. Eritmada erigan moddaning turli ko‘rinishlari (ionlari hamda dissotsilanmagan molekulalari) bir-biri bilan muvoza- nat holatida bo‘ladi; molekulalarning ionlarga ajralish tezligi ionlardan molekulalar hosil bo‘lish tezligiga teng. Buni biz sirka kislotaning suvdagi eritmasi misolida ko‘rib chiqamiz. Dissotsilanish va unga qarama-qarshi ionlarning o‘zaro asso- tsilanish jarayonlarini quyidagi tenglama bilan ifodalaymiz: 3 3 CH COOH Ä CH COO– + H+ Ana shu muvozanat jarayoniga massalar ta’siri qonunini qo‘llasak: K d = CH3 COO- H+ CH3 COOH ifoda kelib chiqadi. Bu formuladagi Kd — muvozanat doimiysi bo‘lib, ayni holda dissotsilanish doimiysi deb ataladi. Mod- daning dissotsilanish doimiysi qancha katta bo‘lsa, uning dissotsilanish xususiyati shuncha yuqori bo‘ladi. Elektrolitik dissotsilanish nazariyasiga muvofiq, elektrolit- larning eritmalarida sodir bo‘ladigan barcha reaksiyalar ionlar orasidagi reaksiyalar hisoblanadi. Ular ionli reaksiyalar, bu reaksiyalarning tenglamalari esa ionli tenglamalar deyiladi. Ular reaksiyalarning molekular shaklda yozilgan tenglama- lariga qaraganda sodda va ancha umumiy xususiyatga ega bo‘ladi. Reaksiyalarning ionli tenglamalarini tuzishda kam dissotsi- lanadigan, kam eriydigan (cho‘kmaga tushadigan) va gazsimon moddalarning molekular shaklda yozilishiga amal qilish kerak. Moddaning formulasi yoniga qo‘yiladigan ishora shu modda reaksiya doirasidan cho‘kma holida chiqib ketishini, ishora esa modda reaksiya doirasidan gaz holida chiqib ketishini bildiradi. To‘liq dissotsilanadigan kuchli elektrolitlar ion holida yoziladi. Tenglamaning chap qismidagi ionlarning elektr zaryadlar yig‘indisi o‘ng qismidagi zaryadlar yig‘indisiga teng bo‘lishi kerak. Bu qoidalarni puxta o‘zlashtirib olish uchun quyidagi misolni ko‘rib chiqamiz. Masalan: FeCl3 bilan NaOH eritmalari orasidagi reaksiya tenglama- sini molekular va ionli shaklda yozing. Masalaning yechimini uchta bosqichga bo‘lamiz. Reaksiyaning tenglamasini molekular shaklda yozamiz: FeCl3 + 3NaOH Fe (OH)3 + 3NaCl Yaxshi dissotsilanadigan moddalarni ionlar holida, reak- siya doirasidan chiqib ketadiganlarini — molekular holda tasvir- lab, bu tenglamani qaytadan yozamiz va bu reaksiyaning to‘la ionli tenglamasidir. Fe3+ + 3Cl— + 3Na+ + 3OH— = Fe(OH)3 + 3Na+ + 3Cl— Bunday ionli tenglamaning ikkala qismidan bir xil ionlarni, ya’ni reaksiyada ishtirok etmaydigan ionlarni (ular- ning tagiga chizilgan) chiqarib tashlaymiz. Fe3+ + 3Cl— + 3Na+ + 3OH— = Fe (OH)3 + 3Na+ + 3Cl— Reaksiyaning tenglamasini yakuniy ko‘rinishda yozamiz: Fe3+ + 3OH– = Fe(OH)3 Bu reaksiyaning qisqartirilgan ionli tenglamasidir. Bu teng- lamadan ko‘rinib turibdiki, reaksiyaning mohiyati Fe3+ va OH– ionlarining o‘zaro ta’sirlashuvidan iborat, buning natijasida Fe(OH)3 cho‘kmasi hosil bo‘ladi. Elektrolit eritmalarida sodir bo‘ladigan juda ko‘p ion almashinish reaksiyalari deyarli qaytmas tarzda reaksiya mahsulotlari hosil bo‘lish tomoniga qarab boradi va ularni uch gruppaga bo‘lish mumkin. Cho‘kmalar hosil bo‘lishi bilan boradigan reaksiyalar. Masalan: 3 a) ÀgNO3 + ÍC1 = ÀgC1 + ÍNÎ b) Àg+ + NO — + Í+ + C1— = ÀgC1 + Í+ + NÎ — 3 3 d) Àg+ + Cl— = ÀgCl Kam eriydigan gazsimon moddalar hosil bo‘lishi bilan boradigan reaksiyalar. Masalan: a) Na CÎ + Í SÎ = Na SÎ + CÎ + Í O 2 3 2 4 2 4 2 2 b) 2Na+ + CÎ 2- + 2Í— + SÎ 2-=2Na+ +SÎ 2-+CO +Í Î 3 4 4 2 2 d) CÎ 2- + 2Í+ = CO + H O 3 2 2 Kam dissotsilanadigan moddalar (kuchsiz elektrolitlar) hosil bo‘lishi bilan boradigan reaksiyalar. Masalan: ÍC1 + ÊOÍ = ÊCl + Í2Î 2 Í+ + Cl— + Ê+ + ÎÍ— = Ê+ + Cl— + Í O 2 d) Í+ + ÎÍ— = Í Î Shunday qilib, elektrolitlar eritmalarida almashinish reak- siyalari deyarli qaytmas tarzda cho‘kmalar (kam eriydigan moddalar), gazlar (oson uchuvchan moddalar) va kuchsiz elektrolitlar (kam dissotsilanadigan birikmalar) hosil bo‘lish tomoniga boradi. 30> Download 1.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling