Mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishi (konferensiyasi)da ma’qullangan


Download 0.57 Mb.
bet39/56
Sana10.07.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1659414
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   56
Bog'liq
JSH-maketi

13.10. Ish beruvchi shahar yo‘lovchi transportida (taksidan tashqari) yurish sarf-xarajatlarini O‘zbekiston Respublikasida o‘rnatilgan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorini _____ baravari hisobidan kelib chiqqan holda qoplash majburiyatini o‘z zimmasiga oladi.
13.11. Ish beruvchi xodimlarga mobil aloqa uchun (har oyda mamlakat bo‘ylab ______ daqiqa miqdorida), shuningdek, Internet jahon axborot tarmog‘i (har oyda ___________ GB miqdorida) uchun kompensatsiya to‘laydi.
13.12. Har yili kuz mavsumida Ish beruvchi Maktab-internatining xodimlariga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xarid qilish uchun O‘zbekiston Respublikasida o‘rnatilgan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorini _____ baravariga teng keladigan moddiy yordam to‘lanishini ta’minlaydi.
13.13. Navbatdagi mehnat ta’tiliga ketayotgan xodimga Ish beruvchi tomonidan profilaktik davolanish uchun qo‘shimcha haq to‘lanadi (33-ilova).
13.14. Maktab-internatida (tarmoq)da _____ va undan ko‘p yil ishlagan xodim yoshga doir (yoki nogironlik sababli) pensiyaga chiqayotganda unga lavozim maoshi (o‘rtacha ish haqi)ning ______ baravari miqdorida moddiy yordam to‘lanadi va qimmatbaho sovg‘a topshiriladi. (Bunda, xodimning pensiyaga chiqish vaqti yoshga doir pensiya yoshiga yetganida yoki undan keyin bo‘lishining ahamiyati yo‘q.)
13.15. Ish beruvchi ko‘p bolali, kam ta’minlangan oilalar a’zolariga, urush va mehnat faxriylari hisoblanadigan sobiq xodimlarga, Maktab-internatida mehnat qilgan marhum xodimlarning balog‘atga yetmagan farzandlariga yil davomida qo‘shib hisoblaganda O‘zbekiston Respublikasida o‘rnatilgan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorini ______ baravari miqdorida moddiy yordam ko‘rsatib borishni o‘z zimmasiga oladi.
13.16. 11 noyabr “Kasaba uyushmalari kuni” bayrami munosabati bilan barcha kasaba uyushmasi a’zolari Kasaba uyushmasi qo‘mitasining tavsiyasiga ko‘ra Maktab-internati mablag‘lari hisobidan taqdirlanadi (rag‘batlantiriladi).

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling