Mehnatga haq to’lash
Download 41.53 Kb.
|
IX MAVZU (2)
Xizmat safari
Xizmat safari deganda – xodim tomonidan xizmat vazifalarini ish beruvchining farmoyishiga muvofiq korxona joylashgan aholi punktidan boshqa aholi punktida bajarilishi tushuniladi. Xizmat safari mamlakat ichkarisidagi muayyan aholi punktiga (u yerdagi korxona, muassasa, tashkilotlarga) bo’lishi yoxud xorijiy mamlakatga (u yerdagi firma, kompaniya, muassasa, tashkilotga) bo’lishi mumkin. Mamlakat hududi doirasida xizmat safariga yuborish tegishli korxona, muassasa, tashkilot rahbarining bu haqda chiqargan buyrug’i (farmoyish) asosida amalga oshiriladi. Unda xizmat safariga yuborilayotgan shaxslar), safarning muddati va maqsadi ko’rsatib qo’yiladi. Xizmat safariga borish haqidagi ish beruvchining buyrug’i (farmoyish) xodim uchun majburiy bo’lib, unga bo’ysunmaslik xizmat vazifalarini uzrli sababsiz bajarmaslik deb baholanadi. Ammo xodimlarning muayyan toifalari (18 yoshga to’lmagan shaxslar, homilador va 3 yoshgacha bolasi bo’lgan ayollar, I-II guruh nogironlari va boshqalar) xizmat safariga yuborilmaydi. Xizmat safariga yuborilgan xodimning ish joyi va o’rtacha ish haqi butun xizmat safari davomida saqlanib turiladi, u safarga borgan korxona xodimlari son tarkibiga kiritilmaydi, biroq o’sha yerdagi korxona ish vaqti rejimiga rioya qilgani holda ishlaydi hamda dam olish vaqtidan foydalanadi. Xizmat safariga borgan xodimga belgilangan normalar doirasida yo’l-transport xarajatlari, ish bajarish uchun shinam turarjoy bepul berib qo’yilmagan bo’lsa, turarjoy ijarasi xarajatlari, sutkalik pul to’lanadi. Ish beruvchining roziligi bilan xizmat safari paytidagi ish bilan bog’liq boshqa xarajatlar (telefon, faks aloqa xizmati va boshqalar) ham qoplab berilishi mumkin. Xodim xizmat safari guvohnomasi berilgan holda xizmat safariga yuboriladi va u borgan aholi punktlarida safarga yetib kelganligi va xizmat safarini tamomlab qaytayotgani haqida guvohnomaga belgi qo’ydiradi. Xizmat safaridan qaytgan xodim uzog’i bilan uch kun ichida xizmat safari yuzasidan yozma hisobot topshirishi lozim. Bunda xizmat safariga ketish paytida olingan avans pulining sarflanmasdan qolgan qismi korxona kassasiga qaytarib topshirilishi lozim. Xizmat safarining eng ko’p muddati, safar muddatini uzaytirish asoslari va tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan keyin chet ellar bilan iqtisodiy, madaniy, ilmiy-texnikaviy, tijorat aloqalar benihoyat darajada ko’paydi. Xorijiy firma va kompaniyalar, ilmiy, madaniy va boshqa muassasalari bilan aloqalarni davlat tomonidan rag’batlantirilayotganligi tufayli chet ellarga xizmat safariga borish ham keskin ortdi. Ana shunday sharoitda xorijiy mamlakatlarga xizmat safariga yuborish masalalarini maxsus tarzda huquqiy tartibga solish dolzarb masalalardan biriga aylandi. Shu munosabat bilan O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2000 yil 5 iyundagi 932-tartib raqami bilan «Vazirlik, idora, korxona va tashkilotlar xodimlarini O’zbekiston hududidan tashqariga xizmat safariga yuborish paytida xizmat safari xarajatlari uchun mablag’ berish tartibi»ni davlat ro’yxatidan o’tkazdi. Mazkur tartib xodimlarni xorijga xizmat safariga yuborishni rasmiylashtirish, yuborilayotgan xorijiy mamlakatning yoki boshqa davlatning qattiq valyutasida xizmat safari xarajatlarini qoplash tartibi, normalarini belgilab qo’ydi. Ushbu tartibga ko’ra xorijiy xizmat safariga yuborilgan xodimga quyidagi xizmat bilan bog’liq xarajatlar qoplanishi ko’zda tutilgan: a) sutkalik xarajatlar; b) turarjoy xarajatlari; v) transport xarajatlari; g) mulozamat xarajatlari; d) ko’zda tutilmagan xarajatlar; ye) qoplanishi lozim bo’lgan boshqa xarajatlar. Xorijiy mamlakatga qilingan xizmat safari tamom bo’lgach, xodim uch kun ichida safar natijalari yuzasidan yozma hisobot taqdim etishi lozim. Download 41.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling