Meliboyeva G. S. Kimyoni o`qitishda zamonaviy texnologiyalar
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
KIMYONI OQITISHFDA ZAMONAVIY TEXOLOGIYALAR Oquv qollanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
Kimyoviy element nomi
Kimyoviy belgisi O`zbekcha Lotincha Ruscha Inglizcha Azot Nitrogenium Aзот Nitrogen N Alyuminiy Aluminum Aлюминий Aluminum Al Bariy Barium Бaрий Barium Ba Bor Borum Бор Boron B Vodorod Hydrogenium Водород Hydrogen H Kislorod Oxygenium Kислород Oxygen O Uglerod Carbonium Углерод Carbon C Xlor Chlorum Xлор Chlorine Cl Brom Bromum Бром Bromine Br Ftor Ftorum Фтор Fluoride F Natriy Natrium Натрий Sodium Na Oltingugrt Sulfur Сера Sulphurous S 94 Kaliy Kalium Kaлий Potassium K Mis Cuprum Meдь Copper Cu Qo`rgoshin Plumbum Свинец Lead Pb Qalay Stannum Oлoвo Tin Sn Kremniy Silisium Kремний Silicon Si Temir Ferrum Железо Iron Fe Magniy Magnezium Maгний Magnesium Mg Marganes Manganesum Maрганец Manganesium Mn Xrom Chromum Xром Chrome Cr Kumush Argentum Серебрo Silver Ag Litiy Litium Литий Lithium Li Kalsiy Calcium Kaльций Calcium Ca Berilliy Beryllium Бериллий Beryllium Be Fosfor Phosphorus Фосфор Phosphoric P Rux Zincum Цинк Zinc Zn Kadmiy Cadmium Kaдмий Cadmium Cd Kobalt Cobaltum Koбальт Cobalt Co Nikel Nickelum Никель Nickel Ni Yod Iodum Йод Iodine Y Simob Hidrargirum Ртуть Mercury (Quicksilver) Hg Oltin Aurum Золотo Gold Au Surma Stabium Сурьмa Antimony Sb Mishyak Arsenium Mышьяк Arsenic As Molibden Molybdenum Moлибден Molybdenum Mo Selen Selenium Селен Selenium Se O`quvchilar kimyoviy element nomlarini rus va ingliz tillarida o`rganib olishsa, turli moddalar nomini ham o`rganishlari oson bo`ladi. Anorganik moddalardan oksid, kislota, asos va tuzlarni nomlashda kimyoviy elementlarni bilish muhim ahamiyatga egadir. Shuning uchun o`quvchilarga dastlab kimyoviy 95 elementlarni mukammal o`rgatish zarur hisoblanadi. Kimyo darslarida fanlararo bog`liqlikni ta`minlash orqali o`quvchilarning fanni va tilni o`rganishga bo`lgan qiziqishini oshirishga hamda o`z ustida ishlashiga yordam beradi. Xulosa o’rnida aytish mumkinki, kimyo ta’limida integratsiyani amalga oshirish masalalarini o’rganish, jumladan, kimyo, fizika, matematika darsliklarining nazariy tahlili bu fanlar orasida uzviylik (vaqt ma’nosida) ta’minlanmaganligi, matematika darsliklarida ekologik mazmundagi masalalarning, yuqori sinflarda esa fizika, tatbiqiy masalalar miqdori kamayib ketganligi aniqlangan. Mazkur fanlarni integratsiya qilish maqsadida: ekologik, fizik, kimyoviy mazmundagi masalalar darsliklarning yangi avlodlarini ko’paytirish; mazkur fanlarda keng qo’llaniladigan tushunchalar, modellashtirish ko’nikmasi, funktsional bog’lanish, tenglamalarni yechish ko’nikmalarini shakllantirishga alohida ahamiyat berish va ularni malaka darajasiga yetkazish maqsadga muvofiq. Nazorat savollari 1. Kimyo fanining boshqa fanlar bilan bog’liqligini qanday tushuntirish mumkin? 2. Kimyoning nazariy masalalarini nimalarda ko’rish mumkin. 3. Psixologiya va fiziologiya fanlarining kimyo o’qitish metodikasi fani orasidagi bog’liqlikni asoslab bering. 4. Kimyo fanini o’qitishda axborot texnologiyasidan foydalanish uchun qanday fanni o’rganish zaruriyati tug’iladi? 14-§. Kimyo fanini o’qitishda axborot texnologiyalari, ularning turlari Bundan 3500 yil oldin Konfusiy “Eshitganimni yodimdan chiqaraman, ko`rganimni eslab qolaman, mustaqil bajarsam tushunib etaman” degan fikrni bidirgan. Ta`limda axborot hamda pedagogik texnologiyalarni qo`llaganda talaba- o`quvchi eshitish, ko`rish, ko`rganlari asosida mustaqil fikrlash imkoniyatiga ega bo`ladilar. Zamonaviy axborot texnologiyalari, o’quv-tarbiya jarayonlarining barcha bosqichlarini jadallashtiradi. Bunda axborot texnologiyalaridan foydalanish 96 asosida, ta’lim jarayonining sifati va samaradorligi ortishi, o’quvchilarning bilish faoliyatini faollashuvini, fanlararo aloqalarning chuqurlashuvini kuzatish mumkin. Didaktika nuqtai nazaridan muhim ahamiyat kasb etadigan, axborot texnologiyalarini joriy etish orqali samaradorlikga erishiladigan metodik maqsadlarga: • o’qitish jarayonini individuallashtirish va differensiyalash; • teskari aloqa bilan o’quv faoliyati nazoratini olib borish; • o’z-o’zini nazorat qilish; • o’quv materialini o’zlashtirish jarayonida mashq qilish va mustaqil tayyorgarlikni tashkil etish; • o’quv vaqtini tejash; • o’quv axborotlarni kompyuter orqali vizuallashtirish; • o’rganilayotgan hodisa va jarayonlarni modellashtirish; • komp`yuterda laboratoriya mashg`ulotlarini bajarish; • axborot ma’lumotlar bazasini yaratish va undan foydalanish; • o’qishga qiziqishni orttirish; • o’quvchini o’quv materialini o’zlashtirish strategiyasi bilan qurollantirish; • fikrlashni rivojlantirish; • optimal qaror qabul qilish malakasini shakllantirish; •o’quvchida axborot madaniyatini shakllantirish kabilarni kiritish mumkin. Zamonaviy axborot texnologiyalari mikro va makro dunyodagi, murakkab qurilmalar va biologik tizimlardagi hodisa va jarayonlarni komp`yuter grafikasi va modellashtirishidan foydalanish asosida o’rgatish, juda katta yoki juda kichik tezlikda sodir bo’ladigan fizik, kimyoviy va biologik jarayonlarni qulay vaqt o’lchamida taqdim etish kabi yangi didaktik masalalarni yechishga yordam beradi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling