Kislota, asos va tuzlarning suvdagi eritmalarda dissotsi- lanishi. Elektrolitik dissotsilanish nazariyasi yordamida kislota, asos va tuzlarga ta’rif beriladi hamda xossalari bayon qilinadi. Dissotsilanganda kationlar sifatida faqat vodorod kation-
larini hosil qiladigan elektrolitlar kislotalar deyiladi: HCl Ä H+ + Cl–; CH3COOH Ä H+ + CH3COO–
Kislotaning asosliligi dissotsilanganda hosil bo‘ladigan
vodorod kationlarining soni bilan aniqlanadi. Masalan, HCl, HNO3 — bir asosli kislotalar — bitta vodorod kationi hosil bo‘ladi; H2S, H2CO3, H2SO4 — ikki asosli, H3PO4, H3AsO4 —
uch asosli kislotalar, chunki dissotsilanganda tegishlicha ikkita
va uchta vodorod kationi hosil bo‘ladi.
Ikki va undan ko‘p asosli kislotalar bosqich bilan disso- tsilanadi. Masalan:
H PO Ä H+ + H PO – (birinchi bosqich)
3 4 2 4
H2PO4– Ä H+ + HPO42– (ikkinchi bosqich) HPO42– Ä H+ + PO43– (uchinchi bosqich)
Ko‘p asosli kislota, asosan, birinchi bosqich bo‘yicha, kamroq ikkinchi bosqich bo‘yicha va juda oz darajada uchinchi bosqich bo‘yicha dissotsilanadi. Shuning uchun, masala fosfat kislotaning suvdagi eritmasida H3PO4 molekulalari bilan birga (asta-sekin kamayib boradigan miqdorlarda) H2PO4–,HPO42–
4
va PO 3– ionlari ham bo‘ladi.
Dissotsilanganida anionlar sifatida faqat gidroksid-ionlar hosil bo‘ladigan elektrolitlar asoslar deyiladi.
Masalan:
KOH Ä K+ + OH–; NH4OH Ä NH+4 + OH–
Do'stlaringiz bilan baham: |