Mehnatga haq to’lash


-§. Ish haqi to’lash tartibi


Download 41.53 Kb.
bet4/10
Sana21.01.2023
Hajmi41.53 Kb.
#1105717
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
IX MAVZU (2)

3-§. Ish haqi to’lash tartibi.
Ish haqidan ushlab qolish qoidalari
Amaldagi mehnat qonunchiligi mehnat munosabatlarida xodimlar huquqlarini muhofazalash, ish haqini to’lashda bosh-boshdoqlikka yo’l qo’ymaslik maqsadida muayyan davr davomidagi ishi uchun xodimga beriladigan ish haqini to’lanishiga oid bo’lgan, mulkchilik shakli va ho’jalik faoliyati turidan qat’i nazar barcha korxona, muassasa hamda tashkilotlar uchun umumiy tartib-qoidalarni belgilaydi.
Mehnatga haq to’lash muddatlari jamoa shartnomasi yoki boshqa lokal normativ hujjatda beligilanadi va har yarim oyda bir martadan kam bo’lishi mumkin emas. Xodimlarning ayrim toifalari uchun alohida hollarda O’zbekiston Respublikasi hukumati ish haqi to’lashning boshqa muddatlarini belgilab qo’yishi mumkin. Haq to’lanadigan kun dam olish kuni yoki bayram kuniga to’g’ri kelib qolsa, mehnat haqi shu kun arafasida to’lanadi.
Jamoa shartnomasida ish beruvchi aybi bilan xodimga haq to’lash belgilangan muddatlarga nisbatan kechikkanligi uchun mulkiy javobgarlik ko’zda tutilishi mumkin. Bunday javobgarlik inflyasiyaning o’sishi, pulning qadrsizlanishi hisobga olingan holda ish haqi to’lanishi kechiktirilganligi tufayli xodimlar ko’rgan zararlarni qoplashga qaratiladi. Bunday mulkiy javobgarlikning aniq darajasi xodimlar vakillik organi va ish beruvchining o’zaro kelishuvi bilan jamoa shartnomasida ko’rsatib qo’yiladi.
Ish haqi odatda pul holida to’lanadi. Ammo uni muayyan qishloq xo’jalik mahsulotlari bilan to’lash mumkin. Biroq, hozirgi paytda alkogolli ichimliklar, tamaki mahsulotlari va hukumat qarori bilan belgilangan tovarlar bilan ish haqi to’lashga yo’l qo’yilmaydi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 19 martdagi «O’z vaqtida ish haqi to’lashni ta’minlashga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risidagi» qarori bilan natural holda ish haqi to’lashlik ta’qiqlandi2.
Vafot etgan xodimning olinmasdan qolgan ish haqi va unga berilishi lozim bo’lgan boshqa to’lovlar uning oila a’zolari tarkibidan bo’lgan hamda birga yashab kelgan shaxslarga, qaramog’ida bo’lib kelgan mehnatga yaroqsiz shaxslarga beriladi. Ish haqini to’lash xodim ishlayotgan joyda (obyektda) amalga oshiriladi va ularni ish haqi olish uchun boshqa yerdagi korxonaning idorasiga borishga majbur qilish mumkin emas.
Ish haqi aloqa muassasalari orqali pul ko’chirish (perevod qilish) yo’li bilan to’langanida pochta orqali jo’natishga oid barcha xarajatlar ish beruvchi hisobidan qoplanishi lozim. Xodimning oylik ish haqidan odatda uning yozma roziligisiz ushlab qolishlikka yo’l qo’yilmaydi. Ammo qonun hujjatlarida bevosita nazarda tutilgan hollarda uning muayyan pul majburiyatlari uning roziligisiz ham unga to’lanishi lozim bo’lgan summa hisobidan ushlab qolish yo’li bilan ijro etilishi mumkin.

Download 41.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling