Mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishi (konferensiyasi)da ma’qullangan
Download 0.57 Mb.
|
JSH-maketi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ish beruvchi bo‘lgan mikrofirma xodimlari 12.9.
- XIII. QO‘ShIMChA IJTIMOIY SUG‘URTA. IJTIMOIY IMTIYoZlar VA KAFOLATLAR 13.1.
- 13.2. Ish beruvchi
Vaxta usulida ishlovchi shaxslar
12.8. Vaxta usulida ishlash xodimlarning doimiy yashash joyiga kunlik qaytishini ta’minlash imkoni bo‘lmagan taqdirda, ularning doimiy yashash joyidan tashqarida mehnat jarayonini amalga oshirishning alohida shaklidir. Vaxta ob’ektda ishlarni bajarish vaqtini va smenalar o‘rtasida dam olish vaqtini o‘z ichiga oluvchi umumiy davrdir. Vaxtaning davomiyligi bir oydan oshmasligi kerak. Quyidagi alohida hollarda ayrim ob’ektlarda vaxtaning davomiyligi uch oyga qadar uzaytirilishi mumkin: a) yuqumli kasalliklar tufayli joriy qilingan karantin vaqtida; b) ob-havoning anomal o‘zgarishi va/yoki tabiiy ofat oqibatida tog‘li hududlardagi ish joyiga yetib borish imkoni bo‘lmaganda; v) ___________________________________________________; g) ___________________________________________________. Ish beruvchi bo‘lgan mikrofirma xodimlari 12.9. Ish beruvchi bo‘lgan mikrofirma xodimini mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risida ogohlantirish muddatlari, shuningdek mehnat shartnomasi bekor qilinganda to‘lanadigan ishdan bo‘shatish nafaqasini hamda boshqa kompensatsiya to‘lovlarini to‘lash hollari va miqdorlari mehnat shartnomasida belgilanadi, agar ular belgilanmagan bo‘lsa, xodimlarga O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi hamda tegishli jamoa kelishuvlarida nazarda tutilgan umumiy kafolatlar tatbiq etiladi. XIII. QO‘ShIMChA IJTIMOIY SUG‘URTA. IJTIMOIY IMTIYoZlar VA KAFOLATLAR 13.1. Taraflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan har yili qabul qilinadigan ijtimoiy yo‘nalishdagi Davlat dasturlarini amalga oshirish uchun chora-tadbirlar ishlab chiqish va qat’iy bajarilishiga erishish majburiyatini o‘z zimmasiga oladilar. 13.2. Ish beruvchi vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasini quyidagi miqdorlarda to‘lab borish majburiyatini o‘z zimmasiga oladi: 13.2.1. Ikkinchi jahon urushi qatnashchilaridan bo‘lgan xodimlarga, baynalmilalchi jangchilarga va ularga tenglashtirilgan shaxslarga, qaramog‘ida 16 yoshga to‘lmagan uch va undan ortiq farzandi bor xodimlarga, Chernobil AESdagi halokat oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etgan xodimlarga, Chernobil AESdagi halokat natijasida radioaktiv ifloslangan zonadan evakuatsiya qilingan va ko‘chirib kelingan xodimlarga (agar ularda qon yaratish organlari (o‘tkir leykozlar), qalqonsimon bez (adenomalar, rak) kasalliklari hamda rakni keltirib chiqaruvchi o‘simtalar mavjud bo‘lsa), yadroviy poligonlar va boshqa radiatsiya-yadroviy ob’ektlarda harbiy xizmatni o‘tagan pensiya yoshidagi nogiron xodimlarga, shuningdek mehnatda mayib bo‘lishi yoki kasb kasalligi natijasida vaqtincha mehnatga layoqatsiz xodimlarga – ish haqining to‘liq miqdorida; 13.2.2. ijtimoiy ahamiyatga molik kasalliklar bo‘yicha ro‘yxatda turuvchi xodimlarga ularning davlat ijtimoiy sug‘urtasi badallarini to‘lagan davri (umumiy ish staji)ga qarab – ish haqining 60 foizidan 100 foizigacha; 13.2.3. koronavirus infeksiyasi bilan zararlanishi yoki zararlangan deb gumon qilinishi munosabati bilan karantinga joylashtirilgan ota-onalar (ular o‘rnini bosuvchi shaxslar, vasiylar, homiylar), shuningdek, ularning 14 yoshgacha bo‘lgan bolasini parvarish qilayotgan shaxslarga o‘rtacha oylik ish haqining 100 foizi miqdorida; Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling