Maxsus pedagogika


Yordamchi maktab, uning maqsad va vazifalari


Download 6.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/126
Sana10.11.2023
Hajmi6.87 Mb.
#1761780
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   126
Bog'liq
Maxsus pedagogika. Po\'latova P.M

2.3. Yordamchi maktab, uning maqsad va vazifalari
39


muvaffaqiyatli amalga oshirish davlatning umumiy ishlari orqali 
ro ‘ yobga 
chiqarilishi mumkin.
L. S. Vigotskiyning 1924-yilda aytgan optimistik bashorati naqadar 
haqiqiy ekanligini hozir defektologiya sohasida erishilgan, eri- 
shilayotgan yutuqlar ham ko‘rsatib turibdi. «Ehtimol, insoniyat ertami
kechmi ko‘rlik, karlik, aqli zaiflikni yengadi. Ammo ularni biologik va 
tibbiyot tom onidan ko‘ra, ijtimoiy va pedagogik tom ondan ancha ilgari 
yengadi», — deb ta ’kidlaydi L. S. Vigotskiy. Turli nuqsonli bolalarga 
ta ’lim -tarbiya berish maktablarining, davolash muassasalarining keng 
tizimi olim fikrining dalili emasmi? Fan yutuqlarini hayotga tatbiq 
etish tufayli turli xil yuqumli kasalliklar um um an tugatildi. Bilim 
egallashi m um kin bo ‘lgan nuqsonli bolalar uchun majburiy ta ’lim 
joriy etildi. Barcha maxsus m aktablar, m aktab-internatlar, maxsus 
bog‘chalar butunlay davlat ta ’minotiga o'tkazilgan.
Ayrim chet mamlakatlarda nuqsonli bolalar ta’lim-tarbiyasi bilan xususiy 
muassasalar, diniy tashkilotlar, nuqsonlilarga yordam berish jamiyatlari 
hamda ayrim maxsus maktablar shug‘ullanadi. Ulardagi ta’lim-tarbiya ishlari 
qat’iy tizim asosida olib borilmaydi. Bizdagi yordamchi maktablar ommaviy 
maktablar singari yosh avlodga ta ’lim-tarbiya berish, ularni jamiyatning 
foydali kishisi qilib yetishtirishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, yordamchi 
maktablaming maxsus, xususiy vazifalari ham mavjud. Bularga aqli zaif 
o‘quvchilaming psixofizik xususiyatlarini hisobga olgan holda, ularga alohida 
yondashgan holda bilim berish orqali bilish jarayonlarini tuzatib borish 
vazifasi kiradi. Yordamchi maktablar aqli zaif bolalar uchun dastlabki va 
oxirgi o ‘quv yurti bo‘lganligi sababli, o ‘quvchilar maktabni bitirgandan 
so‘ng bevosita hayotga yo‘llanma olishlarini hisobga olib, ularga maktabda 
turli xil kasbiy mehnat ko‘nikmalari, malakalari beriladi. Yordamchi 
maktablarda davolash ishlari umumiy ta’lim-tarbiya ishlari bilan birgalikda 
qo‘shib olib boriladi.
Yordamchi maktablar tajribasini ilmiy jihatdan umumlashtirish asosida 
ta’lim-tarbiya nazariyasini ishlab chiqish oligofrenopedagogika fanining 
bosh mavzuini tashkil qiladi. Ta’limning didaktik asoslari, darsning umumiy 
tizimi, maktabda o ‘quv ishlarini tashkil etish, xususiy uslubiyotlarning 
umumiy masalalari kabi pedagogik masalalar umumiy pedagogik talablarga 
suyanadi.
Oligofrenopedagogika fani qator umumiy va maxsus fanlar bilan 
chambarchas bog‘liq holda o‘rganiladi. Aqli zaif bolalar oliy asab faoliyatlari, 
ularning rivojlanish xususiyatlari, kasalliklari, kechishi, davolash ishlarini 
nevropatologiyadan, aqli zaif bolalar mhiy jarayonlarining xususiyatlari, 
ulaming taraqqiy etish xususiyatlari oligofrenopsixologiyadan, yordamchi 
m aktabda davolash-sog'lom lashtirish ishlarini tashkil etish uchun 
m a’lum otlar oligofreniya klinikasidan olib o'rganiladi. Yordam chi
40


maktablarda ta’lim 9 yil olib boriladi. 0 ‘quv rejasiga kiradigan fanlar haqida 
qisqacha to ‘xtalib o‘tamiz:

Download 6.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling