Медиа дискурсларда “Ғурур” концетини ифодаловчи бирликларнинг лингвокультурологик тадқиқи


Download 1.63 Mb.
bet40/44
Sana13.01.2023
Hajmi1.63 Mb.
#1090939
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44
Bog'liq
G\'urur.Dissertatsiya.14.11 (3)

Turkon xotun: Barakalla, o‘g‘lim, sen bilan faxrlanaman. G‘ururimni tog‘day o‘stirding.
Pride to ruin smb” metaforik birirkmasi o‘zbek tilida kibr halokatga boshlaydi, takabburlik insonni chohga qulatadi singari birirkmlari bilan ifodalanadi. O‘zbek tilida g‘urur so‘zi salbiy mazmunda kam qo‘llaniladi. Boisi salbiylik mazmuni kibrlilik takabburlik so‘zlari bilan ifodalandi. Ingliz va turk tillarida g‘urur kontekstga muvofiq salbiy yoki ijobiy semaga ega bo‘lishi mumkin. O‘zbek tilida esa salbiy mazmunni ifodalashda g‘urur, manmanlik, takabburlik, kibrlilik alohida farqlanadi. Tahlilga tortilgan “Mendirman Jaloliddin” serialida ushbu metaforik birlikni ifodalovchi so‘z kuzatilmadi. Biroq “Muhtasham yuz yil” serialida quyidagicha ifodalanadi: Bu gururu öldür yoksa seni öldürür. Üç kıtada dünyaya hükmediyorum ama aşkının göstergesi olarak isyan çıkaran sevgiliyi kontrol edemediğim ortaya çıktı.
Shuni ta'kidlash kerakki, G‘urur boshqa sabablarga ko‘ra emas, balki yutuqlardan kelib chiqadigan holatlar eng aniq ma'noda quvonchni keltirib chiqaradi. Buning sababi, ehtimol, yutuqlardan farqli o‘laroq, ijtimoiy mavqe, tashqi ko‘rinish, egalik va hokazolar doimiy holat yoki xususiyatlar bo‘lib, ular quvonch kabi bevosita hodisalarni keltirib chiqarmaydi. Aynan mana shu zidlik bilan "yutuq natijasidagi mag‘rurlik" boshqa sabablardan kelib chiqadigan mag‘rurlik shakllaridan ko‘ra g‘ururning prototip shakliga aylantiradi. Shuningdek, G‘URUR va SEVINCH kishining g‘ururi, shodligi kabi shartli iboralarda birga namoyon bo‘lib ko‘rinadiki, bu ikki tushunchaning chambarchas bog‘liqligidan dalolat beradi.
G‘ururlanish shaxsning emotsional, ruhiy psixologik holatini ifodalovchi vosita sifatida metaforlardan foydalaniladi. Seriallarda ushbu holatni ifodalovchi metaforalar ishtirok etmaydi. Qahramonlar yuzining alvon tus olishi, mayin tabassum, istehzoli qarash, nutq tempining o‘zgarishi, shaxdam qadam tashlash, viqor bilan yurish orqali ko‘rsatiladi. Film ssenariysi va skriptlarida esa bevosita ifoda etiladi.
Gerald flushed with brandy and pride that his daughter was marrying both money, a fine name and an oldone—and Ashley, standing at the bottom of the steps with Melanie’s arm throughhis.When she saw the look on his face, she thought: “This can’t be real. It can’t be.It’s a nightmare. I’ll wake up and find it’s all been a nightmare. I mustn’t think ofit now, or I’ll begin screaming in front of all these people. I can’t think now. I’llthink later, when I can stand it—when I can’t see his eyes. (Gone wit the wind script of film).
Turk tilida “flushed with pride” metaforik komponentiga to‘g‘ri keladigan birliklar uchraydi. Nutqda asosan “gururla/kibrla kızardı” tarzida qo‘llanadi.
Mahi Devran: Sultan ne dedi?
Gulshakh: Sözlerine dikkat etmedi.
Mahi Davron: Hurram'ın dileğini kabul etti mi?
Gulshakh: Sulon Khurram bu ilgiye değmez. Bana böyle sorunlarla gelme dedi.
Bayan Hurram gururla kızardı.
O‘zbek tilida yuz qizarishi, umuman qizarish ishorasi xijolatpazlik, uyalish, andisha, kamtarinlik mazmuniga ega, shuningdek g‘azabdan qizarish holatlarida qo‘llaniladi. Ammo g‘ururdan qizarib ketish, qizarish belgisi uchramayadi. Nutqda “yuzi/beti qizarmaydi”(uyalmaydi), “yuzing qizarsin”(biroz uyal) tarzida uchraydi.
Filmda ushbu holat qahramonning kipriklari uchishi, yuz qizarishi, tez tez uyoqdan buyoqqa yurishi holati bilan ifodalanadi. O‘zbek media-diskursida yuz ishorasi, orqali ifodalangan.

Inson qilgan ishidan qoniqish hosil qilgan taqdirdagina quvonchni his qilishi mumkin, yutuq esa qilgan ishidan qoniqishni ham nazarda tutadi. Shunday qilib, qoniqish hissi mag‘rurlikning yana bir o‘ziga xos tushunchasidir (tekshirilayotgan turdagi). Tilshunoslik nuqtai nazaridan, quyidagi ikkita jumla bir-biriga bog‘liq ekanligidan dalolat beradi:



U ko‘zguga mag‘rurlik bilan qaradi

He looked at his son with pride

gururla etrafa bakıyorum

U o‘ziga qoniqish hissi bilan qaradi

He looked at his son with satisfaction

Memnuniyeti etrafa yaydım.

O‘z ishimdan mamnunman

When I found out that I was right, I was very pleased with myself

Pişman değilim işimden memnunum




Download 1.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling