Мембрана потенциали, унинг келиб чиқиши. Мембраналарнинг тузилиши ва функцияси ҳақида замонавий тушунча
Download 73.78 Kb.
|
Fiziologiya oraliq
- Bu sahifa navigatsiya:
- AB0 tizimi.
Қон гуруҳлари. Резус-фактор.
XX asrning boshlarigacha shifokorlar va olimlar har bir odamning qoni o‘ziga xos biologik xususiyatga ega ekanligini bilishmagan. Buni 1901-yilda avstriyalik olim K.Landshteyner va 1903-yilda chex olimi Ya.Yanskiy batafsil o‘rgandilar va qon guruhlarini kashf etdilar. Agar buyum oynasida odamning qoni bir-biriga qo‘shilsa, ko‘pchiligida eritrotsitlar bir-biriga yopishib, g‘uj bo`lib qoladi. Bu hodisaga agglyutinatsiya deyiladi. Eritrotsitlar agglyutinatsiyasi antigen bilan antitelo o‘rtasidagi reaksiyaning natijasidir. Eritrotsitlarning qobbigi – membranasiga bog‘liq bo`lgan agglyutinogenlar antigen rolini o‘ynaydi, antitelo sifatida qon plazmasidagi agglyutininlar agglyutinatsiya reaksiyasida ishtirok etadi. Agglyutinogenlar spetsifik aminokislotali mukopolisaxarid kompleksdan iborat, agglyutininlar esa qonning γ-globulin oqsil fraksiyasidir. Agglyutinatsiya reaksiyasi ro‘y berganida agglyutininning 1 molekulasi ikki eritrotsitni bir-biriga bog‘laydi. Bu eritrotsitlarga yana boshqa eritrotsitlar qo‘shilib, ular g‘uj bo`lib qoladi. Odamning qonida o‘z eritrotsitlariga qarshi agglyutinin bo`lmaydi. Har qaysi odamning qonida faqat unga xos spetsifik eritrotsitar agglyutinogenlar to‘plarni bor. Hozirgacha odamlar qonida juda ko‘p (400 dan ortiq) agglyutinogenlar topilgan. Ulardan 30 ga yaqini ko‘proq uchraydi. Klinika uchun AB0 va Rh (rezus) agglyutinogenlar tizimi katta ahamiyatga ega. AB0 tizimi. K.Landshteyner qon guruhlarini o‘rganib, 1901-yilda AB0 tizimini kashf etdi. U odam eritrotsitlarini antigen xususiyatlariga ko‘ra 4 ta guruhga bo`ldi. 0 (I) guruh eritrotsitlarida A, B antigenlar (agglyutinogenlar) yo‘q. Ammo bu odamlarning qonida anti-A va anti-B antitelolar bor. Bu antitelolar α- va β-agglyutininlardir. A (II) guruh eritrotsitlarida A-agglytinogen, shu guruh plazmasida β-agglyutinin uchraydi. B (III) guruh B- agglytinogen, α- agglyutininga ega. AB (IV) guruhda A va B- agglytinogenlar bor, ammo α- va β-agglyutininlar uchramaydi. Markaziy Ovrupo mamlakatlarida odamlarning 40% 0 (I) guruhga mansub, A (II) guruhi ham 40% ga yaqin, B (III) guruh – 10% ga yaqin, AB (IV) guruh taxminan 6%. Aksari odamlarning eritrotsitlarida (85%) yana bir omil bor. Uni birinnchi marta K.Landshteyner va I.Viner 1940-yilda makakus rezus maymuni qonidan topishgan va rezus-faktor deb atashgan. Unga ega bo`lgan odm qoni – rezus-musbat qon, mazkur omil bo`lmagan rezus-manfiy odamga quyilsa, rezus-manfiy odam qonida anti-rezus agglyutininlar hosil bbo`ladi. Shu rezus-manfiy odamga rezus-musbat qon ikkinchi marta quyilsa, rezus-musbat eritrotsitlar anti-rezus agglyutininlar ta‘sirida agglyutinatsiyaga uchraydi, qon kichik qon tomirlarga tiqilib qoladi va hayot uchun xavf tug‘diradi. Rezus-faktor bilan bog‘liq bo`lgan ikkinchi ko‘ngilsiz hol ona bolan homila o‘rtasida rivojlanishi mumkin bo`lgan rezus-kelishmovchilik. Agar rezus-musbat erkakdan rezus-manfiy ayol homilador bo`lsa (bunday nikohlarning ehtimolligi 50% ga yaqin), homilaga rezus otasidan o‘tishi mumkin. Uning eritrotsitlaridagi rezus-antigen yoidosh orqali homilaga o‘tadi. Rezus-faktorga qarshi ona qonida anti-rezus agglyutininlar paydo bo`ladi. Ular ham ham yoidosh orqali homila qoniga o‘tadi va homila eritrotsitlarini agglyutinatsiya va gemolizga uchratadi. Agar anti-rezus agglyutininlar konsentratsiyasi yuqori bo`lsa, bu jarayon kuchayib ketib, homilani halokatga olib kelishi mumkin. Rezus-kelishmovchilik unchalik kuchli bo`lmasa, gemoliz natijasida bola sariqlik bilan tug‘iladi. Uning terisini va shilliq pardalarini gemoglobindan ko‘p miqdorda hosil bo`lgan bilirubin sariq ragga bo‘yaydi. Agar rezus-manfiy ayol rezus-musbat erkak bilan turmush qurgan bo`lsa, bu holatning oldini olish choralarini ko‘rish kerak. Download 73.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling