Mehnatga haq to’lash
-§. Kafolatli to’lovlar tushunchasi
Download 41.53 Kb.
|
IX MAVZU (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kafolatli to’lovlar
- O’zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 165-modda-sida aytilishicha
4-§. Kafolatli to’lovlar tushunchasi,
turlari va ularning ahamiyati Mehnat qonunchiligi turli-tuman sharoitlar yuz berishi munosabati bilan xodimlar bevosita xizmat vazifalarini bajarmagan yoki to’liq bajarmagan hollarida, agar bu holatlar uning aybiga bog’liq bo’lmasdan turli obyektiv sabablar tufayli vujudga kelgan bo’lsa, ularning moddiy manfaatlarini qo’riqlanishiga kafolat beradi. O’ziga bog’liq bo’lmagan sabablarga ko’ra mehnat burchini bajara olmagan, shu tufayli ishlab pul topish imkoniyatidan mahrum bo’lib qolgan xodimlarning ish haqlari saqlanishi va to’lanishi ta’minlanadi. Bunday kafolatli to’lovlar xodim va uning oila a’zolarini ijtimoiy himoyalashga qaratilgandir. Kafolatli to’lovlar qonunda maxsus nazarda tutilgan hollarda to’lanadi va ko’pchilik hollarda xodimni ish vaqti davomida davlat, jamiyat vazifalarini bajarishlikka, korxona ish beruvchisi manfaatlariga mos keluvchi, mehnat vazifasi jumlasiga kirmaydigan ishlarni bajarishlikka jalb etilishi bilin bog’liq bo’ladi. Kafolatli to’lovlar ish haqidan farq qilib, bajarilgan ishning miqdori va sifatiga ko’ra emas, balki qonunda ko’zda tutilgan sabablarga ko’ra to’lanadi. Kafolatli to’lovlarning ijtimoiy vazifasi xodim o’zining huquqlarini amalga oshirishi, majburiyatlarini bajarishi tufayli ishlamagan vaqtlarda ular turmush darajasining pasayib ketishiga yo’l qo’ymaslikdan iborat. Kafolatli to’lovlar fuqaro o’zining fuqarolik burchini, ijtimoiy-siyosiy huquqlari va majburiyatlarini bajarishlari tufayli belgilangan konstitusiyaviy kafolatlardan hisob-lanib, ular barcha korxona, muassasa, tashkilotlar tomonidan so’zsiz ta’minlanishi shart. O’zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 165-modda-sida aytilishicha: Xodim davlat yoki jamoat vazifalarini bajarayotgan vaqtida (saylov huquqini amalga oshirish, deputatlik vazifalarini bajarish, tibbiy-mehnat ekspertiza komissiyasi ishida ishtirok etish, harbiy burchni bajarish, surishtiruv organi, tergovchi, ekspert, mutaxassis, tarjimon, xolis tarzida chaqirilganda, xuddi shuningdek sud majlislarida xalq maslahatchisi, jamoat ayblovchisi va jamoat himoyachisi, jamoat birlashmalari va mehnat jamoalarining vakili sifatida ishtirok etganda, shuningdek qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda) ish beruvchi uni ish joyini (lavozimini) saqlagan holda ishdan ozod qilishi kerak. Ana shu vazifalarni bajarish vaqtida xodimning o’rtacha ish haqi saqlanadi. Ushbu kafolatli to’lovlar to’lanish shartlari, miqdorlari davlat yoki jamoat vazifalarining ushbu aniq turiga oid bo’lgan qonunlar va qonun hujjatlarida aniq mustahkamlangan (Oliy va mahalliy saylov organlariga saylovlar o’tkazishni tartibga soluvchi, deputatlik maqomini belgilovchi, odil sudlovni amalga oshirilishiga oid bo’lgan, harbiy xizmat to’g’risidagi va boshqa qonunlar). O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 11 martdagi 133-sonli qarori bilan «Xodimlarni davlat yoki jamoat vazifalarini bajarishlari, shuningdek, ularning jamiyat manfaatlariga doir harakatlarni amalga oshirishlari bilan bog’liq kafolatli to’lovlarni berish tartibi» tasdiqlangan bo’lib, unda aytilishicha: Mazkur tartib mehnatga doir huquqiy munosabatlarni tartibga soladi, davlat yoki jamoat vazifalarini bajaruvchi, shuningdek, jamiyat manfaatlariga doir harakatlarni amalga oshiruvchi xodimlarga kafolatli to’lovlarni pul bilan ta’minlash manbalarini va ularning berishini belgilaydi. Xodim ish beruvchi va mehnat jamoalari manfaatlariga doir vazifalarni bajarish vaqtida ularga beriladigan kafolatlar, shu jumladan kafolatli to’lovlar Mehnat Kodeksining 165-moddasida ko’zda tutilgan. Unga ko’ra: Download 41.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling