Mehnat muhofazasi va medisina harakati (faoliyati)ni bajaruvchi insonlarning vazifalari
Download 3.44 Mb. Pdf ko'rish
|
мехнат ва соглик мухофазаси(к.жеймс)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muammoli vaziyat
38
2 BOB XAVFSIZLIK SOHASIDAGI QONUNCHILIK Bobning maqasadlari Bu bobni o’rgangandan so’ng siz quyidagilarni bilib olasiz: • Salomatlik va xavfsizlik qonunchiligining tarixini tushuntirib bera olish • 1970- yilda qabul qilingan mehnat va salomatlikni muhofaza qilish haqidagi qonunni tushunish • OSHA standartlarining kelib chiqishini aniqlash • Mehnat va salomatlikni muhofaza qilish haqidagi qonunning ma’lum talablarini bilish • OSHAning tekshiruvlarini tushunish va bu tekshiruv natijasidagi faoliyatlarni tushunish Muammoli vaziyat Erik Smitning Mexanika sexida taftish uyushtirilganda Erik Smit hayratta qoldi. Erik o’zining faqat 5 ta xodimi bilan xavfsizlik xizmati tekshiruvlaridan ozod bo’ldim deb o’ylagan edi. U o’zining xodimlaridan biri shikoyat qilganini bilib hayrati yanada ortti. Sinchiklab o’tkazilgan taftish natijasida Erik shikoyatchining ismi sha’rifini bilib oldi va uni deyarli ishdan bo’shatgan edi. Biroq Erikning advokati bu xodimni ishdan bo’shatish OSHA yo’riqnomasiga ko’ra noqonuniy ekanini aytdi. Qonunchilik tarixi Mexnat va salomatlikni muhofaza qilish tarixi qonunchilik hukmronligi ostida bo’lgan. Hukumatlar salomatlik va mehnatni muhofaza qilish muammolari kuzatganlar va bu muammolarni qonunlar va tegishli qarorlar qabul qilish yo’li 39 bilan yechishga harakat qilganlar. Bu mamlakatdagi yo’riqnomalar 1970-yilda qabul qilingan soliq va mehnatni muhofaza qilish haqida qonun qabul qilinishi bilan o’zining oily nuqtasiga yetdi. Xavfsizlikni qonunlashtirishga bo’lgan ilk urinishlarda ko’z ko’z uchun prinspi doim ustun bo’ldi. Hukumatning nisbatan xavfsiz ish joylarini tashkil qilishdagi harakatlarni rag’batlantirishlari dastlab qonunbuzarlarni jazolash doirasida olib borilgan.Bu tushuncha Vavilon qonuniga 4000 yil ilgari kiritilgan bo’lib, bu mashxur eramizdan avvalgi 2100-yilda yozilgan Hammurapi kodeksining izdoshi bo’lgan. Hammurapi bu kodeksni o’z hukmronligining 30- yilida yozgan. Bu kodeksga binoan kemasozlar o’zlari qurgan kemalardagi nuqsonlar natijasida yuzaga kelgan moddiy zararlarni yuklarni yetkazib bo’lgandan so’ng bir yil davomida to’lab berishlari shart bo’lgan. Kema kapitanlari suvda yo’qolgan yoki yaroqsiz holatga kelgan moddiy tovarlarning teng yarim bahosini jarima sifatida to’lashlari kerak bo’lgan. Qulni o’z xo’jasidan boshqa birov yaralasa qulning xo’jayiniga kompensatsiya to’lashi kerak bo’lgan. Malakali ishchi va xodimlarning o’z ishiga ma’suliyatsiz va qopollik bilan yondashishi mumkin bo’lmagan. Malakali xodimlarning xatosi tufayli yuzaga kelgan talofatlar shu malakali xodimlarni jazolash orqali undirilgan. Quruvchi qurgan uy qulashi natijasida kimdir halok bo’lsa quruvchining yaqinlaridan birini o’ldirish mumkin bo’lgan. Shifokorning xatosi natijasida bemor halok bo’lsa, uning qo’lini kesob tashlashligi mumkin bo’lgan. Ko’z ko’z uchun prinsipi amalda bo’lgan. Hammurapi davridan va uning zamondoshlari davridan to o’rta asr nihoyasigacha xavfsizlikni qonunlashtirishga bo’lgan urinishlar haqida juda kam ma’lumotlar saqlangan. Ilk ishlab chiqarish korxonalari ishchilarni lahzalarda halok bo’lishi yoki tan jarohati olishiga yoki imkon tug’diruvchi xavfli harakat qiluvchi uskunalar va ochiq uskunalardan tashkil topgan qopqonlar seriyasidan ham ko’proq edi. Britaniyaliklar o’z farzandlari haqida qayg’urib xavfsizlik qonunini ishlab chiqdilar(Grimaldi va Simonds 1989). 1800- yillar Amerika Qo’shma Shtatlarida juda ko’p halokatlar sodir bo’ldi. Bu halokatlar hukumat tomonidan kichik javoblar bilan qarshi olindi. Bu halokatlarning ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishi gazeta va jurnallarda bosib chiqilishi natijasida Amerika fuqarolari o’z hukumatlaridan ishchilarni ish beruvchilardan himoya qilishni ta’minlanishini talab eta boshladilar. Aholining salomatlik va mehnatni muhofaza qilish haqidagi xavotirlari o’sib bordi. Ish beruvchilarning harakatidan norozilik, ish joyidagi halokatlarning ko’payishi jamoatchilikni noroziliklariga sabab bo’ldi. Buning natijasida ilgari ish beruvchilarni himoya qilgan qonun organlari ishchilarni himoya qilish faoliyatini kirgazuvchi qonun qabul qilishga majbur bo’ldilar. Ilk qonunchilikning kattagina qismi reaktiv tarzda yuzaga kelgam ya’ni ma’lum tabiiy ofatga javob natijasida qonunlar amalga kiritilgan. Keyingisi – 1900- yillardagi salomatlik va xavfsizlikni rivojlantirishdagi muhim voqealarning berilishi: 40 1903-yilda Chikagoning Irakez teatrida juda katta yong’in sodir bo’ldi. Yong’in bir lahzada alangalanib butun binoni qamrab oldi. Chiqish eshiklari juda kam edi va belgilab qo’yilmagan edi. Temir ustunlar olov natijasida qizib, qaynab, erib oqa boshladi. Bu yong’inda 602 kishi halok bo’ldi. Teatr ichidagi odamlar sarosimaga tushib qolishi natijasida halok bo’ldilar. G’arbiy Verjiniya shtatining Mononga shahridagi Appalachi qoyalarida 1907-yilda 362 ta shaxtyorni kon bosib qoldi. Bu halokat shaxardagi har bir oilaga ta’sir qildi. Lekin halokatdan omon qolganlar uchun deyarli hech qanday ish qilinmadi. Rassol Seydja fondi tomonidan moliyalashtirilgan Pensilvaniyaning Allegni grafligida o’tkazilgan 12 oylik tadqiqodlarning Peterburg hisoboti (1907-1908). Bir yil davomida 526 ta ishchilarning o’limi holati kuzatilgan. Yetkazilgan talofatlarni ishchilarning o’zi yoki tirik qolganlar to’lab berishga majbur bo’lganlar. Oila boquvchisidan ajralganlarga hech qanday kompensatsiya berilmagan. Ishchilarni salomatligi va xavfsizligiga tahdid soluvchi holatlarni kamaytirish ish beruvchilardan talab qilingan. 1910-yilda Ichki ishlar vazirligi tomonidan Amerika tog’ kon boshqarmasi tuzilgan bo’lib, bu boshqarma halokatlarni sabablarni aniqlash, salomatlikka xavf tug’dirayotgan holatlarni aniqlash bu xavflarni oldini olish va bartaraf etish vositalarini toppish bilan shug’ullangan. 1911- yilda Nyu-Yorkda Angliya Bluzi Uchburchagi Fabrikasida yong’in yangi tuzilmalarni vayron qildi. Bu yong’in natijasida 145 ishchi halok bo’ldi. Fabrika boshqaruvchilari o’g’rilikka qarshi kurashish uchun uchun zavodning bir nechta chiqish eshiklarini berkitib tashlagan edilar. Shuning uchun ishchilar yong’indan qochib chiqa olmadilar. 1911-yilda Viskonsen Qo’shma Shtatlardagi birinchi ilg’or ishchilarni kompensatsiya rejasini yetkazib berdi. 1912-yilda birinchi Milliy xavfsizlik kongresi bo’lib o’tdi. Bu kongress 1913-yilda xavfsizlik bo’yicha milliy kengashning shakllanishiga olib keldi. 1913- yilda Yong’inga Qarshi Himoya Milliy Assotsiatsiyasi Hayotiy Xavfsizlik komiteti Hayot Xavfsizligi kodeksini ishlab chiqlishiga olib keldi. 1935-yilda tuzilgan yangi Ruzveld kursi haftasiga 40 soatlik ish mandatini qonunchilikka kiritishni o’z ichiga oldi. 1936-yilda qabul qilingan Uolsha –Xili shartnomalari haqidagi jamoatchilik qonuni 10 000 AQSh dollaridan ortiq miqdordagi shartnoma asosida bajariluvchi xavfli ishlarni ta’qiqladi. Bu qonun salomatlik va mehnatni muhofaza qilish qonunining boshlang’ich ko’rinishi hisoblandi. 968-yilda G’arbiy Verjiniyaning Farmington shaharchasida Ko’mir kompaniyasining Birlashgan Shaxtalarida sodir bo’lgan portlash natijasida 78 ta shaxtyor halok bo’ldi. Bu halokat mashxur g’amgin Mononga hududidan bir necha mill narida sodir bo’ldi va Farmingtondagi butun jamoatchilikni qamrab oldi. Davlat, mamlakat va shaharlar fuqarolarni ish joyida halok qiluvchi hodisalar natijasida barbod bo’la boshladi va ish joyidagi sharoitlarni 41 o’zgartirish uchun federal aralashuvni talab qila boshladi. 1969-yilda Amerika senatida 72-0 raqamli ko’mir shaxtalardagi salomatlik va xavfsizlik haqida qonun qabul qilindi va bu qonun asosida shaxtalarni xavfsizligini ta’minlash ma’muriyat (XTM) tashkil etildi. Keyinchalik u kon ishlaridagi xavfsizlik va salomatlikni muhofaza qilish bosharmasi deb nomlandi. Kon ishlaridagi xavfsizlik va salomatlikni muhofaza qilish boshqarmasi ko’mir konlaridagi xavfsizlikni boshqaradi. Salomatlik va mehnatni muhofaza qilish boshqarmasi esa qurilish va umumiy ishlab chiqarishni boshqaradi. 1970-yilda Uilyam Stayger (mehnat va salomatlik muhofazasi) qonuni asosida mehnat gigiyenasi va muhofazasi boshqarmasi tuzildi. Mehnat gigiyenasi va muhofazasi boshqarmasi tuzilgunga qadar mehnat va salomatlikni muhofaza qilish uchun ma’suliyat hududiy hokimyatlarga yuklatilgan edi. Download 3.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling