Mehnatga haq to’lash


-§. Ish haqi tizimi va turlari


Download 41.53 Kb.
bet2/10
Sana21.01.2023
Hajmi41.53 Kb.
#1105717
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
IX MAVZU (2)

2-§. Ish haqi tizimi va turlari


Ish haqi mehnat mahsulini xodim va ish beruvchi o’rtasida taqsimlashni ta’minlovchi huquqiy mexanizm sifatida sarflagan mehnat miqdorini hisobga olish, ko’p mehnat sarflangan xodimga ko’proq haq to’lash yo’li bilan uni yanada mahsulroq ishlashga undashga qaratilgan maqsadni bajaradi, ikkinchidan malakasi va maxsus bilimi yuqori xodimning mehnatiga malakasiz yoki malakasi past xodimning mehnatiga nisbatan ular bir xil vaqt sarflangan bo’lsalarda yuqori miqdorda haq to’lashni nazarda tutish orqali mehnatning nafaqat miqdori, balki sifati ham muhim ahamiyatga ega ekanligini qayd etadi.
Mehnatni miqdor va sifat jihatidan baholash, shu asosda unga haq to’lash mezonlarini belgilash ish haqi tizimlari yordamida amalga oshiriladi. Ish haqi to’lash tizimlari deganda mehnat me’yori bilan mehnat haqi miqdorini belgilash usuliga aytiladi. Ish haqi to’lash tizimi o’z ichiga ishbay va vaqtbay ish haqi shakllarini oladi. Ish haqining vaqtbay yoki ishbay tizimlari mehnatni tashkil etish usuli, ishlab chiqarish darajasi va boshqa omillarga bog’liq. Ish haqi tizimlarini tanlash xodimlar vakillik organi va ish beruvchi tomonidan o’zaro kelishilgan holda jamoa shartnomasida belgilab qo’yiladi. Shuningdek ishbay yoki vaqtbay xodimlarni mukofotlash shartlari va tartiblarini nazarda tutuvchi Nizom va qoidalar ham xodimlar vakillik organi hamda ish beruvchi tomonidan birgalikda ishlab chiqiladi.
Mehnatga haq to’lashning alohida shakli brigada (jamoa) mehnatiga haq to’lash hisoblanadi. Mehnatni tashkil qilish va unga haq to’lashning jamoa shakli har bir xodim tomonidan sarflangan mehnatni alohida holda o’lchash mumkin bo’lmagan joylarda qo’llaniladi va unga bajariladigan ishning natijalariga ko’ra butun jamoaga (brigadaga) yaxlit holda ish haqi hisoblanadi. Brigada (jamoa) esa o’z a’zolarining ushbu natijaga qo’shgan hissasini individuallashtirib aniqlash yo’li bilan har bir xodimning ish haqi miqdorini belgilaydi. Ana shu maqsadda har bir xodimning mehnatga ishtiroki koeffisiyenti (MIK) qo’llaniladi.
Har bir xodimning mehnati bilan ishtiroki koeffisiyentini aniqlovchi Nizom yoki boshqa me’yoriy hujjatlar belgilangan tartibda ishlab chiqiladi hamda tasdiqlanadi.

Download 41.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling