Mehnat ta’limini o`qitish texnologiyalari va loyihalashtirish kirish


Download 1.04 Mb.
bet13/85
Sana10.11.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1761811
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   85
Bog'liq
Limi vazirligi toshkent shahar xalq ta`limi xodimlarini qayta ta

Tayanch tushunchalar:
Perseptiv qobiliyat, didaktik, konstruktiv, kommunikativ, iste'dod.
Pedagogik qobiliyat tarixidan. Pedagogik qobiliyat adabayotda birinchi bo’lib XIX asr o’rtalarida paydo bo’ldi. Pedagogika nazariyasida o’qituvchilar tayyorlash va perqeptiv qobiliyatga A. Disterver diqqat e'tibor berdi. Shunday qilib, Disterver pedagogik qobiliyatning kuchiga, pedagogik taktga va qat'iy erkinlikka ahamiyat berdi. So’ngra XIX asrning ikkinchi yarmida P. G. Redkin «axloqiy qobiliyat» tushunchasini ilgari surdi.
Disgerver, Redkin fikrlarini K.D.Ushinskiy davom ettirdi. K.D.Ushinskiy «Odamni tarbiyalashning eng asosiy yo’li ishontirishdir, odamning e'tiqodiga esa faqat ishontirish bilan ta'sir qilish mumkin»,-deydi.
L. N. Tolstoy: «Tarbiyalash muvaffaqiyatli bo’lishi uchun tarbiyalovchi kishilar sira to’xtamay o’zlarini tarbiyalay bilishlari kerak»-degandi.
L. S. Makarenko aytishicha, tasodifiy ravishda o’qituvchi bo’lib qolgan, lekin u bu ishga qiziqib ketib badiiy adabiyotni ko’p o’qigani Gorkiyni o’zning ustozi deb, uni asrlarini o’rganishga kirishgan. Makarenko o’z tajribasiga asoslanib, agar har bir kishi qunt bilan mehnat qilsa, u o’ziga nisbatan talabchan bo’lsa, u yaxshi pedagog bo’lishi mumkin, deydi.
Qobiliyat hamma insonlarda mavjud bo’lib, bir tekisda bo’lmay, biri yuqori, biri o’rta va biri quyi darajadan iboratdir. Faqat aqli zaif insonlarda qobiliyatni uchrata olmaymiz. Maktab o’qituvchisining faoliyati inson shaxsini tiklantirishga qaratilgan. Muvaffaqiyatli ishlash uchun har bir o’qituvchi Pedagogik mahorat va texnikaga ega bo’lishi zarur. Pedgogik mahorat egasi oz mehnat sarf qilib, katta natijaga erishadi. Qobiliyat faoliyat jarayonida paydo bo’ladi va rivojlanadi, qobiliyatni rivojlaitirsh uchun esa layoqat, zehn, iste'dod, ya'ni inson nerv tizimida anatomo-fiziologik xususiyat bo’lishi ham zarur. O’qituvchining ba'zi psixik jarayonlari unda shaxsga xos sifatlarining shunday komplekskni tashkil qiladiki, buni pedagogik qobiliyat deb atash mumkin. Bu qobiliyatlarni ayrim psixik xususiyatlardan iborat qilib qo’yish mumkin emas. Ta'lim-tarbiya ishlariniig muvaffaqiyatli bo’lishini pedagog shaxsiga xos bo’lgan bir qancha sifatlar, shu jumladan, uning irodasi, hissiyotlari, xarakteriga xos bo’lgan bir qancha xususiyatlarini ham ta'minlab beradi. K.D.Ushinskiy «Faqat shaxsgina shaxsning rivojlanishiga va tarkib topishiga ta'sir qilishi mumkin, faqat xarakter ta'siri bilan xarakterni vujudga keltirish mumkin»,-deb yozgan edi.
Qobashyat-shaxaning muayyan faoliyat yuzasidai layoqati va uning ishini muvaffaqiyatli bajarishdagi sub'ektiv shart-sharoitini ifodalovchi individual psixik xususiyatlaridir.
Falsafa tarixida qobiliyat uzoq davrgacha o’zgarmas irsiyat, nasldan-naslga o’tuvchi alohida kuch sifatida talqin etilgan. Bunday qarashlar dastlab ingliz filosofi J. Lokk va franquz materialistlari tomonidan tanqid qilingan. Qobiliyatni rivojlantirishi mumkin bo’lgan anatomik fiziologik xususiyatlar tug’ma bo’ladi.
Empatiya - boshqa odamlarning psixik holatlarini tushunish va ularga hamdardlik qilish qobiliyatidir (bigalikda dardlashmoq).
Perqeptiv qobiliyat - idrok jarayonining asosiy tuzilishi birinchi bo’lib, bu idrok ob'ektlarini bilib olish va uni xotira obrazlari bilan solishtirishdan iboratdir. Bu qobiliyat o’qituvchining o’quvchilar ko’z qarashlari va yuz ifodalariga qarab ularning ichki dunyosini ko’ra olishida namoyon bo’ladi.
Didaktik qobiliyat - o’quvchilar bilan muloqot qilishda, pedagogikaning ta'lim qonuniyatini hamda metodlarini o’rgangan holda, ta'lim bars olish va ibratli dars berish qobiliyatidir.
Konstruktiv qobiliyat - o’qituvchining o’z ishini rejalashtira olishidir.
Kommunikativ qobiliyat - boshqa odamlar bi:lan bo’ladigan muloqotni yaxishlaydigan va birgalikdagi faoliyatni psixologik ta'minlaydigan qobiliyatdir. O’quvchi bilai o’zaro muloqotda bo’lish. Bilish qobiliyati - bilimni egallash va uni o’zlashtirishni ta'minlaydi.



Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling