Yangilikning auditoriyaga ta’siri natijalari
Mashg‘ulot maqsadi: talabalarni yangiliklar bizning hayotimizga qanday ta’sir ko‘rsatishi va bu ta’sir nima bilan asoslanishini tushunishga o‘rgatish.
Davomiyligi: 30 daqiqa.
O‘zingiz ko‘rgan bir nechta yangilikni yodga oling va ularni birgalikda muhokama qiling:
Yangiliklardan siz qanday yangi axborotni bilib oldingiz?
Butun hayotingiz davomida ko‘rgan (eshitgan) yangiliklardan qaysi biri hammadan ko‘proq esingizda qolgan?
Qaysi xabar eng yoqimlisi bo‘lgan?
Qaysi yangilikni unutishni istar edingiz?
Qaysi voqea haqida ko‘proq bilishni istar edingiz?
Auditoriyadan hayotiga ta’sir ko‘rsatgan yangilikni ijodiy ishda bayon etishni so‘rang. Bu talabalarning yodida qolgan, ularning va jamiyatning hayotiga sezilarli ta’sir ko‘rsatgan yangilik bo‘lishi ham mumkin. Talabalardan ushbu materialni yozishda quyidagi savollarga javob berishni so‘rang:
Siz bu xabarni qaerda eshitgansiz yoki ko‘rgansiz? Bu paytda siz qaerda va kim bilan edingiz?
Bu yangilik nimasi - tasvir, video yoki sarlavhasi – bilan sizning e’tiboringizni tortdi?
Ushbu xabar sizda qanday hissiyotlar uyg‘otdi?
- Bu xabarni siz kim bilan muhokama qilgansiz?
Ushbu xabar sizning va yaqinlaringizning hayotiga qanday ta’sir ko‘rsatgan?
Nima sababdan ushbu xabar bunday ta’sir ko‘rsatgan?
Ushbu xabar yangilikning qanday mezonlariga mos keladi? Baholar alohida qo‘yiladi.
Natijalarni 5 dan 1 gacha bo‘lgan shkalada baholash (5 – eng yuqori baho) bo‘yicha tavsiyalar:
5: talaba munozarada faol ishtirok etdi. Ish mukammal, yaxshi o‘ylangan hamda dalillarga asoslangan.
4: talaba munozarada faol ishtirok etdi. Uning materiali yaxshi yozilgan, ammo detallarga asoslanmagan va mukammal emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |