Mehnatga haq to’lash
Download 41.53 Kb.
|
IX MAVZU (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Odatdagi sharoitlardan chetga
- Xodimning aybi bilan bekor turish mehnat intizomini
Mehnatni normalash sarflangan mehnatni o’lchash va unga yarasha haq to’lash imkonini beradi. Mehnatning quyidagi normalari ko’zda tutilishi mumkin:
a) vaqt normasi; b) ishlab chiqarish normasi; v) xizmat ko’rsatish normasi; g) xodimlar soni normasi. Mehnat normalari vakillik organi va ish beruvchi tomonidan birgalikda ishlab chiqiladi hamda tasdiqlanadi. Odatdagi sharoitlardan chetga chiqilganda mehnatga haq to’lash maxsus tartibda amalga oshiriladi. Jumladan, Mehnat Kodeksining 157, 158, 159, 160-moddalarida ana shunday odatdan tashqari sharoitlar ko’zda tutilgan. Ish vaqtidan tashqari vaqtdagi ishlar, dam olish kunlari va bayram kunidagi ishlar uchun kamida ikki barobar haq to’lashi, basharti ana shu vaqtlarda ishlagani uchun xodimga boshqa dam olish berilgan bo’lsa, u holda bir barobar haq to’lanishi nazarda tutilgan. Tungi vaqtlarda (soat 22.00 dan 6.00 gacha bo’lgan vaqt) ishlangan har bir soat uchun bir yarim barobardan kam bo’lmagan miqdorda haq to’lash belgilangan. Jamoa shartnomalarida tungi vaqtlarda ishlaganlik uchun boshqa imtiyozlar berilishi, kechki smenada ishlovchilar mehnatiga ham oshirilgan tarzda ish haqi to’lanishi nazarda tutilishi mumkin. Yaroqsiz mahsulot xodimning aybisiz tayyorlanganida unga o’rtacha ish haqi miqdorida haq to’lanmaydi. Xodimlar ish beruvchining aybi bilan bekor turib qolganida ularga o’rtacha ish haqidan kam bo’lmagan miqdorda haq to’lanadi. Xodimning aybi bilan bekor turish mehnat intizomini buzish deb baholanadi va ish haqi to’lanmaydi. Bir necha kasbda (lavozimda) va o’rindoshlik asosida ishlovchi xodimlarga o’zaro kelishuv shartlariga ko’ra ish haqi to’lanadi. Aksiyadorlik jamiyatlari shaklida xo’jalik faoliyati yuritayotgan korxonalarning xodimlariga, shu jumladan jamiyat ijroiya-boshqaruv organi rahbariyati tarkibiga kiruvchi xodimlarga ish haqi to’lashning xususiyatlari, ish haqi tizimi, shakllari, ustama va qo’shimcha to’lovlar to’lash asoslarini belgilash tartiblariga taalluqli o’ziga xos xususiyatlar O’zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi tomonidan 1997 yil 6 sentyabrdagi 611-sonli «Aksiyadorlik jamiyatlarida mehnat munosabatlarini tartibga solishni takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar»da bayon etilgan. O’zbekiston Respublikasi Kasaba uyushmalari Federasiyasi Kengashi tomonidan 2000 yil 10 yanvardagi «2000 yil uchun jamoa shartnomalarini tuzish bo’yicha tavsiyalar»da aytilishicha, korxonada ish haqi tizimlarini belgilash, ishbay va vaqtbay ish haqi to’lanadigan ish turlarini, u yerlarda ishbay yoki vaqtbay ish haqi shakllaridan qay birini (to’g’ri ishbay, egri ishbay, mukofotli ishbay; oddiy vaqtbay yoki mukofotli vaqtbay va hokazolar) tanlash; zararli va og’ir sharoitlarda ishlovchi xodimlar uchun ustamalar to’lash shartlari, miqdorlari, kechki va tungi vaqtlarda ishlaganlik uchun ustamalar haq miqdorlari hamda ish haqi to’lash, uni muayyan holatlar tufayli saqlab turish shartnomasida aks ettirilishi lozim. Download 41.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling