Maxsus ta’lim vazirligi geografiya o`qitish metodikasi


«Atrofimizdagi olam» darsligi bilan ishlash metodikasi


Download 301.59 Kb.
bet65/81
Sana23.12.2022
Hajmi301.59 Kb.
#1044196
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   81
Bog'liq
Nuriddinova

«Atrofimizdagi olam» darsligi bilan ishlash metodikasi (tahlillar darslikning 2OO4- yilgi nashri asosida berilyapti). 1- sinf o‘quvchilai birinchi mashg‘ulotdanoq kuzatish, ekskursiya, sayr, ajoyil odamlar bilan uchrashuvlar vositasida atrof olam bilan tanish; boshlaydilar. Ular hali o‘qish va yozishni bilmasliklari tufayli atro olamni kuzatish uchun topshiriqni o'qituvchidan og'zaki shakld; oladilar. «Atrofimizdagi olam» kitobidagi topshiriqlarni han birinchi sinf o‘quvchilari o‘qituvchi rahbarligida bajaradilar.
O‘qituvchiga yordam sifatida «Atrof olam bilan tanishish; metodik qo‘llanmasi nashr qilingan, unda mashg'ulotlar v; tantanali sanalarga bag'ishlangan ertaliklaming namunaviy ishlan malari, shuningdek, o‘quvchilar bilan ishlash uchun qo‘shimch; material hamda o‘qituvchi uchun ma’lumotli material keltirilgan Metodik qo'llanmada O‘zbekistonning o'simlik va hayvono dunyosini aks ettiruvchi 16 ta rangli jadval ham berilgan.
Ish jarayonida o‘qituvchi bolalar oldiga, ularning mashg‘ulo o‘tkazilgandan keyin o‘zlashtirganliklarini aniqlashga imkoi beradigan savollarni qo'yadi. «O‘qish kitobi» orqali bolalar ha xil turdagi mustaqil mashg‘ulotlami bajaradilar.
Darslikning mazmuni dasturning asosiy mavzularini ak ettiradi, lekin material mavzular bo‘yicha emas, balki yil fasllai bo‘yicha, umumrivojlantiruvchi material hamda bayram sanalarin hisobga olgan holda guruhlashtirilgan.
Darslikda metodik tavsiyalar ilova qilingan, ularda rasmlarbilai ishlash uchun topshiriqlar keltirilgan. Kitobda kompleks tarbiyaninj asosiy vazifalari aks ettirilgan. Bular: odamlar mehnati, biznin; o‘lkamiz, oila, bizning vatanimiz va boshqa mavzulardir
2O2
Darslikning asosiy mavzu yo'nalishi — odamning tabiat bilan o'zaro aloqalari, odam mehnatining tabiatdagi ahamiyati, tabiatda o‘zini tutish qoidalaridir.
Darslikdagi ishlar o‘quvchilar faoliyatining ushbu turlarini nazarda tutadi:

  1. O'qituvchining topshirig‘iga muvofiq rasmlar tanlash. Chunonchi, 5-sahifada topshiriq berilgan: «Rasmni ko‘ring. Qaysi rasmda o'quvchi qo'lini to‘g‘ri ko‘targan?» Alternativ (qarama- qarshi) topshiriqlarning kiritilishi bolalarning bir necha variant- lardan to‘g‘risini tanlab olishlari uchun zarurdir, bunday ishlar topshiriqni murakkablashtiradi, unga qiziqishni oshiradi (17-, 28­va boshqa sahifalarga qarang). Pastda har qaysi rasmga doiracha chizilgan. Agar suratdagi vaziyat bolalar ishining to‘g‘riligini aks ettirsa, doiracha yashil qalam bilan bo‘yab qo‘yiladi.

  2. Rasmlaming munosabatdoshligi. 8- sahifada shunday topshiriq berilgan: «Rasmlami qarab chiq. Bu barglar qaysi daraxt va butalarniki? Barg va unga tegishli mevalar yonidagi doirachalami bir xil rang bilan bo‘ya». 12- sahifada ham shunga o‘xshash topshiriq bor.

  3. Jarayonlaming izchilligini aniqlash. 22- sahifadagi topshiriq esa quyidagicha: «Rasmni qarab chiq. Unda qanday predmetlar aks ettirilgan? Svetofoming qaysi signali yonyapti? Maktab o‘quv- chilarining yo‘lini strelka (ko‘rsatkich) bilan ko‘rsat». Shunga o‘xshash topshiriqlar 23-, 24-, 25- sahifalarda ham bor.

  4. Rasmlarni ular mazmunini tahlil qilish bilan bo ‘yash.

11- sahifa. «Rasmni qarab chiq. Qanday dala tasvirlangan? Shu dalada o‘sayotgan o‘simlik nima deb ataladi? O‘simlikning qismlarini aytib ber».
4O-41- sahifalar. «Hasharotlarni ko‘rib chiq. Ularning nomlarini ayt. Sen ulami qayerda ko'rgansan? Ular nimalar bilan oziqlanadi?» Bu hayvonlardan olinadigan mahsulotlarning rasmini chizing.
22- sahifa. «Svetoforni shartli ranglar (sariq, qizil, yashil) bilan bo‘ya, toki birinchi holat yurishning man qilinganligini, ikkinchisi diqqatni, uchinchisi yurishga ruxsat berilganligini ko‘rsatsin.

  1. Rasm chizish. 8-, 32-, 37-, 4O-, 41-, 49-, 5O-, 58-, 59- sahifalar. 4O-41- sahifada «Rasmlami ко‘rib chiqing. Unda qanday uy hayvonlari tasvirlangan? Bu hayvonlar qayerda boqiladi? Siz yashayotgan joyda qanday uy hayvonlari bor? Bu hayvonlarning tana a’zolarini sanab o‘ting (Bosh, tana oyoqlari, dum). Sigir va otning dumida qanday farq bor? G‘oz, o‘rdak, tovuq va xo‘roz

2O3
oyoqlarini qanday farqlaysiz? (G‘oz va o‘rdaklarning oyoqlai suzishga moslashgan). Suzish pahjalari nima uchun kerak? Siznin; uyingizda uy hayvonlari bormi? Uy hayvonlaridan olinadigai mahsulotlarning rasmini chizing».
Darslikdagi xilma-xil topshiriqlarni bajara borib, bolala kuzatishga, taqqoslashga, o‘xshashlik va farqlarni anglashg; o‘rganadilar. Ba’zi topshiriqlar bolalaming ijodiy ishlarini nazardi tutadi. Bu ishlar har bir konkert darsning ta’lim-tarbiya vazifalarin hal qilish bilan uzviy bog‘liqdir, dasturning asosiy bo‘limlarin o‘zlashtirishga yordam beradi, o‘qitish jarayonida bolalarninj umumiy rivojlanishi uchun sharoit yaratadi.
Sinfda, maktabda va jamoat joylarida xulq-atvor madaniyati yo‘l harakati, ko'chadagi, transportdagi xulq-atvor qoidalari har xil kasbdagi kishilarning mehnati bilan tanishish; tabiatg; insoniy munosabatda bo‘lish kabi mavzular butun kurs davomidi o‘tiladi.
58-59- sahifalar bolalarni tabiat bilan tanishtirishga bag'ish langan. Darslikdagi topshiriqlarni bajarish o‘qituvchiga atrof tabia obyektlari to‘g‘risida bolalar tasawurlarini tekshirish imkoniyatin beradi. Bolalarga, masalan, yowoyi va uy hayvonlarining, qish lovchi va kelib-ketuvchi qushlaming, daraxt va butalaming farqig; borish; odamlar yilning har xil fasllarida tabiatni muhofaza qilisl uchun nima qilishlarini aniqlash taklif etiladi. Olingan tasawurlam tiklashga qaratilgan topshiriqlardan tashqari darslikda muammol xarakterdagi topshiriqlar ham bor, ular bolalardan vaziyatni tahli qilishni talab qiladi. Masalan, 5-, 18-, 26-, 27- va shu kab sahifalarda bolalarga talab qilingan bir nechta vaziyatlarni to‘g‘r hal qilish yo‘li taklif qilinadi.
Darslikda yo‘l harakati qoidalarini mustahkamlash bo‘yich; topshiriq va mashqlar ham bor.
Mashqlar bolalarga svetofor signallari nimalami ifodalashlarini yo‘ldan o‘tishning qanaqa xillari mavjudligini, svetofor vi militsioner boshqaradigan ko‘chadan o‘tish qoidasininj qanaqaligini esda qoldirishga, yo‘l belgilarini bilib olishga yordan beradi.
Olti yoshlilar oldiga, shuningdek, mantiqiy tafakkumi rivojlan tirishga qaratilgan vazifalar ham qo‘yiladi. Masalan, 23- sahifadag rasmda qishloq, uzoqda maktab binosi tasvirlangan. Bolalar yo'lninj maktabdan qarama-qarshi tomonidan ketmoqdalar. «Piyodala uchun o‘tish» belgisi bo‘lmagan, lekin «Bolalar» belgisi bo
2O4
yo'ldan bolalar maktab tomonga o‘tish chiziqlarini ko‘rsatishlari kerak. 24- sahifada bolalaming ko‘chadagi xulq-atvorlarini (yurish- turishlarini) aks ettiruvchi vaziyat ko'rsatilgan. O‘quvchilar bolalardan qaysi bin o'zini to‘g‘ri tutayotganini aniqlashlari kerak.
Kun tartibi, shaxsiy gigiyena, maktab va uyda xulq-atvor madaniyati masalalari darslikda maxsus o'rinni egallaydi. Chunonchi, 4-, 7- sahifalarda 1- sinf o'quvchilarining kun rejimini aks ettiruvchi suratlar, shuningdek, to‘g‘ri o‘tirish va qaddi-qomat, odam tanasining qismlari, pardoz (yasan-tusan) buyumlari ko‘rsatilgan rasmlar keltirilgan.
Maktabda (darsda, tanaffusda, oshxonada) yurish-turish, atrofdagilarga hurmat bilan munosabatda bo'lish qoidalarini bilganliklarini 4-, 14-, 15-, 18-, 19-, 21- va boshqa sahifalardagi topshiriqlardan foydalanib tekshirish mumkin.
Darslikda, shuningdek, o‘qituvchiga bolalar bilan jonajon mamlakat, mashhur sanalarga bag'ishlangan mavzular bo'yicha qisqacha suhbatlar o'tkazishga yordam beruvchi topshiriq va ko'rgazmali vositalar ham bor. Material bunday suhbatni ancha tushunarli va qiziqarli bo'lishiga imkon beradi. 14-, 3O-, 36, 5O-, 52- sahifalardagi rasmlar bo‘yicha o‘qituvchining savollariga bolalaming o‘zlari javob berishlari mumkin.
Darslikdagi odamlar mehnatiga bag‘ishlangan ko‘pgina rasmlar (5-, 14-, 35-, 37- sahifalar)dan o'qituvchi jonajon shahar (qishloq)da ishlovchi turli kasb egalarining mehnati haqida hikoya qilayotganda foydalanishi mumkin.
Ammo, atrof olamni o‘rgana turib, faqat darslikdagi top- shiriqlar bilan cheklanish yaramaydi. Sinfning tayyorgarligi va bolalaming darslik bilan ishlash tajribasini hisobga olish zarur. Ba’zan o'qituvchi bolalar bilan ularning to‘g‘ri tushun- ganliklariga ishonch hosil qilish uchun ayrim topshiriqlarni qarab chiqadilar (muhokama qiladilar). Ba’zi topshiriqlarni o'qituvchi rahbarligida muhokama qilish hamda bajarish foydalidir.
Mashg'ulotga tayyorlanishda o'qituvchi darslik bilan ishlashning mazmunini, uni bolalar faoliyatining boshqa turlari bilan bog'lanishini oldindan o'ylab olishi va shunga muvofiq o'qish kitobining darsdagi o'mini aniqlab olishi kerak.
Bolalaming individual ishlami bajarishlari uchuin ham yetarli darajada yaxshi tayyorgarlikka ega emasliklarini va ba’zi bolalarga
2O5
topshiriqlar yetarli darajada tushunarli bo‘lmasligini hisobga olib o'qituvchi ularga amaliy yordam ko‘rsatishi zarur. Bolalargi topshiriqni bajarish bilan bog'liq holda tug'ilgan savollarin o'qituvchiga berishlariga ruxsat etiladi.
Darslikning topshiriqlari bolalarning mustaqil ijodlari uchui keng imkoniyatlar ochib beradi, ularni har jihatdan rag‘bat lantirmoq zarur. Shu maqsadda har bir topshiriq bajarilgandai keyin ishning mazmuni va bajarilishi bo'yicha eng qiziqarlilarin sinfga ko‘rsatish kerak. Agar hali hamma o'quvchilar yaxshi o‘qi; olmasalar, matnni ancha yaxshi tayyorlangan o'quvchilar o‘qiydi Keyin suratlar bo‘yicha suhbatlar o‘tkaziladi, suratlarning ha biri tarbiyaviy maqsadga ega.
Yilning ikkinchi yarmida bolalar darslikning oxirida kelitirilgai ob-havo kalendarida har kunning ob-havosi holatini shartli belgila bilan belgilaydilar. Ob-havoni kuzatishni uchinchi tanaffusd; o‘tkazish maqsadga muvofiq. To‘rtinchi chorakdan boshlab bolala kuzatishlarini kun davomidagi o'zgarishlami hisobga olib, mustaqi qayd qilib boradilar.
Barcha kuzatish va topshiriqlar tabiiy sharoitlarni hisobga olgai holda bajariladi.
Ob-havo kalendari bilan ishlashga kirishishda o‘qituvch bolalami shartli belgilar bilan tanishtiradi, 65- sahifadagi yog‘in isish va sovish bilan bog‘liq holda tabiatdagi o‘zgarishlarn xarakterlovchi suratlar bo‘yicha suhbatlar o‘tkazadi. Shuningdek har bir oyning xususiyatlarini xarakterlovchi ko'rgazmali vositala mazmuni bo'yicha suhbat o‘tkazish zarur. Bolalar u yoki bu oyg; xos tabiat xususiyatlari bilan tanishadilar.
Darslik bilan ishlash yil fasllari, madaniy xulq-atvor qoidalar to‘g‘risidagi suhbat,22—23- sahifalardagi topshiriqlami bajarisl bilan tugallanadi. Darslik bo'yicha topshiriqlami bolalarninj tayyorgarliklarini hisobga olgan, faqat mavjud tavsiyalarga tayanil berish lozim. O‘qituvchi, o‘z joyining tabiiy sharoitlarini hisobg; olib, tabiatga o‘tkaziladigan ekskursiyalarning muddatlarin o'zgartirishi mumkin.

Download 301.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling