Maxsus ta’lim vazirligi geografiya o`qitish metodikasi


Download 301.59 Kb.
bet57/81
Sana23.12.2022
Hajmi301.59 Kb.
#1044196
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   81
Bog'liq
Nuriddinova

Ommaviy ishlar. Geografiya bo‘yicha sinfdan tashqai ommaviy ishlar ekskursiyalar, tanlovlar, diapozitiv va kino filmlami ko‘rsatish bilan birga tematik kechalar, har xil tadbirla (qushlar kuni, gullar, daraxtlar o‘tqazish, Hosil bayramlari v boshqalarjni ham o‘z ichiga oladi.Ulardan maqsad — sinfdai tashqari ishlarga iloji boricha ko'proq o‘quvchilami jalb etish, ulard qatnashishga ishtiyoq va xohishni uyg‘otish, bolalar faolligini yo'lg qo‘yish, ularni ijtimoiy-foydali ishlarga yo‘naltirish, bolalard tashkilotchilik qobiliyatlarini aniqlash va rivojlantirishdir.
Ommaviy ishlar uzoq va puxta tayyorgarlikni talab qiladi. I yoki bu tadbirni o'tkazish uchun oldindan uncha katta bo‘lmaga tashabbuskorlar guruhini tanlash va reja ishlab chiqish,topshiriqlarni hamnia qatnashchilarga taqsimlash kerak. Guruhning har bir a’zosi o‘z zimmasiga rejaning muayyan bo'limini bajarish mas’uliyatini oladi. Chunonchi, «Bahor keldi» nomli bayram tadbiriga tayyorla- nishda o‘quvchilardan biri bahor to'g'risida axborot beradi, boshqasi — otaliqqa olingan sinf bilan badiiy havaskorlikni uyushtiradi, uchinchisi — ijrochilar uchun kiyim-kechak, to‘rtinchisi — devoriy gazeta tayyorlaydi va hokazo.
Tadbirga tayyorlanish tabiat to‘g‘risidagi o‘z bilimlarini kuza- tishlar yoki kitoblarni o'qish yordamida to'ldirish zarurati bilan bog‘liq bo'lishi lozim. Chunonchi, bahor (ochiq kunlar, o‘simlik va hayvonlaming uyg'onishi, qushlaming uchib kelishi) to'g'risi- dagi bayon (axborot)ni tayyorlash kuzatishlar va tabiatdagi bahorgi o'zgarishlar to'g'risidagi adabiyot o'qish bilan bog‘liqdir. Tadbir rejada belgilangan vaqtda barcha o‘quvchilaming faol ishtirokida o‘tkazilishi kerak (Ota-onalar ham taklif qilinishi mumkin). Uyushqoqlik, chiroyli rasmiylashtirish (bezatish), yorqin chiqish- lar shunday tadbirlarning uzviy qismlaridir. Ular ishtirokchilar xotirasida kechinmalarni saqlovchi va tabiatni o'rganish hamda muhofaza qilish bo'yicha ishlami chuqurlashtirish uchun rag'bat bo'lib xizmat qiluvchi hissiy ko'tarinkilikni vujudga keltiradi.

Download 301.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling