Мембрана потенциали, унинг келиб чиқиши. Мембраналарнинг тузилиши ва функцияси ҳақида замонавий тушунча
Download 73.78 Kb.
|
Fiziologiya oraliq
- Bu sahifa navigatsiya:
- Гемоглобин, унинг турлари ва кимёвий бирикмалари.
Эритроцитларнинг чўкиш тезлиги.
Ivishning oldi olingan qonni probirkaga solib qo‘yilsa, solishtirma og‘irligi kattaroq bo`lgan eritrotsitlar cho‘kadi. Cho‘kish tezligini aniqlash uchun millimetrlarga bo`lingan ingichka shihsa naychadan foydalaniladi. Sog‘lom erkaklarda eritrotsitlarning cho‘kish tezligi soatiga 1-10 mm, ayollarda 2-15 mm. Bu tezlikning oshib ketishi kasallik alomati hisoblanadi. EchT plazmaning xossalariga, birinchi galda, undagi yirik molekulali oqsillar – globulinlar va fibrinogen miqdoriga bog‘liq. Yallig;lanish jarayoni rivojlanishi odatda globulinlar va fibrinogen miqdorining oshishiga olib keladi. Ayni vaqtda EchT ham oshadi. Bu ko‘rsatkich fiziologik xolatlarda, xususan homiladorlik davrida tezlashadi va 40-50 mm/soatni tashkil qiladi. Bunga plazmada fibrinogen miqdorining 2 baravar oshib ketishi sabab bo`ladi. Chamasi, plazmada yirik molekulali oqsillarning ko‘payib ketishi elektr zaryadlar miqdorini kamaytiradi, eritrotsitlarning bir-biridan qochishi sustlashtiradi. Natijada ular bir-biriga yopishib, yirik tanga ustunlar hosil qiladi va tez cho‘kadi. Гемоглобин, унинг турлари ва кимёвий бирикмалари. Eritrotsitlar vazifasining amalga oshishi murakkab kimyoviy birikma – gemoglobinga bog‘liq. Tarkibida temir bo`lgan 4 gem molekulasi va bir oqsil globin molekulasidan tashkil topgan bu xromoproteid kislorodni biriktirish va ajratish qobiliyatiga ega. Gemoglobinning molekulyar massasi 64458. Kislorodni biriktirish va ajratish vazifasini gem molekulasidagi ikki valentli temir bajaradi. Globin esa gemni olib yuruvchi albuminlar turkumiga kiradigan oqsil. Har bir eritrotsitda 400 mln gemoglobin molekulasi bor. Katta odamning qonidagi konsentratsiyasi 14 g%, umumiy miqdori esa 600 g chamasida. O‘pka kapillyarlaridan o‘tayotgan eritrotsitlardagi gemoglobin oksigenatsiyaga uchrab, oksigemoglobinga (HbO2)) aylanadi, to‘qima kapillyarlarida dezoksigenatsiya jarayoni ro‘y berishi tufayli, kislorod erkinlashadi va to‘qimalarga o‘tadi. Kislorodni yo‘qotgan oksigemoglobin dezoksigemoglobin, deyiladi. Arteriya qonining qip-qizil bo`lishi oksigemoglobinga bog‘liq. Gemoglobinning 1 g 1,34 sm3 kislorod biriktirib olishi mumkin. Demak, qondagi mavjud 600g gemoglobin kislorodga to‘yinsa, 800 sm3 kislorodni bog‘laydi. 1 sm3 qon biriktirib olishi mumkin bo`lgan kislorod miqdori qonning kislorod sig‘imini belgilaydi. Sog‘lom odam qonining kislorod sig‘imi taxminan 0,19 sm3. Gemoglobinni ko‘mikdagi eritroblastlar va normoblastlar sintezlaydi. Eritrotsitlar qarib, yemirilgandan so‘ng, ulardagi gemoglobin parchalanadi va gemdan o‘t pigmenti – bilirubin hosil bo`ladi. Bir kecha-kunduzda organizmdagi gemoglobinning 1% ga yaqini parchalanadi. Oksigemoglobin, dezoksigemoglobindan tashqari, qonda gemoglobin karbonat angidrid bilan birikib, karbogemoglobin (HbCO2) hosil qiladi. Bu birikma modda almashinuvi natijasi bo`lgan CO2 ning tashilish shakllaridan biri. Oksigemoglobin, dezoksigemoglobin va karbgemoglobin gemoglobinning fiziologik birikmalaridir. Ba‘zi sharoitlarda uning g‘ayri-tabiiy birikmalari ham paydo bo`lishi mumkin. Gemoglobin is gazi (CO) bilan juda oson birikadi va karboksigemoglobin (HBCO) hosil qiladi. Bu birikmaning parchalanishi juda qiyin. Shuning uchun nafasga olinadigan havoda CO oz miqdorda bo`lsa ham tezda qondagi gemoglobinning ko‘p miqdorini egallab oladi. Natijada qon kislorod tashish qobiliyatini yo‘qotadi. Organizmda kislorod yetishmovchiligining og‘ir asoratlari (qayt qilish, bosh og‘rishi, xushdan ketish) rivojlanadi. Қон ранг кўрсатгичи. Download 73.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling