Эритро- ва лейкопоэзнинг нерв-гуморал бошқарилиши.
Кон куйиш коидалари
Agglyutinatsiya rivojlanishini o‘rganish natijasida qon quyishning ikkita asosiy sharti shakllandi: 1) quyiladigan qon tanlashda donorning (qon beruvchi odamning) agglyutinogenlari retsipiyentning (qon oluvchi odam) qonida bir nomli agglyutininlar bilan uchrashmasligini ta‘minlash zarur; 2) donorning agglyutininlari hisobga olinmaydi, chunki oz miqdorda (200-500 ml) qon quyilganda, qonning plazmasi retsipiyent qonida ko‘p marta suyulib ketadi (suyulish qoidasi). Agglyutininlar konsentratsiyasi keskin kamayadi va ular retsipiyent eritrotsitlarini agglyutinatsiyaga uchrata olmaydi.
Bu qoidalarga rioya qilinganda, I guruh qonni birinchi va boshqa uchta guruhga quyish mumkin. II guruhga mansub qonni ikkinchi va to‘rtinchi guruhga, III guruh qonni uchinchi va to‘rtinchi guruhga quyish mumkin.
Keyingi yillarda faqat bir guruhga mansub qonni quyishga o‘tish taklif qilinda. Buning sabablaridan biri shuki, ko‘p miqdorda qon quyilganda (4-5 l), donorning agglyutininlari suyulmaydi va retsipiyent eritortsitlarini agglyutinatsiyalaydi. Ikkinchidan, I guruh qoniga ega bo`lgan shaxslarning 10-20% ida anti-A va anti-B agglyutininlar borligi aniqlandi. Bularning qoni boshqa guruhlarga quyuilganda gemotransfuzion shok rivojlanib, halokatga olib kelishi mumkin. Bu xavfli holatning rivojlanish mexanizmi quyidagicha: eritrotsitlar bir-biriga yopishib qoladi, ulardan tromboplastin ajralib, tomirlarda qonni ivitadi va tomirlardan qon o‘tmay qoladi.
Hozirgi vaqtda qon quyish qoidalarini shunday ta‘riflash mumkin:
1) donor va retsipiyent qoni bir guruhga mansub bo`lishi kerak;
2) rezus-manfiy odamga rezus-musbat qonni quyish mumkin emas;
3) bir donorning qonini muayyan retsipiyentga qayta quyishdan voz jechish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |