3. Pedagogik texnologiyani loyihalashtirish va rejalashtirish yo`llari
3.1. O`quv fani bo`yicha ta’lim texnologiyasini tuzilishi va mazmunli ko`rsatkichlari
O`quv fani bo`yicha talim texnologiyasi quyidagilardan kelib chiqib ishlab chiqiladi:
iqtisodiyot OO`Yu da ta’limni texnologiyalashtirish qoidasi;
fan bo`yicha o`quv axborot maqsadi, tuzilmasi, mazmuni va hajmi;
DTS tomonidan belgilangan, o`quv rejasida aniqlab berilgan vaqtda va berilgan sharoitda ta’lim berish maqsadiga erishishni kafolatlovchi ta’lim berish, muloqot, axborot va boshqaruvning yo`l va vositalarini tanlashning kontseptual yondashuvlari.
1. Kirish.Ta’lim texnologiyasining bu qismida iqtisodiyotning bozor tamoyillari keskinlashuvi sharoitida va jamiyatning demokratiyalashuvida ta’lim berishni texnologiyalashtirishning dolzarbligi asoslanadi, o`quv fani bo`yicha ta’lim texnologiyasining tuzilishi bayon etiladi va ma’ruza, amaliy va seminar mashg`ulotlariga loyihalangan ta’lim berish texnologiyasiga qisqa tavsiflar beriladi.
2. Ta’lim texnologiyasinngi kontseptual asoslari. TTning bu qismida quyidagilar yoritiladi:
o`quv fanining dolzarbligi, maqsad va vazifalari, auditoriya soatlarining umumiy hajmi va o`quv fanining namunaviy dasturiga muvofiq ularni mavzular bo`yicha taqsimoti, ish turlari;
o`quv fanining mazmuni, o`quv fanining namunaviy dasturiga muvofiq o`quv fanining mavzu mazmuni bayon etiladi;
o`quv mashg`ulotlarida ta’lim texnologiyasini ishlab chiqishning kontseptual holatlari - ta’lim berish, muloqot, axborot va boshqaruvning yo`l va vositalarini tanlashning asosi bo`ladigan, ta’lim texnologiyasini loyihalash va rejalashtirishning kontseptual asoslari.
3. Ma’ruza, amaliy va seminar mashg`ulotlariga loyihalangan ta’lim texnologiyasi. Har bir ta’limiy texnologiya ta’lim texnologiyasi, ta’limning texnologiya xaritasi, texnologiya xaritasiga ilovalardan iborat bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |