Mehnatga haq to’lash


O’zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 164-moddasiga muvofiq xodimning roziligidan qat’i nazar


Download 41.53 Kb.
bet5/10
Sana21.01.2023
Hajmi41.53 Kb.
#1105717
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
IX MAVZU (2)

O’zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 164-moddasiga muvofiq xodimning roziligidan qat’i nazar quyidagilar uning mehnat haqidan ushlab qolinadi:

  1. O’zbekiston Respublikasida o’rnatilgan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni undirish;

  2. Sudning qarorlari va boshqa ijro hujjatlarini ijro etish uchun;

  3. Ish haqi hisobiga berilgan avansni ushlab qolish uchun, xo’jalik ehtiyojlariga, xizmat safarlariga yoki boshqa joyda ishlashga o’tganligi munosabati bilan berilgan bo’lib, sarf qilinmay qolgan va o’z vaqtida qaytarilmagan avansni ushlab qolish uchun hamda hisob-kitobdagi xatolar natijasida ortiqcha to’langan summani qaytarib olish uchun. Bunday hollarda ish beruvchi avansni qaytarish yoki qarzni to’lash uchun belgilangan muddat tamom bo’lgan kundan yoki haq to’lash noto’g’ri hisoblangan kundan boshlab bir oydan kechiktirmasdan avans yoki qarzni ushlab qolish haqida farmoyish berishga haqlidir. Agar bu muddat o’tib ketgan bo’lsa yoki xodim xo’jalik ehtiyojlari uchun, xizmat safari yoxud boshqa joydagi ishga o’tishi munosabati bilan berilgan avansning ushlab qolinishini yoki miqdorini noto’g’ri deb hisoblasa, u holda qarz sud tartibida undiriladi;

  4. O’z hisobidan xodim ta’til olib bo’lgan va ish yili tugamasdan turib mehnat shartnomasi bekor qilinganda, ta’tilning ishlanmagan davrga tegishli kunlari uchun. Ana shu kunlar uchun mehnat shartnomasi ushbu Kodeks 89-modasining to’rtinchi qismi, 100-moddasi, ikkinchi qismining 1 va 2-bandlarida, 106-moddasining 1 va 2-bandlarida ko’rsatilgan asoslarga ko’ra, shuningdek o’qishga kirganligi yoki pensiyaga chiqqanligi munosabati bilan bekor qilinganda haq ushlab qolinmaydi;

  5. Xodim tomonidan ish beruvchiga yetkazilgan zararni qoplash uchun, agar yetkazilgan zararning miqdori xodimning o’rtacha oylik ish haqidan ortiqcha bo’lmasa;

  6. Ushbu Kodeksning 181-moddasi, birinchi qismining 2-bandida nazarda tutilgan jarimalarni undirish uchun.

Ish haqini har gal to’lash vaqtida ushlab qolinadigan haqning umumiy miqdori xodimga tegishli bo’lgan mehnat haqining ellik foizidan ortib ketmasligi lozim. Xodimdan ushlab qolinishi kerak bo’lgan summa unga to’lanishi lozim bo’lgan mehnat haqining 50 foizidan ortiq bo’lgan hollarda ish beruvchi ortiqcha summani undirib olish yuzasidan sudga murojaat qilishi lozim. Ish haqidan ushlab qolish asosi yoki ushlab qolingan summa miqdoridan norozi bo’lgan xodim ushlab qolishning qonuniyligi yuzasidan umumiy asoslarda sudda da’vo qo’zg’ashi mumkin.



Download 41.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling